O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

Abul Ataxiya (748–825) lirik she’riyatining alohida janri – zuhdiyatning 
otasi hisoblanadi. Arabcha «zuhdiyat» termini («zuhd» – «tiyilish», 
«tarkidunyochilik» so‘zidan) ushbu janrning mazmunini qisman ifodalaydi
chunki hayot lazzatlaridan voz kechish mavzusi mazkur janr asarlarining asosiy 
g‘oyasi emas. Arablar zuhdiyatga avvalo mungli, marsiyaga oid va ayni vaqtda 
taqvo xususiyatiga ega bo‘lgan, dunyodagi butun hayotning o‘tkinchiligiga doir 
tushkun fikrlar, ba’zan esa ijtimoiy adolatsizliklarni tanqid qilishni kiritadilar. 
Ayni vaqtda falsafiy-zohidlik yo‘nalish qadimgi arab she’riyatida ham an’anaga 
ega bo‘lib, islomgacha bo‘lgan shoirlar Imru-l-Qays, Tarafa, Zuhayr va Labid 
kabilarning ijodida ham dunyoning bevafoligi haqidagi qayg‘uli fikrlarni 
uchratish mumkin. Ammo maxsus janr – falsafiy-elegik lirikaning yaratilishi Abul 
Ataxiya nomi bilan bog‘liq.
Abul Ataxiya Kufa yaqinida sartarosh oilasida tug‘ilgan va bolaligida 
kulolchilik buyumlarini sotish bilan shug‘ullangan. Abul Ataxiyaning erta 
namoyon bo‘lgan shoirlik iste’dodini barcha tan olgan va u hayotining aksariyat 
qismini Bag‘dodda xalifalar al-Maxdiy, Xorun ar-Rashid, al-Amin va al-


76 
Ma’munning saroy shoiri sifatida o‘tkazgan. Shoirning xalifa al-Mahdiy 
amakivachchasining kanizagi Otbaga bo‘lgan baxtsiz muhabbati unga ko‘p 
qayg‘u-alamlar keltirgan va, ehtimol, shoir tarkidunyochiligining sabablaridan biri 
bo‘lgan. 
Abul Ataxiya she’riyatining diniy taqvoga to‘la va nafsni tiyishga 
chaqiruvchi umumiy yo‘nalishi Bag‘dodning xalifalik hokimiyatining obro‘sini 
mustahkamlashga intilayotgan saroyida qo‘llab-quvvatlandi. Shu bois, shoir 
shialarga xayrixoh bo‘lishiga qaramay, xalifalarning e’tiborini qozongan.
Abul Ataxiya ijodiy yo‘lining boshida o‘z muhabbat iztiroblarini kuylashga 
butunlay o‘zini baxshida qilgan lirik sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq asta-sekin 
uning hijroni o‘rnini tushkunlik egallaydi va ishqiy lirikaning o‘rniga tafakkur 
keladi. 
Abul Ataxiya devonining kattagina qismini madhiyalar tashkil qiladi. Ammo 
ushbu an’anaviy janrda ham shoirning mahorati seziladi. Uning tavsiflari cho‘zilib 
ketmagan, maqtovlari esa didsiz tilyog‘lamalikka o‘tmagan. Abu Ataxiyaning 
hajviyalari ehtiyotkor bo‘lib, avvalgi shoirlardan farqli o‘laroq, ularda ortiqcha 
qo‘pollik yo‘q. 
Abul Ataxiyaning Otbaga bag‘ishlangan ishqiy g‘azallari ayniqsa go‘zal. 
Ularda shoir Umar ibn Abu Rabi’a yo‘nalishini davom ettiradi. Biroq Umar ibn 
Abu Rabi’a, Bashshar ibn Burd va Abu Nuvas g‘azallaridan farqli ravishda, Abul 
Ataxiyaning muhabbat haqidagi she’rlari iboli va har qanday bachkinalikdan 
xolidir. Ko‘pincha Abul Ataxiyaning g‘azallari madhiyalarining kirish qismi 
bo‘lgan, xolos. Shoir ijodida uning ba’zan badiiy shaklga kirgan diniy da’vatlar 
yoki hayot mazmuni va kelajak oxir zamon haqidagi falsafiy o‘y-xayollarni 
eslatuvchi zuhdiyati asosiy o‘rin egallagan. 
Abul Ataxiya arab she’riyatidagi falsafiy-zohidlik yo‘nalish asoschisi. U 
falsafiy lirikada eng taniqli arab faylasuf shoiri al-Ma’arriy ijodiga turtki bo‘lgan.
«Yangilanish davrining» boshqa shoirlari singari Abul Ataxiya she’riy shakl 
novatori bo‘lgan. U har qanday balandparvozlik, dabdaba va sun’iylikni rad etib, 
she’riy taqlidchilikka qarshi chiqqan. U sxolastlar va grammatiklarning g‘azabini 


77 
qo‘zg‘atishini bilsa ham, «har qanday vazndan ustun ekanligini» aytib, an’anaviy 
vaznlarni buzgan.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin