O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

5.2. ADABIY JARAYON 
Darsning maqsadi: O’rta asr arab adabiyotida adabiyotshunoslikka oid 
dastlabki asarlarni yozgan al-Jaxiz va Ibn al-Mu’tazz ijodi bilan tanishtiriladi. 
Tayanch so’zlar va iboralar:”Kitab al-bade”, tashbih, istiora, “Kitab al-
hayavan”, “Kitab al-bayan va at-tabyin”, “Naqd ash-She’r”. 
 
Al-Jaxiz (775–868). «Qadimgi davrga qaytish» adabiyotida buyuk arab 
nasrnavisi va adabiy tanqidchisi, mu’taziliyaning asosiy arboblaridan biri al-Jaxiz 
alohida o‘rin tutadi. Abu Usmon ibn Baxrning laqabi «al-Jaxiz» («Lo‘q ko‘z») 
bo‘lgan. U Basrada tug‘ilgan. Bolalik yillaridayoq bo‘lg‘usi yozuvchi o‘qishga 
qiziqdi va masjidiylar to‘garagi – Basradagi katta masjidda birlashgan olimlar va 
adiblar to‘garagiga kirdi. Keyinroq al-Jaxiz Bag‘dodga ko‘chib o‘tdi, u yerda turli 
fanlar, ayniqsa yunon falsafasi (Arastu va boshqa mutafakkirlarning asarlarini) 
o‘rganishda davom etdi. Bag‘dodda al-Jaxiz o‘zining adabiy faoliyatini boshladi. 
Uning iste’dodli adib ekani haqidagi gap-so‘zlar xalifa al-Ma’mungacha yetib 
bordi. Xalifa al-Jaxiz asarlari bilan tanishgach, unga Abbosiylar hokimiyatining 
qonuniyligi haqida risola yozishni topshirdi va bu ishni bajarishi uchun uni o‘z 
devoniga amaldor qilib tayinladi. 


96 
Al-Jaxizning diplomatik risolasi, uning quvnoqligi, hozirjavobligi va 
bilimdonligi, shuningdek, arablarga xayrixohligi unga turli xalifalarning 
saroylarida muvaffaqiyatni ta’minladi. Al-Jaxiz Ibn az-Zayat (al-Mu’tasim va al-
Vasiq kabi xalifalarning vaziri) davrida alohida hurmat qozondi. Ushbu vazir 
bilan yozuvchini yaqin do‘stlik bog‘lab turgan. Ibn az-Zayat ishdan bo‘shagach 
(847) al-Jaxiz uning siyosiy va adabiy raqibi – bosh qozi Ahmad ibn Abu Du’ad 
va boshqa yuqori martabali shaxslar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatdi. Al-
Jaxizning hurfikrliligi, mo‘tazilizmi unga ortodoks-ilohiyotchilarning doimiy 
ravishda hujum qilishiga sabab bo‘lgan. Biroq bu hujumlar barchaning hurmatini 
qozongan al-Jaxizning martabasiga jiddiy ta’sir ko‘rsata olmagan. Faqat 
hayotining so‘nggi yillariga kelib, mo‘taziliya musulmon ilohiyotida yetakchi 
o‘rinni butunlay yo‘qotganidan keyin, al-Jaxiz Bag‘dodni tark etdi va Basraga 
qaytdi. U yerda uzoq umr kechirib, vafot etdi. 
Al-Jaxiz buyuk olim, ensiklopedik bilimlar egasi bo‘lgan. Uning qalamiga 
o‘sha vaqtda ma’lum bo‘lgan deyarli barcha fanlar (falsafa, ilohiyot, tarix, 
geografiya, etnografiya, tabiatshunoslik, kimyo, mineralogiya, matematika va 
boshqalar)ni qamrab olgan 200 ga yaqin asarlar mansub. Al-Jaxizning ilmiy 
ishlari deyarli har doim munozaralarga boy bo‘lgan. Haqiqatni izlashda u faqat 
aqlga tayanishga harakat qilgan va ilohiy izohlardan qochgan. Al-Jaxiz ilmiy 
tadqiqotchilar uchun boshlang‘ich nuqta sifatida eksperiment (tajriba) va 
kuzatishni tan olgan. U doimo dalillarni aniq ifodalashga hamda mulohazalarida 
mantiqqa qat’iy amal qilishga harakat qilgan. 
Al-Jaxiz, Ibn al-Mu’tazz singari, – arab adabiyotining dastlabki 
nazariyotchilaridan biri. U hattoki arab uslubiyati va notiqlik san’ati masalalariga 
«Tushuntirishlar kitobi» («Kitab al-bayan va-t-tabiyin») kabi maxsus risolalar 
bag‘ishlagan. Unda qiyosiy usuldan foydalanib va lingvistik prinsipga asoslanib
o‘rta asr arab mualliflarining uslubi yuzasidan bir qator kuzatishlarini bayon etgan 
hamda suhandonlik namunasi sifatida ularning asarlaridan parchalar keltirgan. Al-
Jaxiz «yangilanish harakati» tarafdorlariga qarshi chiqib, arablarning nihoyatda 
yuksak notiqlik qobiliyatini, badiiy uslub sohasidagi nozik hissiyotini ta’kidlagan. 


97 
Al-Jaxiz ilmiy masalalarga katta qiziqish bildirgani hamda ko‘plab ilmiy 
asarlar yozganiga qaramay, arab madaniyati tarixiga u avvalo o‘zining badiiy 
asarlari bilan kirgan. Al-Jaxizning badiiy ijodini tushunish uchun uning siyosiy 
qarashlarini anglash nihoyatda muhim. 
Al-Jaxiz abbosiylar xalifaligining qat’iyatli himoyachisi sifatida namoyon 
bo‘lgan va hattoki o‘rta osiyolik turkiy yollanma askarlarni xalifalik 
hokimiyatining tayanchi sifatida keng jalb qilish haqidagi fikrlarini bildirgan. 
Al-Jaxizning bizgacha yetib kelgan adabiy asarlariga avvalo uning hajviy 
ruhdagi «Kvadratlik va aylanalik haqidagi noma» («Risalat fi-t-tarbiy va-t-
tadvir») kiradi. 
Badiiy nuqtai nazrdan, al-Jaxizning eng katta asari «Baxillar haqidagi kitob» 
(«Kitab al-buxala») bo‘lib, u ziqnalik va sahiylik haqidagi munozarali 
nomalarning, qurumsoq odamlar haqidagi hikoya va latifalarning tartibsiz 
to‘plamidir. Ushbu hikoyalarning qahramonlari sifatida odatda forslar – Xuroson 
viloyati va O‘rta Osiyodagi Marv shahrining aholisi, shuningdek Bag‘dod 
hokimiyatiga doimo muxolif bo‘lgan yarmi shia, ko‘p millatli Basra ahli 
ko‘rsatiladi.
«Baxillar haqidagi kitob» – hajviy asar. Unda o‘quvchining ko‘z o‘ngidan 
turli kimsalar – savdogarlar va ziroatchilar, olimlar va ilohiyotchilar, firibgarlar va 
qashshoqlar o‘tadi. Al-Jaxiz hikoyalaridan birida ahmoqona nutqlar so‘zlovchi 
aqidaparast ilohiyotchini tasvirlaydi, boshqasida Basralik masjid olimlari, ziqna 
va ezma, kun bo‘yi olov chiqarishning eng tejamkor usullari haqida bahs yuritish 
bilan shug‘ullanuvchi basralik masjid olimlari ustidan kuladi, uchinchisida 
qaysidir olimning andishasiz ochofatligi haqida so‘z yuritadi, to‘rtinchisida – boy 
ammo xasis kishining ustidan kuladi, uning tilidan Qur’on va hadisga asoslangan 
holda baxillikni himoya qiluvchi so‘zlarini keltiradi. 
Biroq al-Jaxizning kitobi – inson nuqsonlarining oddiygina tavsifidan 
kattaroq narsa. Baxillarning xatti-harakatini, ularning intilishlarini, mulohaza va 
dalillarini tahlil qilgan al-Jaxiz inson xarakterini nozik tushunishini, aql ko‘pincha 
yurakning «xizmatkori»gina bo‘lib qolishini tushunishini ko‘rsatadi. Al-Jaxiz 


98 
kitobning muqaddimasida o‘quvchilarga baxillar haqidagi kulgili hikoyalar va 
ularning «hiylakor asoslarini» aytib berishni va’da qiladi. Darhaqiqat, «baxillar 
haqidagi kitob»ning aksariyat epizodlarida nafaqat baxillik, balki ularning 
mantig‘i, «dalil va mulohazalari» kulgiga olinadi. Bular kitobning eng yorqin 
sahifalaridir.
«Baxillar haqidagi kitob»da ancha keskin ijtimoiy tanqid bor. Kitobning 
qahramonlaridan biri – basralik boy yer egasi as-Sauriy sudxo‘rlik bilan 
shug‘ullanadi – har narsada tejayveradi: yalangoyoq yuradi, uydagilarni xurmoni 
danagi bilan yeyishga majbur qiladi va hokazo. Boshqa bir qahramon – boy 
Ahmad ibn Xalaf o‘zining baxilligi bilan shuhrat topganidan xursand, chunki 
bunday «orzu» uni pul so‘rovchilarning tixirligidan saqlaydi. Uchinchi qahramon 
– baxil uy egasi bo‘lib, nodonligi va ziqnaligi uning ijarachiga qarshi kulgili 
nutqida ochib beriladi. 
Al-Jaxizning obrazlari to‘laqonli va yorqin. Qahramonlarining tili aniq 
soddalashgan.
«Baxillar haqidagi kitob» nafaqat adabiiy, balki, shubhasiz, tarixiy madaniy 
qadriyatdir. Unda o‘sha davrdagi jamiyatning iqtisodiy va madaniy ahvoli, 
turmushi va axloq-odobi tasvirlangan. 
Al-Jaxizning «Hayvonlar to‘g‘risidagi kitobi» («Kitab al-hayvan») asari 
biroz boshqacharoq xususiyatga ega. Bu adaba janridagi ilk asarlardan biridir 
(qiziqarli va umumta’lim ahamiyatiga ega bo‘lgan, ilmiy-ommabop, didaktik va 
badiiy adabiyot chegarasidagi kitob). 
Ushbu kitobida al-Jaxiz o‘quvchiga qiziqarli shaklda hayvonlar haqidagi turli 
ma’lumotlarni keltiradi. Unda arab, fors va yunon yozuvchilari hamda 
Aristotelgacha bo‘lgan barcha mutafakkirlarning asarlaridan parchalar, hayvonlar 
haqidagi turli maqollar, hikmat va she’rlar, Qur’ondan sharhlab berilgan 
parchalar, Bibliya rivoyatlari va boshqalar keltirilgan. 
Al-Jaxiz o‘zining xarakterining nozik tomonlarini boshqa asarlarida bo‘lgani 
kabi, qiziqarli tarzda bayon etishga harakat qilib, doimiy ravishda kompozision 
birlikni buzadi va asosiy mavzudan chekinadi. Muallif hayvonlar haqida hikoya 


99 
qilayotganida axloq, din, psixologiyaning turli-tuman masalalariga to‘xtaladi. Al-
Jaxiz kitobni hayvonlarni yaratayotganida shunchalik oqilonalikni namoyon 
etgan, ularga aql va hiyla bergan Allohning donoligi va qudratini sharaflash bilan 
yakunlaydi. 
Al-Jaxiz arab badiiy nasrsi tarixida katta rol o‘ynagan. Aytish mumkinki, u 
arab adabiyotidagi birinchi haqiqiy hajviydir. Bayonning qiziqarliligi, 
mavzularning xilma-xilligi va o‘ziga xosligi unga jamiyatning turli tabaqalarida 
mashhurlikni ta’minladi. Bag‘dod va Basra ahli al-Jaxiz qahramonlarida hech bir 
qiyinchiliksiz o‘z zamondoshlarini ko‘rib olardilar. Adabiyot tarixida birinchi 
marta zamonaviy mavzudagi nasriy asarlar paydo bo‘ldi. Ularda o‘sha vaqtdagi 
axloq manzaralari keltirilgan va ijtimoiy hayot asoslari tanqid qilingan. 
Keyinchalik ko‘plab arab yozuvchilari (Ibn Qutayba, Ibn Abd Rabbixi, maqoma 
mualliflari va boshqalar) al-Jaxiz asarlarining mavzulari, uslubi va tuzilishiga 
taqlid qilishga harakat qilganlar. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin