O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

Abu Tammom (805–846) Damashq yaqinida nasroniy yunon oilasida 
tug‘ilgan. Biroq islomni qabul qilgach, bo‘lg‘usi shoir ashaddiy musulmonga 
aylandi va, hatto o‘ziga sof arabiy shajara o‘ylab topdi. Abu Tammom yoshlik 
yillarida ko‘plab kasblarda o‘zini sinab ko‘rdi: u hunarmand, suv tashuvchi bo‘lib 


89 
ishladi. Pul topish maqsadida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurgan hamda 
Suriya, Misr va Iroqning eng yirik shaharlarida bo‘lgan. Uning dastlabki shoirlik 
tajribalari muvaffaqiyat qozonmagan, Ammo keyinchalik Abu Tammom nazarga 
tushib, xalifa al-Mu’tasim saroyiga taklif etildi, tez orada saroy shoiri bo‘lib qoldi. 
Abu Tammom she’riyatining umumiy yo‘nalishi hukumat tepasidagi yuqori 
martabali amaldorlarga ma’qul keldi va ulardan birining yordamida shoir 
Mosuladagi pochta boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu unga bo‘lgan katta 
ishonchdan dalolat bergan, chunki shoirning yangi lavozimi maxfiy ma’lumotlarni 
to‘plash bilan bog‘liq edi. 
Manbalarda shoir uncha yaxshi tasvirlanmagan: mag‘rur, qo‘pol va hatto 
vulgar, yuqori martabaga da’vogarlik qiluvchi hamda o‘zining arab an’analari va 
islom diniga sodiqligini doimiy ravishda ta’kidlovchi qilib ko‘rsatilgan. Shu bilan 
birga, manbalarda uning hayotdan zavq olishi va epikurcha uslubdagi sahiy 
tabiati, quvnoq ulfatlari doirasida o‘zi e’lon qilgan haqiqiy musulmonning axloq 
prinsiplarini osonlik bilan buzishi haqida xabar qilinadi. Shu jihatdan u 
zamonning haqiqiy farzandi bo‘lgan. 
Abu Tammom turli-tuman an’anaviy janrlarda ko‘plab she’rlar qoldirgan. 
Biroq unga mashhurlikni nafaqat she’rlari, balki arab she’rlari antologiyasini 
yaratish borasidagi faoliyati ham keltirgan. Buning ustiga, o‘zgalar asarlarini 
to‘plovchi sifatida Abu Tammom shoirga qaraganda ko‘proq didini namoyon 
etgan. Keyinchalik o‘rta asr arab tilshunoslari u singari she’riy antologiyalar tuza 
boshladilar. Buning ustiga, Abu Tammom to‘plamlari muqarrar ravishda ular 
uchun namuna bo‘lib xizmat qilgan. 
Abu Tammomning arab she’riy merosini to‘plashga bo‘lgan qiziqishi 
tasodifiy emas. U shoirning arab adabiy an’analariga sodiqligidan kelib chiqqan 
va muayyan feodal doiralarining arablarning qahramonona o‘tmishida va qadimiy 
madaniyatidan arablarning ojizlashib borayotgan siyosiy va axloqiy obro‘sini 
saqlab qolish uchun kurashda g‘oyaviy qurol sifatida foydalanishga intilishini 
ifodalagan.


90 
Tarixiy-adabiy nuqtai nazardan, Abu Tammomning bizgacha yetib kelgan 
antologiyalari orasida mashhur «Jasorat» kitobi («Kitab al-xamasa») eng 
qimmatlisidir. Uning o‘nta bobida bir necha yuz arab shoirlarining eng yaxshi 
she’rlari to‘plangan. Kitobning nomi arablarning qahramonliklari haqidagi 
she’rlari to‘plangan birinchi bobining nomidan olingan.
Abu Tammom o‘z she’rlarida qadimgi arab adabiyoti an’analarining 
davomchisi sifatida namoyon bo‘lgan. She’rlarining aksariyatini xalifalikning 
taniqli va obro‘li shaxslariga bag‘ishlangan an’anaviy madhiyalar tashkil qiladi. 
Ular tantanavor va og‘ir tavil uslubida yozilgan bo‘lib, an’anaviy tuzilishga 
egadir. Shoir haqiqatga mos kelmasa ham maqtalayotgan shaxsga badaviy 
arabning barcha fazilatlarini – oliyjanoblik, mardlik, sahiylik kabilarni tirkagan. 
Uni haddan tashqari maqtagan.
Abu Tammom, an’analarga sodiqligiga qaramay, taqlidchi shoirlarning 
madhiyalarida qolipga aylangan badaviy obrazlar tizimini ancha yangilagan. U 
o‘zidan oldin o‘tgan shoirlar odatda uslubiy iboralar yordamida bog‘lagan eng 
qadimgi qasidalardagi qismlar tarqoqligiga batamom barham bergan hamda 
madhiyalarda to‘liq mantiqiy birlikka erishgan. Abu Tammom, shuningdek, 
marsiyalar va hajviyalar ham, qisqa falsafiy mazmundagi hamda vasf janridagi 
she’rlar ham yozgan. Bu asarlar an’anaviy xususiyatga ega bo‘lgan, Abu 
Tammom o‘z hajviyalarida odatda raqobatchilari (muvaffaqiyatliroq shoirlar) 
yoki maqtovlar yog‘dirgan shoirga nisbatan uncha sahiylik ko‘rsatmagan 
amaldorlar ustidan kulgan. Abu Tammomning mukofot uchun buyurtma bo‘yicha 
yozgan marsiyalarida (ularda shoir vafot etganlarni maqtagan) odatdagi 
obrazlardan foydalanilgan bo‘lib, ba’zan eskicha va soxta yangragan, ammo 
o‘ziga yaqin odamlar (masalan, o‘g‘lining vafoti munosabati bilan yozgan 
marsiyasi ifodali bo‘lib, chuqur iztirobga to‘la). 
Zamondoshlari Abu Tammomning vasf janridagi she’rlarini qadrlaganlar. 
Bu ayniqsa qahramonlik namunalari ko‘rsatilgan, arablarning harbiy jasorati 
sharaflangan, urush harakatlari, qurol-yarog‘, jangu jadal, qal’ani o‘rab olish 
kabilar tasvirlangan she’rlariga taalluqlidir. 


91 
Biroq 
Abu 
Tammomning 
qahramonona 
she’rlariga 
muayyan 
balandparvozlik va dabdaba xos. Uning xalifa al-Mu’tasimga atalgan madhi: 
U xuddi dengizga o’xshaydi, qay tomondan kelsang ham, 
Uning tubi – xayrixohlik, sohillari esa – oliyjanoblikdir. 
 
Shubhasiz, Abu Tammomning eng yaxshi asarlari tabiatni ta’riflashga 
bag‘ishlangan she’rlaridir. Ularda shoirning iste’dodi, boy hayoloti va 
kuzatuvchanligi to‘liq namoyon bo‘lgan. Abu Tammom tabiat go‘zalligini butun 
nozik jihatlari bilan birga his qilibgina qolmay, balki tabiatning sirini aniqlashga, 
uning yashirin ma’nosini tushunishga urinadi: 
 
Bu dunyo – hayot manbaidir, bahor kelsa 
Undan go’zalroq ko’rinish yo’qdir. 
 
Falsafiy tafakkurga moyillik Abu Tammomni zamondosh shoirlardan ajratib 
turgan. Falsafiy she’riyat yo‘nalishi bo‘yicha Abu Tammomni al-Mutanabbiy va 
al-Ma’ariyning ajdodlari deb hisoblash mumkin. Uning she’rlarida yunon 
falsafasining ta’siri seziladi. Ta’kidlash lozimki, Abu Tammom ham, uning 
an’analarini tiklashga intilgan keyingi hamfikrlari ham yunon va fors 
madaniyatining qudratli ta’siridan xoli bo‘lmaganlar. 
Abu Tammomning she’rlari ba’zan qadimgi arab folkloriga borib 
taqaladigan qisqa ifodali hikmatlarga boy, aksariyat qismida esa shoirning o‘zi 
yaratgan bo‘lib, keyinchalik ular maqollarga aylangan. 
Abu Tammom qadimgi she’riyatga, birinchi navbatda o‘zining sevimli
shoiri Zuhayrga taqlid qilib, notiqlik san’atiga qiziqqan, arxaizmlar, eng 
murakkab til shakllaridan foydalangan. O‘z she’rlarini son-sanoqsiz istioralar 
bilan bezagan. U odatdan tashqari obrazlar, she’rlari hatto zamondoshlari uchun 
ham ko‘pincha tushunarsiz bo‘lishiga olib kelgan o‘xshatishlarni yaxshi ko‘rgan. 
U badihona to‘qigan falsafiy mazmundagi qisqa she’rlari yoki hikmatlari 


92 
tushunish qiyin bo‘lgan og‘ir madhiyalaridan ko‘ra ko‘proq she’riy qimmatga 
ega. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin