O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

8.2. YANGILANISH DAVRI ADABIYOTI 
Darsning maqsadi: Yangilanish davrida ijod qilgan ispaniya tabiatini 
kuylagan shoirlari va adiblari ijodi bilan tanishtiriladi.
 
Tayanch so‘zlar va iboralar: Ibn Xazm, “Tauq al-Xamama”, marsiya, 
madhiya, Ibn Xamdis, Ibn Zaydun, Vallada, muvashshax, zajal, Mosarablar. 
Asta-sekin Andaluziya adabiyoti an’anaviy sharqiy arab shakllari va 
syujetlaridan uzoqlasha boshlagan hamda mahalliy «ispan» mavzusiga yuz tutadi. 
Andaluziya adabiyoti tom ma’noda arab-ispan adabiyotiga aylanadi va arablarda 


142 
«yangilanish» davri (XI asrning 1-yarmi – XII asr o‘rtasi) nomini oladi. Bu 
davrda Andaluziya she’riyatining mazmuni o‘zgaradi. «Taqlidchilik» davri 
she’riyatining bosh mazmunini Iroq sog‘inchi tashkil qilgan bo‘lsa, «yangilanish» 
davri she’riyatida Andaluziyaga bo‘lgan muhabbat o‘z ifodasini topadi. 
Andaluziya she’riyatida an’anaviy arab janrlarining barchasi saqlanib qolgan, 
biroq madhiya yoki hajviyada Sharqiy Arabiston an’analarining qonunlari 
hukmronlik qilsa, ishqiy lirika, hajviyalar hamda tabiat tavsiflarida an’ana ancha 
o‘zgartiriladi. 
Arab-ispan she’riyatining eng ko‘p tarqalgan janrlaridan biri vasf edi. Unda 
tavsiflashning mazmuni nihoyatda xilma-xilligi bilan ajralib turgan. Andaluziyalik 
shoirlar muhabbatining predmetini gullar bilan burkangan Ispaniyaning go‘zal 
dalalari, daryo, ko‘l, tog‘, bog‘ va xiyobonlari tashkil qiladi. Arab adabiyotida ilk 
bor dengiz va unda suzib yurgan kemalarni keng tavsiflash paydo bo‘ladi. 
«Yangilanish» davri shoirlarining e’tiborini Ispaniya shaharlaridagi go‘zal 
me’moriy inshootlar, naqsh bilan bezatilgan qimmatbaho qurollar, gullar va 
qimmatbaho matolar, arab-ispan feodal podsholiklari saroylarining ziyofatlar, 
musiqa va raqslar, o‘yin-kulgi va ko‘ngilxushliklarga to‘la hayoti tortadi. 
Andaluziya shoirlari o‘z she’rlarida ularga faqat adabiy asarlar orqali ma’lum 
bo‘lgan sahro an’anaviy tasvirlarini Ispaniya tabiatining yorqin manzaralari bilan 
mohirona birlashtiradilar. 
Xuddi Sharqda bo‘lgani kabi, ishqiy lirika Andaluziya she’riyatida ham 
muhim o‘rin tutadi. Buning ustiga, Ispaniyada muhabbatning platonik, uzriy 
hissiy yo‘nalishlarini ko‘rish mumkin. May va ziyofat quvonchlarini kuylash ham 
Andaluziya shoirlarinnig xush ko‘rgan mavzularidan biriga aylandi.
Arablarning Ispaniyadagi mavqei mustahkam emasligi, nasroniy davlatlar 
bilan doimo kurash olib borishga majburligi Andaluziya she’riyatining umumiy 
ruhiga 
katta 
ta’sir 
ko‘rsatgan. 
Shubhasiz, 
Andaluziya 
she’riyatida 
ispaniyaliklarning dahshatli hujumi sadosi sifatida sharqiy arablar uchun xos 
bo‘lmagan mavzu – yo‘qolib ketgan sulolalar va shaharlar haqidagi marsiyalar 
paydo bo‘ladi. Allohga va sharqiy viloyatlardagi musulmonlarga qaratilgan 


143 
cheksiz o‘tinchlar arab-ispan shoirlarining she’rlarini to‘ldiradi. Islomgacha 
bo‘lgan she’riyat davri arab adabiyotidayoq doimiy ravishda takrorlangan 
borliqning o‘tkinchiligi motivlari Ispaniya arablarining fojiaviy taqdiri fonida arab 
adabiyotining eng yaxshi lirik asarlari darajasida turgan Andaluziya she’rlarida 
umuminsoniy ohangga ega bo‘ladi.
Kordova xalifaligining so‘nggi yillaridagi yozuvchilar qatoriga shoir va olim 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin