O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


 ABU FIRAS VA ABU ALA AL-MA’ARRIY IJODI



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

6.2. ABU FIRAS VA ABU ALA AL-MA’ARRIY IJODI
Darsning maqsadi: Abu Firas she’riyati va Abul Ala ar-Ma’arriyning 
falsafiy she’riyati va risolalari haqida. 
 
Tayanch so‘zlar va iboralar: Hamdaniylar urug‘I, Sayf ad-DavlaMosul, 
Halab, Manbij, ihvaniyat, “Luzumiyot”, “Risolat al-G’ufron”, Ma’arrat al-
No’mon, “Hijaziyat”. 


110 
Abu Firas (932–968). Al-Mutanabbiyning zamondoshi va she’riyat 
maydonidagi asosiy raqibi risar shoir Abu Firas edi. U Mosulda tug‘ilgan bo’lib, 
otasi arablarning Hamdaniylar urug‘idan, onasi esa yunon bo‘lgan. Bo‘lg‘usi shoir 
otasidan erta yetim qolgan va xalifalikda Sayf ad-Davlaning sarkardasi bo‘lgan 
amakivachchasining tarbiyasiga olingan. Abu Firasning bolaligi Bag‘dod, Mosul 
va xizmat yuzasidan borgan boshqa shaharlarda o‘tgan. Suriyada mustaqil 
Hamdaniylar amirligi tashkil etilgach Abu Firas Halabdagi eng taniqli olimlar va 
adiblar bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘lgan va shu yerda tez orada uning 
shoirlik iste’dodi ochilgan. 
Shoir Sayf ad-Davlaning vizantiyaliklarga qarshi yurishlarida ishtirok etgan 
va jasur jangchi sifatida namoyon bo‘lgan. Sayf ad-Davlaning Abu Firasga 
bo‘lgan ishonchi shunchalik katta bo‘lganki, u shoirni Shimoliy Suriya va Ikki 
daryo oralig‘i chegarasidagi yaxshi mustahkamlangan qal’a bo‘lmish Manbijga 
qo’mondon qilib tayinlagan. Abu Firas vizantiyaliklarning hujumlarini qaytarishi 
hamda bo‘ysunmas badaviy qabilalarni tinchitib turishi kerak bo‘lgan. 
Abu Firasning keyingi taqdiri fojiali kechgan. Shoir ikki marta 
vizantiyaliklar qo‘liga tushib, asirlikda umumiy hisobda taxminan yetti yilni 
(959–966) o‘tkazgan. Shoirning raqiblari hamda uning takabburligi va mustaqil 
fe’lidan norozi bo‘lgan shaxslar tomonidan qayralgan Sayf ad-Davla asirni sotib 
olishni 966 yilgacha kechiktirgan. Sayf ad-Davla o‘limidan so‘ng (968) Abu Firas 
Halabdagi hokimiyatni kuch bilan egallashga uringan, ammo Sayf ad-Davlaning 
o‘g‘li boshchilik qilayotgan qo‘shinga qarshi jangda halok bo‘lgan. 
Abu Firas saroy shoiri bo‘lmagan: saroydagi yuksak maqomi uni yuqori 
martabali shaxslar oldida mukofot evaziga xushomad qilish zaruratini 
qoldirmagan. 
Vizantiyada asir bo‘lishidan avval yozgan ilk she’rlarida Abu Firas jangchi-
shoir sifatida namoyon bo‘lgan. Ritsarlik jasorati va muhabbati – uning 
she’rlaridagi asosiy mavzu. Bu davrda ko‘p jihatlar Abu Firasni qadimgi arab 
shoirlariga yaqinlashtiradi: tungi visollarni zavq-shavq bilan tasvirlashlar ham, 
qasidalarga yozilgan lirik muqaddimalarning qayg‘uli ohanglari ham, nihoyat, o‘z 


111 
jasorati haqidagi maqtanchoq hikoyalari ham shundan darak beradi. Abu Firas 
qasidalari odatdagi lirik muqaddimali an’anaviy tuzilishga ega. 
Abu Firasning ishqiy she’riyatii muhabbat dialogi yoki kechinmalari 
tasvirlangan qisqa she’rlar shaklidadir. Abu Firas ko‘pgina she’rlarini do‘stlariga 
bag‘ishlagan (do‘stlik haqidagi she’rlar – ihvaniyat). Yaqinlarining o‘limi 
munosabati bilan qisqa va g‘am-g‘ussaga to‘la marsiyalar shular jumlasidandir. 
Qasidalarda, ularning mavzusidan qat’iy nazar, shoir o‘z ajdodlarining, o’zi kelib 
chiqqan Hamadaniylar urug‘i va tag’lib qabilasining sahiyligi, olijyanobligi va 
mardligini kuylagan. U Hamadaniylarni vizantiyaliklarga qarshi urushdagi 
qahramonliklari, bo‘ysunmagan xorijiylarni tinchitgani, xalifaga sodiqligi va 
boshqa fazilatlari uchun ulug‘lagan. 
Vizantiyaliklarda asir bo‘lib turgan vaqt Abu Firas ijodiga katta ta’sir 
ko‘rsatgan. Hayot shoirga faqat afsus va nadomatlar keltirgan. Bir vaqtlar boy, 
aslzoda, mansabdor bo‘lgan shoir endilikda tahqirlangan. Akasi undan yuz 
o‘girgan, otasi vafot etgan – shu bois uning asarlari ham g‘amgin nolish hamda 
baxtli o‘tmish haqidagi qayg‘uli xotiralarga to‘la. Ammo aynan ushbu davrdagi 
she’rlari shoirga munosib shuhrat keltirdi. Vizantiya (Rum) davridagi she’rlar 
turkumi «Rumiyat» nomini oldi. 
Vizantiyada yozgan she’rlarida shoir Sayf ad-Davlani maqtaydi va saroydagi 
badxohlarning tuhmatlarini rad etishni, urug‘doshlik qonunlarini yodga olishni va 
uni asirlikdan qutqarishni iltijo qilgan. U qarib qolgan va ko‘rish nasib 
qilmaydigan onasiga nazokatli so‘zlar bilan murojaat etgan. 
Abu Firas – «kuchli ehtirosli» shoir. Abu Firas zamondoshlariga 
hissiyotlarining chuqurligi va samimiyligi, kechinmalarining nozik jihatlarini 
ifodalay oladigan so‘zlarni topa olishi bilan yoqqan. Buning uchun arab 
o‘quvchilari shoirning shakldagi ayrim e’tiborsizliklari va mumtoz arab she’riyati 
qoidalarini buzganligini kechirganlar. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin