O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

Men o’zim Allohni – dono Halloq deb tanidim 
Uni inkor qiluvchilar qatoriga hech qachon kirmayman. 
Al-Ma’arriyning she’riy asarlari uning ikki devonida to‘plangan: 
«Chaqmoqtoshdan uchqunlar» hamda «Majburiy bo‘lmagan narsalarning 
majburiyligi» 
(«Luzum ma la yalzam», qisqacha – «luzumiyat»). 


118 
«Chaqmoqtoshdan uchqunlar» to‘plamiga shoirning o‘z shahriga qaytgunicha 
yozgan ilk she’rlari kiritilgan. Bular madhiyalar, marsiyalar, o‘zini o‘zi 
maqtashlardir. Al-Ma’arriyning yoshlikda yozilgan she’rlari o‘z xarakteriga ko‘ra 
an’anaviydir. Ularda al-Mutanabbiy va undan oldin o‘tgan boshqa buyuk 
shoirlarning ta’siri aniq seziladi. Rasmiy shaxslarga qaratilgan madhiyalarda 
shoirning olimligi izlari ko‘rinadi. Ammo shu ilk asarlargayoq obrazlarning 
yorqinligi xos bo‘lib, bu keyinchalik al-Ma’arriy katta she’riyatining o‘ziga xos 
jihatini tashkil etadi. Shoir o‘zini maqtashga bag‘ishlangan she’rlarida o‘z urug‘i 
va fazilatlarini ulug‘laydi. Marsiyalar (ayniqsa onasi va ayrim do‘stlarining o‘limi 
munosabati bilan yozilganlari) chuqur falsafiy mazmunga ega bo‘lib, inson taqdiri 
haqidagi g‘amgin fikrlarga ega. Al-Ma’arriyning «Chaqmoqtoshdan uchqunlar» 
to‘plamidagi ilk she’rlari orasida jangchilarning himoya qurollarini tavsiflashga 
bag‘ishlangan «Zirhli she’rlar» alohida o‘rin tutadi. Ushbu tavsiflar odatda 
maishiy hayot sahnalari bilan kechadi va og‘ir badaviy uslubiga qaramay, jonli va 
ifodali yangraydi. 
Al-Ma’arriyning eng yetuk she’rlari uning barcha zamonlardagi arablar o‘rta 
asr arab she’riyatining cho‘qqisi deb hisoblaydigan «Luzumiyat» to‘plamiga 
kirgan. Devonning nomini ikki xil talqin etish mumkin. Muallif, ehtimol, 
to‘plamda jamlangan fikr va xulosalar, garchi boshqalar uchun majburiy 
bo‘lmasa-da, o‘zining ichki e’tiqodi va axloqiy burchi tufayli muallifning o‘zi 
uchun majburiy ekanligini bildirmoqchi bo‘lgan. Boshqa bir izoh to‘plamdagi 
she’rlarning qofiyasiga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi: al-Ma’arriy 
«Luzumiyat»da ketma-ket holda, yoki arab mumtoz adabiyotida majburiy 
hisoblanmagan tayanch yoki «ikki tomonlama» qofiyadan foydalangan (har bir 
she’rda oxirgi undoshi va harakatidan tashqari undan oldin keluvchi undosh ham 
o‘zaro mos keladi, bu esa qofiyani yanada boyitadi). «Luzumiyat» tuzilishiga 
ko‘ra antiqadir: undagi she’rlar birin-ketin alifboning barcha harflariga teskari 
tartibda qofiyalanib keladi. 
«Luzumiyat» – bu she’riy shakldagi falsafiy, diniy va ijtimoiy-siyosiy 
g‘oyalardir. Bu esa ushbu turkumdagi she’rlarni falsafiy va fuqaroviy lirika 


119 
janriga kiritish imkonini beradi. «Luzumiyat» she’rlarida al-Ma’arriy o‘z 
zamonining ajoyib mutafakkiri sifatida namoyon bo‘ladi. Abul ‘Alaning 
dunyoqarashi murakkab siyosiy vaziyatda shakllangan bo‘lib, unda ijtimoiy va 
ma’naviy berk ko‘chadan chiqish yo‘llarini izlash izlari bor. Uning qarashlari 
ko‘p jihatdan ziddiyatlidir. 
Al-Ma’arriyning falsafiy qarashlari tugallangan tizim tashkil etmagan. 
Mutafakkirning sinovchan va o‘tkir aqli doimo eng murakkab, falsafiy 
masalalarga javob izlaydi.
Aql – Abul Alaning e’tiqodicha, haqiqatni bilishning yagona vositasi. Ammo 
insonning dunyo haqidagi tasavvurlari to‘g‘rimi? «Balki bizning dunyo, xuddi 
tush kabi, borlig‘imizga qarama-qarshidir», – deb fikr yuritadi shoir. Al-
Ma’arriyning butun falsafiy she’riyatii orqali hayotdan nihoyatda qoniqmaslik 
mavzusi va bu dunyoda chorasiz yolg‘izlik motivlari, yovuzlikka qarshi ojizlik 
mavzusi o‘tadi. «Biz kulamiz, ammo kulgimiz aqlimizning kamligidandir. Aslida 
esa, yer ahli yig‘lashi kerak». 
Al-Ma’arriy dahriy bo‘lmagan. Shoirni falsafiy-diniy muammolar bilan bir 
qatorda u yuksak insonparvarlik nuqtai nazaridan qaragan axloqiy masalalar ham 
qiziqtirgan. Shoir ijtimoiy adolatsizlikka qarshi qattiq bosh ko‘targan, odamlarga 
xizmat qilish insonga munosib yagona yo’l deb hisoblagan. 
Arab mumtoz adabiyoti rivojlanishida butun boshli davrni yakunlagan 
hamda o‘z ijodida murakkab va turfa arab madaniyatining turli elementlarini 
birlashtirgan ushbu mutafakkir va faylasuf shoirning ulkan iste’dodi shubhasiz 
beqiyosdir. 
Gumanist shoir ijodining ahamiyati arab madaniyati bilan cheklanib 
qolmaydi. Abul Ala o‘zining falsafiy she’riyatii va nasrida X asrdayoq 
insoniyatning eng buyuk shaxslarini keyingi ko‘p asrlar davomida qiziqtirgan 
falsafiy va axloqiy masalalarni ko‘targan. Ma’arrat al-Numandan chiqqan buyuk 
so‘qirning asosiy xizmati ana shunda. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin