O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

Ash-Sharif ar-Radiy (970–1016). Adabiy sintez
davrining shoirlari orasida 
buyuk fiqh, tilshunos va adib ash-Sharif ar-Radiyni ham eslab o‘tish lozim. Ash-
Sharif ar-Radiyning ajdodlari Muhammadning kuyovi Aliga borib taqaladi (sharif 


112 
– Muhammad avlodlarining maqomi). Shoir Iroqda alg‘ov-dalg‘ov kechayotgan 
davrda Bag‘dodda tug‘ildi va o‘sdi. U Bag‘doddagi siyosiy hayotda ishtirok etish 
orqali ojizlashib qolgan xalifalar davrida yuqori martaba olishdan umidvor 
bo‘lgan. 
«Mo‘minlar hukmdori, shoshma, – deb yozadi ash-Sharif ar-Radiy xalifaga 
qaratilgan qasidalaridan birida, – axir osmon daraxtida bizning o‘rtamizda farq 
bo‘lmaydi». 
Shoirning shia mazhabiga mansub Fotimiylar sulolasiga xayrixohligi uning 
saroydagi mansabi o‘sishida xalal bergan hamda zodagonlardan kelib chiqqani va 
mansabga intilganiga qaramay, ash-Sharif ar-Radiy siyosiy maydonda 
muvaffaqiyat qozona olmadi. Ash-Sharif ar-Radiy ilohiyotchi, tilshunos va shoir 
sifatida shuhrat topdi. Uning bir qancha asarlari Qur’ondagi tushunarsiz joylarni 
talqin etishga bag‘ishlangan. U to‘rtinchi «solih» xalifa Alining «notiqlik yo‘li» 
(«Nahj al-balag’a») nomli nutq va risolalar to‘plamini tuzgan. Ushbu to‘plam arab 
notiqlik san’atining qadimiy namunalari bilan tanishishimizga imkon beradi. 
Ash-Sharif ar-Radiyning she’riy devonidagi eng yaxshi she’rlari muhabbatga 
bag‘ishlangan. Arab tanqidchiligi muallif Makkaga haj safariga borganida yozgan 
«Hijaziyat» («Hijaz she’rlari») turkumidagi lirik she’rlarini, ayniqsa, yuqori 
baholaydi. Ash-Sharif ar-Radiyning muhabbat she’riyatii sof shaxsiy xususiyatga 
ega. 
Ushbu ichki kurash goh «badaviylarcha» yovvoyi va ehtirosli, goh nozik va 
mungli she’rlarida o‘z ifodasini topgan. Shoir o‘z azob-uqubatlari va g‘am-
g‘ussalarini tavsiflashda noyob ixtirosini namoyon etgan. Shu jihatdan qaraganda, 
ash-Sharif ar-Radiyning ishqiy she’riyatii ko‘p asrlik arab she’riy an’analarining 
davomi bo‘lgan. 
Ash-Sharif ar-Radiy, al-Mutanabbiy singari, mukofot uchun yuqori martabali 
shaxslarni ulug‘laydigan saroy shoiri bo‘lmagan. Ammo uning devonida ham 
xalifalar va buid zodagonlarining vakillariga yozilgan madhiyalar bor. Ushbu 
maqtov qasidalarida u ko‘pincha al-Mutanabbiy va boshqa shoirlarda uchraydigan 


113 
an’anaviy obrazlardan foydalangan. Bir qancha madhiyalarni shoir o‘z otasiga 
bag‘ishlagan. 
Ash-Sharif ar-Radiy marsiyalar ham yozgan. Ularning ba’zilari diniy shia 
xususiyatiga ega bo‘lgan va «Karbalo jafokashi» Husaynga bag‘ishlangan. 
Shoir o‘zini maqtab yozgan ko‘p she’rlarida o‘zining qadimiy va taniqli 
urug‘ini ulug‘lagan, jamiyatda munosib o‘rin egallashiga xalal bergan taqdirdan 
achchiq shikoyat qilgan va o‘z shuhratparastligini yashirmagan. 
Arablar «badaviylikni» abbosiylar zamonidagi san’atning nazokati bilan
she’riy mahoratini, qadimgi arab she’riyatining nozik tomonlarini, uslubiy usullar 
xilma-xilligi va badiiyyatini yumshoqlik va musiqiylik bilan uyg‘unlashtira olgan 
ash-Sharif ar-Radiyning shoirlik mahoratini yuksak qadrlaydilar. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin