O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

al-Mutanabbiy ijodida o‘zining cho‘qqisiga erishdi. Falsafiy she’riyat buyuk 
faylasuf shoir Abul Ali al-Ma’arriy ijodida yorqin ifodasini topdi, ishqiy va diniy 
lirika ash-Sharif ar-Radiy she’riyatida yorqin namoyon bo‘lgan. Nihoyat, 
tasavvufning borgan sari tarqalib borishi natijasi bo‘lgan sufiylik she’riyati ushbu 
adabiy oqimning eng katta arab vakili Ibn al-Farid asarlarida eng yuksak 
cho‘qqisiga chiqdi. She’riyat bilan bir qatorda badiiy nasr ham rivoj topdi. X 
asrning ikkinchi yarmida maqoma janri – nozik qofiyali nasrda yozilgan qisqa 
latifalar yuzaga keldi. Maqomalarning eng mashhur mualliflari al-Xamazaniy va 
al-Haririy bo‘lganlar. Faqat bilimdon tinglovchigina tushunadigan nozik maqoma 
janri bilan bir qatorda «demokratik» adabiyot – xalq romani (uning eng ajoyib 
namunalaridan biri deb «Antaraning hayoti» asarini hisoblash mumkin), 
shuningdek «Ming bir kecha» asarida eng to‘liq ifodalangan shahar novellasi – 
muvaffaqiyatli rivojlandi. Nihoyat, shu davrga adaba nomli adabiyotning 
rivojlanishi kiradi. O‘z xarakteriga ko‘ra turli-tuman bo‘lgan adaba asarlarida 
ilmiy (geografiya, tarix kabilarga oid) bilimlar ommalashtirildi. Materialni bayon 
etish xususiyatlari (qiziqarlilik, adabiy chekinishlar) bizga bir qator hollarda adaba 
asarlarini badiiy nasrga kiritish imkonini beradi.
X–XII asrlarda arab adabiyotining gullab-yashnashi xalifalikdagi ko‘plab 
xalqlarning ijodiy faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Bu davr adabiyoti 
ko‘plab avlodlar davomida har xil xalqlar yaratgan eng yaxshi jihatlarni 
birlashtirdi. X–XII asrlar arab adabiyoti g‘oyalari xilma-xilligi va chuqurligi 
hamda shakllari boyligining sababi ushbu sintezdadir.
Al-Mutanabbiy (915–965). Sintez davriga mashhur arab shoiri Abu-t-
Tayyib Ahmad ibn al-Husayn al-Mutanabbiy ijodi taalluqlidir. U Kufa shahrida 
kambag‘al suv tashuvchi oilasida tug‘ildi. Uning oilasi Janubiy Arabiston 
badaviylaridan kelib chiqqan edi. 925 yilda bo‘lg‘usi shoir, Karmatlar shaharga 


104 
bostirib kirganligi bois, Kufadan Suriyaga qochgan va badaviylar orasida ikki yil 
yashagan. Ko‘chmanchilar ichida yashash ko‘p jihatdan shoirning siyosiy va 
badiiy xohish-irodasini belgilab berdi, shuningdek uning dunyoqarashida chuqur 
iz qoldirdi. Qabilada shoir badaviylar xarakterini yaxshi ko‘rib qoldi hamda 
badaviylar orasida katta shaharlardagiga qaraganda yaxshiroq saqlanib qolgan 
arab adabiy tili borasidagi bilimlarini takomillashtirdi. 
928 yil oxirida shoir Bag‘dodga ko‘chdi. Shu davrda yuzaga kelgan uning 
dastlabki she’riy tajribalari Bag‘doddagi bilimdon jamoaning e’tiborini tortmadi. 
Bag‘dodda karmatlar harakati «tenglashtirish» g’oyalari bilan kambag‘al, 
ammo izzattalab yosh shoir oldida katta imkoniyatlar ochar edi. Shu bois u ana 
shu oqimga qo‘shildi. Xalifalikning barcha viloyatlarida qo‘zg‘olonlar bo‘lib 
turgan alg‘ov-dalg‘ov o‘sha zamonda shoirni siyosiy maydonda shuhrat topish 
imkoniyati o‘ziga tortdi. Buning ustiga, uning dastlabki adabiy tajribalari 
muvaffaqiyat qozonmayotgan edi. 933 yilda shoir karmatlar harakatining ayrim 
arboblari bilan tanishdi hamda shia-karmat va’zlari bilan dastlab Kufada, so‘ngra 
Suriya badaviylari oldida nutqlar bilan da’vatlar qildi. Al-Mutanabbiyning da’vat 
qiluvchi faoliyati tafsilotlari bizga ma’lum emas, ammo, arab biograflarining 
guvohlik berishicha, aynan ana shu faoliyat tufayli shoirning «al-Mutanabbiy» 
(«Soxta payg‘ambar») laqabi kelib chiqqan. Adabiyotda bugun ham u mana shu 
laqabi bilan ma’lum. Shoir o‘zining shia-karmatiya ruhidagi chiqishlari hamda 
badaviylar orasida hur fikr so’lar aytgani uchun, manbalarning dalolat berishicha, 
ikki yil qamoqda saqlangan. 
Al-Mutanabbiy ijodining 20 yilni (928–948) qamrab olgan birinchi davri 
uning Suriya bo‘ylab sayohatlari yillariga to‘g‘ri keladi. «Shamiyat» («Suriya 
she’rlari») deb atalgan ushbu davr she’rlarida alg‘ov-dalg‘ov zamonning kuchli 
ta’siri seziladi. «Suriya she’rlari» qahramonlik xarakterida yozilgandir. Suriya 
davri oxirida muvaffaqiyatsizliklar va umidsizliklar ta’sirida al-Mutanabbiyning 
she’riyatiga qayg‘u motivlari paydo bo‘ladi. 
Siyosiy 
maydondagi 
muvaffaqiyatsizliklar 
shoirni 
shuhratparastlik 
fikrlaridan voz kechishga va o‘zini butunlay shoirlik faoliyatiga bag‘ishlashga 


105 
majbur qildi. U ijodining birinchi bosqichidayoq qisqa vaqt mobaynida 
xalifalikning Suriyadagi sarkardasi Badr ibn Ammarning shoiri bo‘lgan. 
Shoirning u bilan «mamlakatda g‘ulg‘ula solayotgan» forslarga bo‘lgan nafrat 
yaqinlashtirardi. 948 yilda al-Mutanabbiy Halablik mashhur hukmdor Hamdaniy 
Sayf ad-Davla saroyiga ko‘chib o‘tdi. Uning homiyligidan ko‘plab adiblar va 
olimlar foydalanardilar. Bu yerda al-Mutanabbiy ijodining yangi davri (948–957) 
boshlandi. Biograflarning dalolat berishicha, shoir Sayf ad-Davlaning yaqin do‘sti 
bo‘lgan va uning Vizantiyaga hamda badaviy ko‘chmanchilarga qarshi 
yurishlarida unga hamrohlik qilgan. 
Bu davr she’rlari «Sayfiyat» to’plamini hosil qiladi va al-Mutanabbiy she’riy 
devonining deyarli 1/3 qismini tashkil etadi. Ularning aksariyati Sayf ad-Davlaga 
bag‘ishlangan madhiyalardir: 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin