O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

Mu’tamiddir (1040–1095). Sevilyaning Abbosiylar davridagi amirining o‘g‘li, 
keyinchalik o‘zi ham taxtni egallagan al-Mu’tamid jadal tashqi siyosat yuritgan
o‘z mulkini ancha kengaytirgan va hatto Kordovani zabt etgan. Biroq al-
Mu’tamidning Kastiliya qiroli Alfons VI oldidagi qo‘rquvi uni yordam so‘rab, 


145 
Marokashning al-Moraviylar sulolasining hukmdori bo‘lgan Yusuf ibn Tashifinga 
murojaat etishga majbur qilgan. U, o‘z navbatida, ispan hujumini to‘xtatgan, 
ammo ayni vaqtda al-Mu’tamid mulkini ham egallab olgan. Toj kiygan shoirni esa 
Marokashdagi Agmat degan joyga surgun qilgan. Shoir u yerda asirlikda vafot 
etgan. 
Tarixda al-Mu’tamid mehmonnavoz va sahiy homiy sifatida qolgan. Uning 
saroyiga butun Andaluziyadan adib va olimlar oqib kelgan. Shoirning Agmatda 
qamoqda bo‘lgan davrda yozgan she’rlari saqlanib qolgan. Bu she’rlarning asosiy 
mavzui – shoir his qilgan tahqirlashlar haqidagi hikoyalar, baxtli o‘tmishiga oid 
xotiralardir. 
Al-Mu’tamidning she’rlari go‘zalligi va soddaligi bilan ajralib turadi. 
Obrazlarning yangiligi va odatdan tashqariligi muallifni Andaluziya she’riyatining 
eng yorqin vakillaridan biri deb hisoblashga imkon beradi. 
Sevilyada al-Mu’tamid saroyida sitsiliyalik shoir Ibn Xamdis (1055–1132) 
yashab ijod etgan. Vatanini 1078 yilda normandlar istilo qilganidan so‘ng tashlab 
ketishga majbur bo‘lgan shoir al-Mu’tamidning yaqin do‘stlaridan biriga aylangan 
va amir vafot etgunicha u bilan birga qolgan. Ibn Xamdis umrining oxirgi yillarini 
Tunisda La-Mayorka orolida o‘tkazgan.
Ibn Xamdis Ispaniya tabiatining kuychisi bo‘lgan. Ispaniya manzaralari, ov 
sahnalari uning she’rlari mazmunini tashkil qilgan. Tabiat manzaralarini 
ifodalashda Ibn Xamdisning fantaziyasi chegara bilmagan. 
Subhi sodiqda biz bog’ga tashrif buyurganda 
U yerdagi irmoq sohillari yalang’ochlangan qilich kabidir. 
Quyosh haroratining daraxt shohlari orasidan tushgan 
Nurlari (bog’ni) sayqallayotgandek. 
 
Ko’tarilgan ajoyib yarim oyga boq 
Uning nuri qora zulmatni yorib chiqmoqda. 
U xuddi kumushdan yasalgan o’roq kabi, 


146 
Bog’lardagi nargis gulini o’rmoqda. 
Uning she’rlarida ko‘pincha tabiat mavzusi bilan may mavzusi ham qo‘shilib 
keladi. 
Ibn Xamdis ishqiy hamda zohidlik xususiyatga ega bo‘lgan she’rlar 
(zuhdiyat) yozgan. Uning ushbu janrdagi she’rlarida sharqiy arab she’riyatining 
(Umar ibn Abu Rabi’a, Abul Ataxiya) ta’siri seziladi. Ibn Xamdis she’riyati 
go‘zal va mazmundor bo‘lib, uning obrazlari tekis va ifodali, tili sodda va aniqdir. 
Tabiat manzaralarining mohir ifodachilaridan yana biri Ibn Hafaja (1058–
1138) bo‘lgan. Uning laqabi al-Jannan bo‘lib, bog‘bon degan ma’noni bildirgan. 
U al-Sira shahrida tug‘ilgan. Ispaniyaning eng go‘zal viloyatlaridan biri – jonajon 
Valensiya tabiati shoir uchun bitmas-tuganmas ilhom manbai bo‘lgan. Ibn Hafaja 
nima yozsa ham – madhiyami yoki marsiya – tabiat mavzui ularda albatta mavjud 
bo‘lgan. Shoir sharqiy arab she’riyatining qoliplaridan foydalanishga moyil 
bo‘lsa-da, uning kuzatuvchanligi va ifoda shakli Ibn Hafaja tavsiflarini 
Andaluziyaning keyingi avlod shoirlari uchun namunaga aylantirgan. Ibn Hafaja 
she’rlarida Andaluziya ko‘z o‘ngimizda gullab-yashnayotgan bog’ sifatida 
namoyon bo‘ladi. Uning tinchligi va go‘zalligini faqat bo‘ronlargina vaqtincha 
buza oladi. 
XII asrdan boshlab arab-ispan adabiyoti asta-sekin tanazzulga uchray 
boshlaydi. Al-Moraviylar va al-Mohadiylarning Ispaniyaga bostirib kirishi arab 
podsholiklari siyosiy mustaqilligini yo‘qotishiga va Andaluziya Mag‘rib 
davlatining viloyatiga aylanishiga olib keldi. Bir vaqtlar bo‘lgan aqliy va diniy 
toqatlilikdan asar ham qolmadi. Mosarablar (arabcha so‘zlashuvchi nasroniylar) 
Andaluziyadan quviladilar. Mutaassib berber lashkarboshilari dastlabki islomning 
«soddaligi» va «pokligi»ni tiklashga intilib, ajoyib me’moriy inshootlarni vayron 
qiladilar, «bid’at» deb e’lon qilingan kitoblarni yoqadilar. 
Berberlarning Ispaniyadagi istilolari ilgari saroy she’riyati gullab-yashnagan 
muhitning yo‘qolishiga olib kelgan. Afrika hukmdorlari arab tilini yaxshi 
bilmaganlar va ularning qarorgohlarida nozik arab-ispan she’riyatini ko‘pchilik 


147 
tushunmagan. Shu bois asta-sekin saroy shoiri tipi yo‘qolib borgan. Buning 
o‘rniga oddiy xalq orasidan tinglovchilar va qadrlovchilarni izlovchi hamda ular 
bilan shahar lahjasida so‘zlashuvchi sayyor shoirlar paydo bo‘lgan. XI asr oxiri va 
XII asrning birinchi yarmida xalq tilidagi she’riyat keng tarqaldi. Mumtoz 
she’riyatning barcha nozik tomonlarini bilmagan va ko‘pincha ikki-uch tilda (arab 
tilining Andaluziya lahjasida, berber va roman tillarida) so‘zlagan keng aholi 
qatlamlari orasida lahjada yozilgan she’rlar mashhur bo‘lgan. Zajal nomli strofik 
she’riyat eng ko‘p tarqalgan. Zajal tuzilishiga ko‘ra muvashshahga juda o‘xshab 
ketgan. Dastlabki ikki she’r asarning o‘lchami va asosiy qofiyasini belgilab 
bergan. So‘ngra har birida bir xil sondagi she’rlar bo‘lgan (to‘rttadan o‘n 
ikkitagacha) va yagona qofiyaga 5–9 band keladi. Har bir bandning faqat oxirgi 
baytigina dastlabki ikki kirish bayti bilan qofiyalangan. 
Zajal yaratishda kordovalik daydi shoir va musiqachi ibn Kuzman (1080–
1160) yuksak cho‘qqiga erishgan. U o‘zining qo‘shiqlari bilan Andaluziyaning 
turli shaharlarida sahnaga chiqib, erkin va ancha badaxloq hayot kechirgan. Ibn 
Kuzman zajallarida mumtoz qasidaning hech bir jihati (sahro tavsifi ham, boshqa 
joyga ko‘chishlar ham, tuyalar ham) yo‘q, ularda Qur’on ruhi ham sezilmaydi 
(shoir islomga ancha istehzoli munosabatda bo‘lgan, shu bois jazolangan va hatto 
qamoqda o‘tirgan). Ibn Kuzman zajallari odatda ikki qismdan iborat: birinchisi – 
yorqin elementlarga ega bo‘lgan muhabbat haqidagi kirish qismi, ikkinchisi – 
albatta xayriya so‘ralgan madhiya. 
Ibn Kuzman zajallari qadimgi roman she’riyatidan kelib chiqqani shubhasiz. 
Ibn Kuzmanning zajallari ham musiqa bilan chambarchas bog‘liqdir. Arab-ispan 
she’riyatining trubadurlar she’riyatiga ta’sirining miqdori va xususiyatini aniqlash 
qiyin, ammo ta’sir etganligi shubhasiz. 
Tanazzul davrining eng mashhur shoirlaridan biri hayotining oxirida islomga 
kirgan sevilyalik yahudiy Ibrohim ibn Sahl (1208–1251) bo‘lgan. Uning qalamiga 
mansub bir qator ajoyib ishqiy she’rlarda yengillik va oddiylik jasorat va 
obrazlarning go‘zalligi bilan uyg‘unlashgan. 


148 
Andaluziya adabiyotida buyuk faylasuf va alloma ibn Tufayl (vafoti 
1185 yil)ga tegishli «Yakzon o‘g‘li Hayya haqidagi roman» nomli ajoyib falsafiy 
asar alohida o‘rin tutadi. Mazmuni bo‘yicha o‘ziga xos bo‘lgan, inson aqlining 
ulug‘vorligi, komil insonning shakllanishi va oliy haqiqatni bilish yo‘llari haqida 
hikoya qiluvchi ushbu roman-rivoyat ko‘proq falsafa tarixiga kiradi. Biroq 
romanning qisqacha mazmuni (inson go‘dakligida kimsasiz orolga tashlab 
ketilgan bo‘ladi va tabiat bilan yolg‘iz qolib, o‘z aqlining kuchi bilan hayot 
qonunlarini bilib oladi) ushbu asarni arab badiiy nasrning xazinasiga kiritgan.
Andaluziyaning yana bir buyuk yozuvchisi va shoiri Granada amirlarining 
vaziri tarixchi Lisoniddin ibn al-Xatib (1313–1374) bo‘lgan. U bid’at deb 
topilgan nazariyalari uchun qamab qo‘yilgan Fesedagi qamoqxonada qotil qo‘lida 
jon bergan. Lisoniddin bir qator tarixiy asarlar, risola va she’rlar yozgan bo‘lib, 
uning muvashshahlari ayniqsa mashhur bo‘lgan. Ibn al-Xatibning o‘lim oldidan 
yozgan hamda kutilayotgan o‘lim hissi va Granada aholisini ispaniyaliklarning 
to‘liq g‘alabasidan ancha avval qamrab olgan chorasizlik hislarini aks ettirgan. 
Ibn al-Xatib nasriy asarlarining uslubi Andaluziya adabiyotining tanazzul 
davriga nihoyatda xosdir. Unda Sharqiy Arabiston adabiyotining tanazzul davri 
bilan ko‘p o‘xshashliklar bor: xuddi o‘sha balandparvozlik, sun’iylik va ko‘p 
so‘zlash, xuddi o‘sha so‘zni murakkab istiora va badiiy asarlar bilan bejashga 
intilish, o‘sha-o‘sha iqtiboslarga, tarixiy voqealarga, qofiyali nasrga o‘chlik va 
hokazo. 
Andaluziya adabiyoti, shubhasiz, o‘rta asr arab madaniyati tarixidagi go‘zal 
sahifalardan biridir. Arab-ispan shoirlar Abu Tamman, al-Mutanabbiy, al-
Ma’arriy kabi Sharqiy Arabiston shoirlaridan she’rlarining teranligi va falsafiyligi 
bo‘yicha orqada qoladi, ammo g‘oyalarining ravshan bayon etilganligi, nozikligi, 
go‘zalligi, shoirona fantaziyasi, tilining ravonligi va yengilligi bilan, shubhasiz,
ulardan ustun turadi. 
Ispaniya tarixidagi arab davri – G‘arb va Sharqning adabiyotlari bir-biriga 
keng va chuqur ta’sir etgan davr. Andaluziya orqali Yevropaga qadimgi Sharq, 
antik va bevosita arab madaniy an’analari kirib borgan. Ispaniya arablari Sharq va 


149 
G‘arb o‘rtasidagi madaniy almashuvda o‘ynagan vositachilik rolining ahamiyati 
nihoyatda katta bo‘lib, u jahon madaniyati rivojlanishiga samarali ta’sir 
ko‘rsatgan. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin