O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

Ibn ar-Rumiy (835–896). Al-Buxturiyning zamondoshi shoir Ibn ar-
Rumiyning taqdiri fojiali bo‘lgan. U Bag‘dodda tug‘ilgan va hayotining katta 
qismini o‘sha yerda o‘tkazgan. Shoirning otasi yunon, onasi fors bo‘lgan. Tabiiy 
qobiliyatlari bo‘lg‘usi shoirga bolaligidayoq yunon falsafasi, matematika sohasida 
keng miqyosli bilimga ega bo‘lish hamda islom ilohiyoti va arab tilini chuqur 
o‘rganishda yordam beradi. Ma’lumotlilik shoirni butun hayoti davomida unga 
hamrohlik qilgan qayg‘u va mahrumliklardan asramadi. 
Ibn ar-Rumiy «qadimgi davrga qaytish» harakatining tarafdori bo‘lmagan. U 
Bashshar ibn Burda yoki Abu Nuvas singari ushbu yo‘nalishlarning faol dushmani 
ham bo‘lmagan. U sof adabiy masalalarda betaraf bo‘lsa-da, siyosiy kurashda 
mavl tarafida turgan. 
Shoirning saroy a’yonlariga salbiy munosabati sir bo‘lmagan va uni na 
xalifalar, na uning yaqinlari qo‘llab-quvvatlamaganlar. Uning badiiy jihatdan 
o‘rtacha darajadagi og‘ir an’anaviy madhiyalari, homiy yetarlicha sahiy 
bo‘lmagani aniqlangan zahoti, darhol yuqori martabali homiyga qarshi o‘tkir 
hajviyalar bilan almashgan. 
Shoirning shialarga xayrixohligi, arab zodagondan nafratlanishi va 
zaxarhandaligi uning hayotiga zomin bo‘ldi. Xalifa al-Mu’tadidning buyrug‘i 
bilan shoir zaharlab o‘ldirildi. 
Arablar Ibn ar-Rumiyning hajviya bobidagi iste’dodini yuksak baholaydilar 
va hajviy sifatida uni hattoki al-Hutey’i, al-Farazdaq va Jarirdan ham ustun 
qo‘yadilar.
Ibn ar-Rumiy ayniqsa epigrammalar borasida muvaffaqiyat qozongan. 
Ularda shoir insondagi xunuklik, baxillik, nodonlik kabi nuqsonlar ustidan kulgan. 
Ibn ar-Rumiy peyzaj she’riyatiining buyuk ustasi bo‘lgan. Tabiat shoirning 
nafaqt ijodiy kuchini uyg‘otgan, balki turmushdagi ranj-alamlar vaqtida tabiatdan 
taskin topgan. Shoir tabiatni ongli kuch sifatida idrok etgan, uni jonli obrazlar 
orqali ifodalashdan foydalangan, ko‘pincha inson hayotini tabiatdagi hodisalarga 
qiyoslagan. 


95 
Ibn ar-Rumiy noyob tasviriy iste’dodga ega bo‘lgan. Uning badiiy tasvirlari 
(...jarayonlarini, harakatlarni, tabiat go‘zalliklarini, turli-tuman hodisalarni 
tavsiflashi) shoirning nihoyatda kuzatuvchanligidan, tasvirlanayotgan narsalarning 
shakli va rangini his qila olishidan dalolat beradi. 
Zamondoshlari bo‘lgan va o‘z she’rlarini atayin murakkablashtirgan hamda 
fikrlarini har doim ham tushunarli bo‘lmagan shamalar bilan ifodalagan boshqa 
shoirlardan (Abu Tammomdan) farqli o‘laroq, Ibn ar-Rumiy aniq-ravshanlik va 
batafsillikka intilgan. U o‘z zamonidagi boshqa shoirlar kabi har bir baytning 
an’anaviy ma’no mustaqilligidan voz kechgan. Bu esa qasidaning ifodalash 
imkoniyatlarini kengaytirgan va unga mazmuniy yaxlitlik bag‘ishlagan. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin