O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

Ibn Xazm (994–1063) kiradi. Aslida arab-ispan «yangilanishi» aynan undan 
boshlanadi. Ibn Xazm Kordovalik umaviylarning faol tarafdorlariga kirgan va 
sulola taxtdan ag‘darilgach, O‘rta yer dengiz qirg‘og‘idagi kichikroq shahar 
bo‘lmish Almeriyaga ketadi. Bu yerda u do‘stining iltimosiga ko‘ra «Kaptar 
bo‘ynidagi marjon» («Tauq al-Xamama») nomli muhabbat haqidagi risolani 
yozadi. Bu asar axloq haqidagi risola va badiiy asar o‘rtasidagi oraliq o‘rinni 
egallaydi. «Kaptar bo‘ynidagi marjon» – arab adabiyotida faqat bir marta 
uchraydigan o‘ziga xos asar. Uning har bir bobi qandaydir muhabbat qissasiga 
yoki muhabbat hislarining rivojlanishidagi bosqichlarga: muhabbat belgilari, 
sadoqat, xiyonat, ajralish kabilarga bag‘ishlangan. Muallif odatda umumiy 
axloqiy-psixologik mulohazalardan keyin o‘z xulosalarini tasdiqlash uchun 
adabiyotdan yoki voqelikdan olingan misollarni keltiradi. Aksariyat hollarda bu 
misollar muallif zamonidagi Ispaniya hayotidan olingan maishiy latifalar sifatida 
namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, «Kaptar bo‘ynidagi marjon» o‘z tuzilishiga 
ko‘ra al-Jaxizning «Baxillar haqidagi kitob»ini eslatadi. Bunday kitob Ibn 
Xazmgacha 
Andaluziya 
adabiyotiga 
noma’lum bo‘lgan. Barcha arab 
hikoyachilarining odati bo‘yicha Ibn Xazm o‘z asarini kitobning asosiy 
mazmunini ifodalovchi she’riy kiritmalar bilan ta’minlagan. 
Ayrim tadqiqotchilar Ibn Xazmning muhabbatga bo‘lgan munosabatini uzriy 
shoirlarining asarlari – Allohga bo‘lgan ilohiy muhabbatning in’ikosi, xolos deb 
hisoblovchi Bag‘dod ilohiyotchilarining qarashlari bilan bog‘laydilar. Ibn 
Xazmning kichikroq yoshdagi zamondoshi Kordovalik buyuk arab-ispan shoiri 
Ibn Zaydun (1003–1071) bo‘lgan. Shoir Kordova taxti atrofida qizigan siyosiy 
kurashda faol ishtirok etgan. Umaviylar taxtdan ag‘darilgach, u yangi hukmdorlar 


144 
nazarida eski amaldorlardan bo‘lib qolgan va quvg‘inga uchragan, qamoqqa 
tashlangan, u yerdan qochgan. Kordova hukmdorlariga yana yaqinlashgan, 
nihoyat batamom quvilib, sevilyalik hukmdor al-Mu’tadid huzuriga qochib 
ketgan, uning saroyida yuqori lavozim egallagan. Ibn Zaydun an’anaviy janrlarda 
she’rlar (madhiyalar, marsiyalar, ishqiy qo‘shiqlar), shuningdek risolalar ham 
yozgan. Masalan, uning qalamiga muhabbat bobidagi bosh raqibi vazir Ibn 
Abdusga qaratilgan hajviy risola mansub. Bu risola al-Jaxizning «Kvadratlik va 
aylanalik haqidagi risola» yo‘lida yozilgan. 
Ibn Zaydunning eng yaxshi she’rlarida umaviylar xalifasi al-Mustaqfiyning 
qizi – shoira al-Valladaga bo‘lgan muhabbati kuylanadi.
Arablar orasida uning «Nuniya» qasidasi eng mashhur bo‘lgan. Ushbu 
qasidasida u o‘zining al-Valladaga bo‘lgan muhabbatini hikoya qiladi.
Ibn Zaydun sharqiy arab she’riyatining kuchli ta’sirini sezib turgan. O‘z 
she’rlarida u sharq shoirlariga, ayniqsa al-Buxturiyga taqlid qilgan. Undan fikrlar 
va obrazlarni olgan, hatto o‘z she’rlariga uning asarlaridan butun boshli baytlarni 
kiritgan. Ammo Ibn Zaydun ijodida uchraydigan sof ispan elementlari uning 
ijodini arab-ispan «yangilanish» davrining boshiga kiritish imkonini beradi: shoir 
Ispaniya tabiatini, Andaluziya shaharlari, ayniqsa Kordovaning go‘zalligini 
kuylagan: 
O’, go’zal Kordova, men sen tomon intilmayapmanmi? 
Sendan uzoq bo’lganimdan qalbim qiynalmadimikin? 
Yana sening go’zallik va quvonch baxsh etadigan 
Sharif tunlaringni ko’rarmikinman? 
Ispaniyada mashhurlikda Ibn Zaydundan qolishmaydigan yana bir shoir al-

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin