O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

Al-Buxturiy (821–897). Yangi yo‘nalishda ijod qiluvchi boshqa bir shoir al-
Buxturiy bo‘lib, u ham xuddi Abu Tammom singari qadimgi arab she’riyati 
bo‘yicha yozgan o‘z antologiyasi bilan shuhrat qozongan. Al-Buxturiy 
badaviylarning tayi qabilasidan chiqqan bo‘lib, bolaligi Halab hududidagi Manbij 
qishlog‘ida badaviylar orasida o‘tgan. Yoshlik yillaridayoq bo‘lg‘usi shoir Abu 
Tammom bilan tanishgan va uning rahbarligida shoirlik asoslarini o‘rgangan. Al-
Buxturiy 20 yoshida Bag‘dodga keladi va tez orada buyuk shoir sifatida taniladi. 
Xalifa al-Mutavakkil (847–861) o‘ldirilganidan keyin boshlangan notinch vaqtda 
shoir murakkab siyosiy vaziyatda mohirlik bilan ish ko‘rib, saroy shoiri bo‘lib 
qola olgan. 
O‘sha zamondagi aksariyat shoirlar singari al-Buxturiy ham bemalol 
vijdoniga qarshi borgan. U Bag‘dod xalifalari va ularga yaqin shaxslarning 
mavjud bo‘lmagan fazilatlarini bemalol kuylayvergan, keyinchalik esa, agar buni 
siyosiy vaziyat talab qilsa, xuddi shunday muvaffaqiyat bilan o‘z hajviyalarida 
ularning ustidan kulgan. 
Abu Tammom kabi al-Buxturiy ham she’riy an’analarni tiklashga intilgan va 
aksariyat asarlarini (shoir asosan madhiyalar to‘qigan) qadimgi arab she’riyati 
ruhida yozgan. Biroq shoirning shubhasiz iste’dodi tufayli uning qasidalari 
o‘zidan oldin o‘tgan shoirlarning she’rlariga oddiy taqlid bo‘lmagan; ular katta 
she’riy xususiyatlari bilan ajralib turgan. Al-Buxturiy hatto madhiyada majburiy 
bo‘lgan insoniy fazilatlarni (jasorat, donolik, sahiylik kabilarni) sanab o‘tishda 
ham didsiz bo‘rttirishlardan muvaffaqiyatli qochgan hamda birga olinganida 
haqiqatsimon obraz hosil qiladigan xarakter xususiyatlaridan chekinardi. Jonli 
portret chizishdek ushbu qobiliyat (hatto, ulug‘lanayotgan shaxsga uncha 
o‘xshamasa ham) al-Buxturiyni o‘z zamonidagi boshqa shoirlardan ustun 
ko‘rsatib turgan.
Al-Buxturiy maqtov qasidalaridan tashqari vasf janrida ham bir qator ajoyib 
asarlar yaratgan. Shoirning tabiat vasfi soddaligi, tafsilotlarni ifodalashdagi 


93 
aniqligi bilan ajralib turadi hamda islomgacha bo‘lgan davrdagi eng yaxshi 
qasidalarni, ayniqsa al-Buxturiy doimo qoyil qolgan Imru-l-Qaysning she’rlarini 
eslatadi. 
Al-Buxturiy she’rlarida tabiatning tasvirlanishi nafaqat uning nozik, sof 
badaviy kuzatuvchanligidan, balki katta poetik fantaziyasidan ham dalolat beradi. 
Qadimgi arab she’riyati shaklidagi qat’iylik, «qadimgi davrga qaytish»ning 
boshqa shoirlari kabi, al-Buxturiy ijodida ham yoritiladi. Al-Buxturiy poetik 
manzaralarni yoritishda yorqinlikka, she’rning go‘zal bo‘lishiga intiladi, 
murakkab isteoralar, jonlantirib tasvirlashlarga murojaat etadi: 
 
Qish fasli shunchalar tez va bildirmasdan ketib qoldiki, 
Xuddi qo’rqqanidan kiyimini almashtirib qochgan odamga o’xshaydi 
 
Al-Buxturiy me’moriy yodgorliklar: saroylar, masjidlar, favvoralar va shu 
kabilarni badiiy tasvirlash bilan shuhrat qozongan. Masalan, al-Buxturiy al-
Mu’tazzaga yozgan madhiyasida xalifaning «al-Kamil» («Mukammal») nomli 
saroyini shunday tasvirlaydi. 
Al-Buxturiy o‘z she’rlariga mantiq qonunlarini kiritgan rasionalist shoirlarga 
sovuq munosabatda bo‘lgan, ularning she’riyatiga tug‘ma she’riy did va badiiy 
intuisiyaga ega Imru-l-Qaysning jonli ijodini qarshi qo‘ygan. 
She’riyatda mantiqni qabul qilmaslik al-Buxturiyning chuqur ma’noli 
falsafiy asarlar yaratishiga xalal bermagan. Shu jihatdan, uning she’rlari Abu 
Tammom asarlaridan qolishmagan. 
Al-Buxturiy Abu Tammomga taqlid qilib o‘z «Xamosa»sini – arab 
she’riyatidagi antologiyasini yaratgan. Biroq shoir unga unchalik qiziqarli 
bo‘lmagan 
qadimgi 
arab 
shoirlarining 
asarlarini 
(asosan, 
didaktik 
mavzudagilarini) kiritgan. Shunday qilib, al-Buxturiy Abu Tammom bilan 
shoirlikda bemalol muvaffaqiyatli raqobat qilgan va, ehtimol, shoir sifatida undan 
ustun turgan al-Buxturiy, o‘tgan shoirlarning asarlarini baholashda badiiy didi 
bo‘yicha o‘z ustozidan ortda qolgan. 


94 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin