O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

al-Hilliy (1278–1349 yoki 1351) ijodi taalluqlidir. Safiaddin Frot daryosi 
sohilidagi Hillada tug‘ilgan. Uzoq vaqt Bag‘dod va Misrda yashagan. Misrda 
sulton an-Nosir ibn Kalaum saroyida shoirlik qilgan. Safiaddin asarlari uning 
davriga nihoyatda xosdir. Shoir barcha arab o‘rta asr she’riy janrlarida qalam 
tebratgan, barcha ma’lum she’riy o‘lchamlar – ham mumtoz, ham kechki she’riy 
o‘lchamlardan foydalangan. Zajal janrida qo‘shiqlar yozgan. U she’r yozish 
texnikasini mukammal egallagan. Uning devonida 29 ta qasida ketma-ket 
alifboning barcha harflariga qofiyalangan. Ayni vaqtda qasidadagi har bir 
she’rning boshlang‘ich harfi qofiyalanayotgan harfga mos kelgan. Safiaddin 
mumtoz she’riyatining barcha badiiy-tasviriy vositalari – tashbih, istioralardan 
keng foydalangan. Safiaddin she’riy fonetikani juda mukammal egallaganligini 
namoyish qilish bilan cheklanmay, nafaqat tovush, balki ko‘rish effektlarini ham 
namoyish etishga intilgan: hech bir so‘zi nuqtaga ega bo‘lmagan she’rlar yozgan. 
Biroq shoir asarlari tili va badiiy-tasviriy vositalari qanchalik boy bo‘lmasin, tom 
ma’nodagi she’riylikdan uzoqlashgan. Safiaddinning she’riy san’atlari undan 
avvalgi shoirlarda ko‘p bora uchragan va shoirning mahorati asosan tajnis, 
majozlar va she’riy fonetika usullaridan mohirlik bilan foydalanishida namoyon 
bo‘lgan. 


154 
XIV asr o‘rtalariga boshqa bir misrlik shoir Ibn Nubata (1287–1366) ijodi 
taalluqlidir. U madhiyalar hamda o‘tib ketgan yoshlik haqida qayg‘uradigan, 
zamondoshlaridan shikoyat qiladigan, yaqin odamlarining o‘limidan g‘ussaga 
botadigan g‘amgin marsiyalar muallifidir. Uning she’riyatiidagi umumiy 
tushkunlik ruhida tartibga solinmagan hissi hamda g‘alayonlar, hukmdorlarning 
tez-tez almashinishi (shoir hayoti mobaynida Misrda 20 nafar Mamluk hukmdor 
almashgan) tufayli alg‘ov-dalg‘ov bo‘layotgan mamlakatdagi hayotning 
beqarorligi aks ettirilgan. 
Ibn Nubata buyuk shoir bo‘lgan. So‘z yaratish, so‘zlarni o‘ynatish va ikki 
ma’noli iboralarni ishlatishda uning fantaziyasi cheksiz bo‘lgan. Tanazzul 
davrining boshqa shoirlari singari Ibn Nubata she’rlari muallifning she’riy 
texnikani mukammal egallaganligini namoyish etgan, ammo unda hech bir 
chuqur, yangi fikrlar bo’lmagan. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin