O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Seminar mashg’ulotlari uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

Seminar mashg’ulotlari uchun savol va topshiriqlar 
1. Kech o‘rta asr adabiyoti
2. Kech o‘rta asrning eng mashhur adiblari. 
3. Al-Qalqashandiy asarlari
4. Og‘zaki hikoya qilish an’anasi
5. «Ming bir kecha» ertaklari. 
6. Xalq romanlari. 
Mustaqil ish uchun savol va topshiriqlar 
1. «Ming bir kecha»ning yaratilishi. 
2. «Sirat Abu Zayd» – xalq romani. 
3. Sirat az-Zohir Beybars haqida. 


178 
GLOSSARIY 
“Adudiyot” – al-Mutanabbiyning Fors amiri Adud ad-Davla saroyida yozgan 
asarlari 
“Ayyam al-arab” – Islomdan ilgarigi badaviy arablar hayoti haqida yozilgan 
nasriy asar 
al-Axtal – Umaviylar davri saroy shoiri 
Badaviylar – ko‘chmanchi arab qabilalari 
Da’vat – Islom dini mohiyatini tushuntirib yozilgan chaqiruv 
“Devon al-Xamosa” – IX asrda Johiliya davri shoirlarining asarlari to‘plangan 
asar 
Faris – chavandoz 
Faxr – qasidada shoir o’zining janglarda ko’rsatgan qahramonliklari, uchqur 
tuyasi yoki otini maqtab yozgan qism 
Hadis – Rasululloh (SAV) so’zlari, fe’llari, qarorlari – sunnatlari deb ham 
ataladi 
Hamriyot – may to’g’risidagi qism 
Hijo – hajviy janr 
“Hijoziyot” – Sharif ar-Rodiyning Hijozda yozgan she’rlari to’plami 
Ibn al-Muqaffa – “Kalila va Dimna” asarini qadimgi paxlaviy tilidan arab 
tiliga o’girgan adib va tarjimon 
Ihvoniyat –birodarlik risolalari va she’rlari 
Johiliya davri – islomdan avvalgi V-VII asrlarga oid davr 
“al-Jome’ as-Sahih” – ishonchli hadislar to‘plami 
Ka’ab ibn Zuhayr – “Qasidat al-Burda” asarining muallaifi 
“Kitab al-Ag’oniy” (“Qo‘shiqlar kitobi”) – qadimgi arab shoirlari, bastakorlari 
hayoti va ijodi haqidagi to‘plam 
“Kitab al-badi” – Ibn al-Mu’tazzning badiiyat istilohlariga oid birinchi asari 
“Kofuriyot” – shoir al-Mutanabbiyning Misr amiri Kofur saroyida yozgan 
asarlari to’plami 


179 
“Kutub as-Sitta” - ishonchli hadislar to‘plangan oltita kitob 
Madh – shoir qabilasi, uning mashxur kishilarini maqtab yozgan qism 
“Malik ash-Shuaro” – shoir Imru-l-Qaysga berilgan sifat 
Maqoma – X asrda yozilgan qiziqarli latifalarga o‘xshash kichik nasriy asar 
Maxofa – tuya ustiga o’rnatilgan ayvoncha 
“al-Mu’allaqot” – VIII asrda johiliya shoirlari sara qasidalari to’plangan asar 
“al-Mufaddaliyot” – olim Mufaddal ad-Dabbiy to‘plagan to‘plam 
Muhaddis – hadis ilmi bilimdoni
al-Muhalhil – Johiliya davri ilk shoirlaridan 
Muqattam – Qohira shahri tashqarisidagi tepalik nomi 
Muvashshax – VIII asr oxirida arab-ispan adabiyotida yuzaga kelgan yangi 
she’riy janr 
Nabiz – badaviy arablar xurmodan tayyorlaydigan salqin ichimlik 
“Nahj al-balag’a” –“Balog’at yo’li” - Sharif ar-Rodiy tomonidan Xazrati Ali 
so’zlari, hikmatlari to’plangan asar 
Naqoid – umaviylar davriga xos janr bo’lib, unda shoirlar bir-birlarini tanqid 
qilib asar yozganlar 
“Naqd ash-She’r” – “She’r tanqidi” 
Nasib – qasidaning kirish – rubobiy qismi 
Nuniya – “nun” harfiga qofiyalangan qasida 
Qasida – 50-100 baytdan iborat bo‘lib, bir necha mustaqil qismdan tashkil 
topgan she’riy asar 
“Qasidat al-Burda” – Ka’ab ibn Zuxayrning Rasuli akram oldilarida o’qigan 
qasidalari 
Qasida “lomiya” – “lom” harfiga tugaydigan baytlardan tashkil topgan asar 
Qudoma ibn Ja’far – “She’r tanqidi” asari muallifi 
Rihla – safarnoma 
Riso – marsiya (biror kishi vafoti munosabati bilan yozilgan she’riy asar) 
Roviy – johiliya davri shoirlari asarlarini yodida saqlab yuruvchi shaxs 
Sahobalar – Muhammad (SAV) safdoshlari 


180 
Sahih - ishonchli 
Saroy she’riyati – saroylarda ijod qilgan shoirlar asarlari 
Saxro kemasi – arablar tuyani shunday atashgan 
“Sayfiyot” – al-Mutanabbiyning Sayf ad-Davla saroyida yozgan asarlari 
to’plami 
“as-Sunan” – Imom at-Termiziyning ishonchli hadislar to‘plami nomi 
“Shomiyot” – al-Mutanabbiyning Suriyada yozgan qasidalari to’plami 
Tafsir – Qur’onga yozilgan sharh 
“Taqlid davri” she’riyati – Andaluziya shoirlarining sharqiy viloyat shoirlariga 
o’xshatib yozgan asarlari 
Tarafa, Antara – johiliya davri shoirlari 
Tarassul – rasmiy va shaxsiy maktublar 
Tardiyot – ov haqidagi qism 
Tashtir – g’azal baytlariga ikkita yangi misra qo’shiladi, shu tariqa asar ikki 
barobar ko’payadi 
Taxmis – she’rda har bir baytga uchta misra qo’shiladi, shunda she’rning har 
bir bandi besh misradan iborat bo’ladi 
Urjuza –rajaz bahrida yozilgan she’riy asar 
Vasf – o’simlik va hayvonot dunyosi haqidagi qism 
Xitobot – notiqlik san’ati 
“Yangilanish davri” – Andaluziya shoirlari Ispaniya tabiatini tarannum etgan 
davr 
Zajal – XI asr oxirida paydo bo’lgan, ikki-uch lahjada yozilgan sayyor shoirlar 
ijodidagi yangi she’riy janr 
Zohidlik – tarkidunyochilik, nafsni tiyish 
Zuhayr – “al-Mu’allaqat” to‘plamiga kiritilgan shoir 
Zuhdiyot – qasidaning tarkidunyochilik haqidagi bir qismi 
“Zu-s-Salib” – shoir al-Axtalga qo‘yilgan laqab 


181 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin