O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

 
10.2. XALQ ROMANI 
Darsning maqsadi: mazkur qismda kech o’rta asrda yaratilgan qator xalq 
romanlari haqida so’z boradi. 
Tayanch so‘zlar va iboralar: xalq romani, “Sirat Abu Zayd”, “Qissat bani 
Hilal”, “Sirat az-Zaxir Beybars”, az-Zaxlan qabilasi, “Sirat zil-Himma”. 
Xalq romani janrining dastlabki asarlari qatoriga «Antaraning hayoti» bilan 
birga Abu Zayd haqidagi 38 jildli «Abu Zaydning hayoti» («Sirat Abu Zayd») 
romani kiradi. Bu romanning boshqa bir nomi, unda ifodlangan qabilaning 
nomidan kelib chiqib, «Hilol qabilasi haqidagi qissa» («Qissat bani Hilal»).– deb 
nomlanadi. 
Romanning bosh qahramoni – Hilol qabilasining afsonaviy qahramoni – Sarv 
hukmdori Rizq hamda Makka hokimining qizi Xadraning o‘g‘li Abu Zayd 
(Barakot). Romanda aytilishicha, Xadra Abu Zayd tug‘ilishidan sal avval sayr 
chog‘ida boshqa qushlarga g‘azab bilan hujum qilayotgan va ularni o‘ldirayotgan 
qora qushni ko‘radi hamda xudodan unga xuddi shunday kuchli va qo‘rqmas 
o‘g‘il ato etishini so‘raydi. Uning iltijosi qabul bo‘lib, qop-qora farzand ko‘radi.
Xadra qora tanli farzandni dunyoga keltirib, qabilani sharmanda qildi deb 
hisoblagan. Qabila boshliqlarining gapiga kirib, Rizq xotinini yangi tug‘ilgan 
o‘g‘li bilan uyidan quvib, amaldorlar bilan birga Makkadagi otasining uyiga 
yuboradi. Yo‘lda Xadra va uning yo‘ldoshlari az-Zaxlan qabilasining boshlig‘ini 
uchratadilar. U Xadraga rahmi kelib, uni o‘z homiyligiga oladi hamda Abu 
Zaydni o‘g‘il qilib oladi. Bola o‘sib-ulg‘ayib, kuchli va jasur jangchiga 
ayanganidan keyin onasi unga az-Zaxlan qabilasining boshlig‘i uning amakisi 
ekanligi, haqiqiy otasini esa Rizq o‘ldirganini aytadi. Abu Zayd otasining o‘limi 
uchun qasos olishga qasam ichadi. Asta-sekin u qahramonliklar ko‘rsatib, nafaqat 


172 
uni boqib olgan az-Zaxlan qabilasi, balki qo‘shni qabilalar ko‘z o‘ngida ham 
obro‘ orttiradi va az-Zaxlan qabilasiga boshliq etib tayinlanadi. 
Ayni vaqtda xotini va o‘g‘lini quvib yuborganidan keyin qattiq tushkunlikka 
tushgan Rizq qabilani tashlab ketadi va Xadra bir vaqtlar qushlar jangini ko‘rgan 
joydagi buloq yoniga joylashadi. 
Bir qancha vaqt o‘tib, Hilol qabilasi ustiga ofat kelib qurg‘oqchilik 
yopiriladi. Yaylovlar izlab qabilaning katta qismi az-Zaxlan mulkiga hujum 
qiladi. Barakot kelgindilarni yengadi, ammo ularga rahm qilib, shu yerda 
qolishlariga ijozat beradi. Hilol qabilasining boshliqlari bir vaqtlar o‘lpon to‘lagan 
az-Zaxlan qabilasiga dushmanlik kayfiyatida bo‘lishda davom etadilar. Ular Rizq 
huzuriga elchi yuborib, Barakotning tazirini berishda ko‘maklashishini talab 
qiladilar. Rizq qabila boshliqlarining amriga bo‘ysunib, qabilaga qo‘shiladi. Elchi 
bilan suhbatdan az-Zaxlan qabilasining boshlig‘i uning o‘g‘li ekanligini anglay 
boshlaydi, lekin qabila boshlig‘ining ismi Abu Zayd (Barakot) ekanligi unda ba’zi 
shubhalar uyg‘otadi. Rizq Barokatni yakkama-yakka kurashga chaqiradi. 
Otasining qotilidan qasos olish orzusida yurgan Barakot chaqiriqni jon deb qabul 
qiladi. Boshlangan olishuvda u Rizqni egardan urib tushiradi va endi o‘ldirmoqchi 
bo‘lganida onasi o‘g‘lini padarkushlikdan saqlab qoladi. U o‘g‘liga tug‘ilish 
holatlari haqida aytib beradi, Hilol qabilasining boshliqlari esa Abu Zaydni 
Rizqning qonuniy va munosib o‘g‘li deb tan oladilar hamda unga va onasiga 
ko‘rsatgan adolatsizliklari uchun kechirishini so‘raydilar. 
Romanning keyingi qismlarida Abu Zayd (Barakot) va Hilol qabilasining 
qahramonliklari, xususan Abu Zayd uch nafar jiyani bilan yaylov qidirib Shimoliy 
Afrikaga qilgan safari hikoya qilinadi. Birin-ketin forslar, Amir Temur bilan 
fantastik kurashlar epizodlari, Tanjer va Marokash shaharlarini qamal qilish 
voqealari, Nilning yuqori qismlariga uyushtirilgan harbiy yurishlar va bir qator 
boshqa epizodlar ketma-ket tasvirlanadi. 
Abu Zayd haqidagi romanning mazmunini yuzaki hikoya qilishdan ko‘rinib 
turibdiki, u ancha xilma-xil va murakkab romandir. Unda eski urug‘-qabilachilik 
ongining elementlari kuchli bo‘lib, bu asarning o‘zagi ancha ilgari, ya’ni arablar 


173 
xotirasida hali Arabistonni buzib kirgan islomgacha bo‘lgan davrdagi yaylovlar va 
suv havzalari uchun olib borilgan qabilalararo urushlar haqidagi xotiralar bo‘lgan 
IX asrni kiritish imkonini beradi. Abu Zaydning Shimoliy Afrikadagi 
sarguzashtlarida arablarning Shimoliy Afrika va Ispaniyaga qilgan yurishlari, 
salibchilar bilan bo‘lgan urushlar va boshqa keyingi voqealar aks etgan. 
Misrda mashhur bo‘lgan boshqa bir roman – «Az-Zahir Beybarsning hayoti» 
(«Sirat az-Zaxir Beybars»)da oxirgi ayubiylar va mamluklar hukmronlik qilgan 
davrdagi fojiali voqealar hikoya qilinadi. Bu asar Abu Zayd haqidagi romandan 
syujet jihatdan biroz murakkabroqdir. 
Romanning asosiy qahramonlari – mashhur mamluk sultoni az-Zaxir 
Beybars (1260–1277) va uning ba’zi zamondoshlari. Romanda tarixan ishonchli 
materiallar nisbatan kam, fabulaning barcha asosiy tarkibiy qismlari sof badiiy 
to‘qima tashkil etadi. Romanning qisqacha mazmuni quyidagicha: 
Misr sultoni as-Solih Ayubiy (1240–1249)ning mamluk qo‘shini uchun 
o‘smirlarni sotib oluvchi qulfurush boshqa yoshlar orasida Mahmud ismli yigitni 
(keyinchalik u Xorazm shohining o‘g‘li ekanligi aniqlanadi) sotib oladi. Savdogar 
Mahmudni o‘zining Damashqdagi sudxo’rlaridan biriga qarz evaziga berib 
yuboradi, u esa, o‘z navbatida, Mahmudni xotiniga qul sifatida sovg‘a qiladi. 
Xotini qulga o‘zining esi pastroq o‘g‘liga qarab yurishni topshiradi. Kunlardan bir 
kun xo‘jayinning singlisi Fotima akasinikiga mehmonga kelib, kelinoyisini 
nihoyatda g‘azablangan holatda uchratadi: Mahmud bebaxt ovsarga yaxshi qarab 
turmaganligi uchun u kursidan yiqilib tushgan bo‘ladi. O‘smirning o‘lgan o‘g‘liga 
nihoyatda o‘xshashidan hayratlangan va uning ahvoliga achingan Fotima qulni 
akasidan sotib oladi, o‘ziga o‘g‘il qilib olib unga vafot etgan o‘g‘lining Beybars 
ismini qo‘yadi va uni o‘z mulkining egasi qilib tayinlaydi. 
Bir kun Damashqqa as-Solihning vaziri, Fotimaning kuyovi (opasining eri) 
Najmiddin sultonning topshirig‘i bo‘yicha keladi. U Misrga qaytayotganida 
Beybarsni o‘zi bilan olib ketadi. Qohirada o‘smir tez ko‘tariladi va tez orada 
sultonning yaqinlaridan biriga aylanadi. As-Solih vafotidan keyin hokimiyat 
uchun kurash boshlanadi va nihoyat Beybars sulton bo‘lib qoladi. Romanning 


174 
keyingi qismi Beybarsning harbiy yurishlari, jumladan Suriyada vizantiyaliklar, 
salibchilar va mo‘g‘ullarga qarshi urushlari, shuningdek qahramonning romantik 
sarguzashtlari hikoya qilinadi. 
Beybars haqidagi xalq romanning syujeti, shubhasiz, u «Abu Zaydning 
hayoti»ga nisbatan ancha kech yozilganidan dalolat beradi. U haqidagi dastlabki 
ma’lumotlar XVI asr boshida misrlik tarixchi ibn Iyas (1448–1522) asarlarida 
uchraydi. Biroq Beybars haqidagi xalq romani ilgariroq XIV asrda, ya’ni sulton 
Beybarsning aniq shaxsi haqidagi xotiralar fantastika bilan qoplanishidan avval
uning ideallashtirilgan obrazi, «Ming bir kecha»dagi Xorun ar-Rashid obrazi kabi, 
xalq ichida keng tarqalmagunicha yuzaga kelishi mumkin emas edi. Misrliklar 
ongida Beybars o‘zining taqvodorligi va insonparvarligi bilan mamluk 
jangchilarining boshqa vakillaridan ajralib turardi. 
Beybars obrazida va tarixiy voqealar talqinida shahar tabaqalarining 
qiziqishlari va muhabbatlari yorqin seziladi. Qahramon, garchi xalq ichidan 
chiqmagan 
bo‘lsa ham, qashshoq ahvolga solingan savdogarlar va 
hunarmandlarga hamdardlik bilan munosabatda bo‘ladi hamda ularni yovvoyi va 
makkor amaldorlarning xonavayron qilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shaharliklarning 
yaxshi va odil hukmdor haqidagi ko‘p asrlik orzusi ana shunda namoyon bo‘ldi. 
O‘rta asr arab xalq romanlarining bosh qahramoni sifatida odatda arablar 
himoyachisi va ashaddiy musulmon, arab qabilalari ideallarining ifodachisi 
namoyon bo‘ladi. Bunda an’anaviy fazilatlar (kuch, jasorat, sahovat, 
donishmandlik, qabilaga va islomga sadoqat) haddan tashqari ko‘pirtiriladi. 
Barcha romanlarda ideal arab jangchisi gavdalanadi, ammo u har qanday o’ziga 
xoslik jihatlardan mahrum bo‘ladi. Qahramonni atrofdagi odamlardan yuksaklikka 
ko‘tarish uchun unga odatda, an’anaviy fazilatlardan tashqari, yana aslzodalik 
xislati qo‘shiladi. Deyarli har doim qahramon – adolatsizliklar, ko‘rolmaydigan va 
ayyor odamlar fitnalarining qurbonidir. Biroq u quroli va donoligi bilan 
dushmanlarni yengadi, o‘zining halol nomini tiklaydi, aybsiz jabrlanganlarni 
himoya qiladi va tug‘ilganidan o‘ziga tegishli bo‘lgan jamiyatdagi yuksak 
mavqeini qaytarib oladi. 


175 
«Abu Zaydning hayoti» asarida ham, Beybars haqidagi romanda ham 
islomning kuchli ta’siri seziladi. Biroq agar ilgariroq chiqqan Abu Zayd haqidagi 
xalq romanida hali eski urug‘-qabilachilik mafkurasi elementlari kuchli bo‘lsa, 
kechroq yozilgan Beybars haqidagi romanda kech o‘rta asr uchun xos bo‘lgan 
mutaassib musulmon dunyoqarashi birinchi o‘ringa qo‘yiladi. «Antaraning 
hayoti» qahramonlarining diniy bag‘rikengligidan bu yerda iz ham qolmagan. 
Beybars haqidagi roman nasroniylarga qarshi pafos bilan yo‘g‘rilgan: islomni 
qabul qilishni istamayotgan nasroniylar va boshqa personajlar unda eng qora 
bo‘yoqlarda tasvirlangan. 
Beybars har narsada Allohga tavakkal qiladi. U sulton as-Solihni faqat 
Qur’onni buzgan holda may ichgani uchun qoralaydi, ammo u chin ko‘ngildan 
tavba qilgan zahoti uni kechirib yuboradi. Beybars kamtarin va adolatli, masalan, 
u do‘stlari unga maslahat berganidek, Ayubiylar hukmdorlarini taxtdan ag‘darish 
va Misr taxtini egallashga qaror qilmaydi, balki taxt unga «qonuniy» asoslarda 
topshirilishini kutadi va hokazo. 
Boshqa bir xalq xalq roman– «Zul-Himmaning hayoti» («Sirat zil-Himma») 
yanada islomiy xususiyatga ega. Uning nomi qahramonning nomidan kelib 
chiqqan. Asarda IX asrdan boshlab nasroniylarga qarshi olib borilgan urushlar 
haqida hikoya qilinadi. Bunda asar qahramoni Zul-Himma ismli ayol bu 
urushlarda kofirlarni yakson qiluvchi islom armiyasining yo‘lboshchisi sifatida 
namoyon bo‘ladi. 
Xalq romanlarining tuzilishi ancha bir xil tusga ega. Asarlarning asosiy 
mazmunini odatda haqiqiy tarixiy shaxsning hayoti tashkil qiladi. Unga turli 
epizodlar va chekinishlar kiritiladi. Ammo xalq romanlarida tasvirlangan voqealar 
odatda tarixiy haqiqatdan yiroqdir. Hattoki qahramoni nisbatan kechki davrda 
yashagan «Beybarsning hayoti» asarida ham eng umumiy faktlarnigina ishonchli 
deb hisoblash mumkin. Syujet rivojlangani sayin Beybars haqidagi hikoya borgan 
sari fantastik tus ola boshlaydi. Romanda boshqa asarlarda, masalan, «Ming bir 
kecha»da yoki fors romanlarida uchraydigan har xil folklor motivlar paydo 
bo‘ladi. Biroq to‘qimalarning ko‘pligi o‘rta asrdagi Qohiraning hayotini jonli va 


176 
haqqoniy 
aks 
ettiruvchi 
romanning 
madaniy-tarixiy 
ahamiyatini 
aslo 
kamaytirmaydi. 
Qadimgi afsonaviy yoki yarim afsonaviy qahramonlarga bag‘ishlangan xalq 
romanlarida folklor motivlar muhim o‘rin egallaydi. Masalan, «Sayf ibn zi-
Yazanning hayoti» romanining qahramoni, islomgacha bo‘lgan Janubiy Arabiston 
himyariy hukmdorlaridan biri, g‘aroyib sarguzashtlarda ishtirok etadi; bu yerda 
sehrgarlar va afsungarlar uchraydi, yuqorida keltirilgan Abu Zayd fantastik 
yurishlarda ishtirok etadi va hokazo. 
Xalq romanlaridagi hikoyalar dialogli jonli sahnalarga to‘la. Bu esa 
tadqiqotchilarga ularda drama kurtaklarini ko‘rish imkonini bergan. Ayni vaqtda 
dialoglar so’z o’yinlarga to‘liq bo‘lib, hajviy xususiyatga ega. Nasriy matn she’riy 
kiritmalar bilan bo‘linadi. Ularda odatda arab mumtoz she’riyatining 
o‘lchamlariga amal qilinmaydi. Dastlab ular mumtoz vazn qoidalariga rioya 
etilgan holda yozilgan, ammo vaqt o‘tishi bilan o‘quvchilar yoki xattotlar shu 
she’rlarning tuzilishini ularga og‘zaki nutq elementlarini qo‘shib o‘zgartirib 
yuborgan deb hisoblanadi. Bu she’riy kiritmalar tuzilishiga ko‘ra yakunlangan 
qandaydir voqeani tavsiflaydi. Xalq romanlaridagi qo‘polroq so’z o’yinlar va 
sodda hazil-mutoyibalar
shaharliklarga ma’qul kelgan. Romanlarning xalqchil tili, 
ularda Misr shevasi va so‘zlashuv shakllaridan foydalanilganligi ushbu asarlarni 
aholining keng qatlamlari uchun tushunarli qilgan. Bu esa syujetning qiziqarliligi 
bilan bir qatorda, ularga xalq ichidagi keng mashhurlik bag‘ishlagan. 
Turklar hukmronligi davri arab xalqlari tarixida eng qorong‘u davrlardan 
bo‘lgan. Usmon imperiyasi davrida arab viloyatlarining madaniyati shunchalik 
tanazzulga uchragan ediki, misrlik tarixchi al-Jabartiy (XVIII asr oxiri – XIX asr 
boshi) so‘zlariga qaraganda, arab mamlakatlarida hatto musulmon ruhoniylarining 
eng yuqori tabaqasi hisoblangan al-Azxar orasida ham ma’lumotli odamni topish 
qiyin bo‘lgan. Shunga qaramay, arab adabiy an’anasi hech qachon batamom 
uzilmagan. Bu esa XIX asrda arab adabiyoti tug‘ilishi davriga yaxshi ta’sir 
ko‘rsatgan. Arablarning siyosiy va madaniy jihatdan yuksala boshlashi 
XIX asrning dastlabki yillariga to‘g‘ri keladi va misrliklar Bonapart armiyasining 


177 
hujumi davrida kurashishiga to‘g‘ri kelgan jang bilan bog‘laydilar. Shu paytdan 
boshlab arab mamlakatlarida mustaqillik uchun olib borilgan uzoq muddatli 
kurash boshlanadi. Bu davrda shakllangan yangi adabiyot esa zamon bilan 
chambarchas bog‘liq bo‘lib, ayni vaqtda ko‘p asrlik adabiy an’analarga tayandi. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin