O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

9.2. SUFIYLIK SHE’RIYATI 
Darsning maqsadi: Bu davrda adabiyot Misrga ko’chdi. U yerda faoliyat 
ko’rsatgan sufiylik she’riyati bilan tanishtiriladi. 
Tayanch so‘zlar va iboralar: sufiylik she’riyati, Ibn al-Farid, “al-Xamriya”, 
“Nazm as-Suluk”, majoziy ma’nolar. 
Kech o‘rta asr davrida, ya’ni saroy madhiya she’riyati, jamiyatning faqat 
ma’lumotli yuqori tabaqasi, saroy zodagonlarigina tushunadigan tanqidiy 
yo‘nalishdagi she’riyat kabi asta-sekin tanazzulga uchray boshlagan davrda 
birinchi o‘ringa sufiylik she’riyati chiqib qoldi. Sufiylik she’riyati – quvonch, 
muhabbat, majoziy may she’riyatidir. Tanqidiy yo‘nalishdagi tushkunlik holati 
dunyo bilan kelishmovchilik natijasi bo’lib, bu sufiy shoirlar tomonidan dunyodan 
va o‘z «men»idan voz kechish orqali bartaraf etilgan. Hayot ziddiyatlarini sufiy 
shoirlar chuqur zohidlik yo‘li bilan hal qilganlar. 
Eng mashhur arab sufiy shoirlardan biri Umar ibn al-Farid (1181–1234) 
edi. U Qohirada dindor oilada tug‘ilgan va chuqur diniy ta’lim olgan (ayniqsa, 


155 
islom huquqi – fiqhni chuqur o‘rgangan). Ibn al-Faridda zohidlarcha turmush 
tarziga moyillik erta uyg‘ongan va u Qohiradan sharq tarafda joylashgan al-
Muqattam tepaligida yolg‘iz yashagan. «Muqaddas joylar»da ko‘p yillar bo‘lish 
(Ibn al-Farid 15 yil umrini Makkada o‘tkazgan) shoirning fe’lini o‘zgartirmagan 
va Vataniga qaytganidan so‘ng u yana tepalikda yashay boshlagan. Bu yerga 
xudojo‘y shoirning muxlislari oqib kelavergan. Misrning salibchilarga qarshi 
urush sharoitida xalq ichida diniy e’tiqodni har tomonlama mustahkamlashga 
uringan 
ayyubiy 
hukmdorlar 
sufiylarni 
qo‘llab-quvvatlaganlar. Sufiylar 
o‘zlarining qat’iy turmush tarzi bilan iymonli ruhoniylarning obro‘sini 
ko‘targanlar. Ular shoirga har tomonlama hurmat ko‘rsatganlar. Sulton al-Malik 
al-Kamil (1218–1238) hatto Ibn al-Faridni Misrning bosh qozisi etib tayinlashni 
va’da qilib saroyga taklif etgan. Lekin shoir bunday yuqori mansabdan voz 
kechgan. Ibn al-Farid o‘zining ilohiy she’rlarini bir necha kunlab och, kasal, 
ilhom kelish holatida yaratgan. Ibn al-Farid dunyoqarashidagi ko‘p narsa uni fors 
sufiylarining hayotiga yaqinlashtiradi. Fors sufiy shoiri Jomiy uning she’rlariga 
sharhlar yozgani bejiz emas. Ibn al-Faridning devoni hajm jihatdan katta emas. 
Uning she’rlarida yerga oid ilohiy jihatlar shunchalik qo‘shilib ketganki, ularni bir 
xilda ham muhabbat qasidalari, ham ilohiy madhiyalar sifatida talqin etish 
mumkin. Shoir Allohga bo‘lgan muhabbatini oddiy insoniy muhabbatga 
shunchalik jasorat bilan o‘xshatganki, muxlislari uning she’riyati to‘g‘ri 
tushunilishi uchun sharhlar yozishga juda ko‘p mehnat sarflaganlar. 
Ibn al-Faridning sof ilohiyot mazmunga ega bo‘lgan eng mashhur asarlari – 
«May qasidasi» («al-Xamriya») hamda «t» harfiga qofiyalanganligi bois «Katta 
ta’iya» deb ataladigan «Mo‘minning yo‘li» («Nazm as-Suluk») asarlaridir. «Katta 
ta’iya» xuddi shu muallifning «Kichik ta’iya»sidan farq qilgan. 
«May qasidasi»ning birinchi jihati – may va mastlikning quvnoq holatiga 
hayratlanarli madhiyadir. Biroq bu yerda har bir so‘z ilohiy ma’noga ega. May – 
ilohiy jonlanish, yor – iloh, tok novdasi – borliq, osmondagi oy – xuddi kosa 
singari haqiqat nuri bilan to‘lgan komil inson, may quyish – Allohning irodasi 
bilan unga yaqinlik hadya etilgan mo‘min odamlarning paydo bo‘lishi va h.k. 


156 
Ushbu parchaning har bir so‘zini majoziy ma’noda tushunish kerak. Bunda gap 
Allohga yaqinlashish baxti haqida bormoqda. May – Allohni bilish. Ushbu 
ichimlikning yaltirashi – inson aqlining nuri. Ilohiy haqiqat – har bir sufiy bilishga 
intiladigan, ammo puxta saqlanadigan sir. Ilohiy jonlanishni his qilmagan hech 
kim baxtli bo‘la olmaydi, – ushbu parchaning ilohiy mazmuni ana shundan iborat. 
Mayning aralashuvi komil insonning ilohiy haqiqatni qabul qilishini 
bildiradi. 
Ibn al-Faridning «Katta ta’iya» nomli diniy mazmundagi qasidasini arab 
tanqidchilari arab adabiyotining durdonalaridan biri va sufiylik she’riyatining 
mumtoz namunasi deb hisoblaydilar. U sufiylik majlislarida musiqa bilan birga 
kuylanadi deb hisoblanadi. 
Qasida, shubhasiz, islom tasavvufining tarixi bilan shug‘ullanuvchilar uchun 
qiziqarlidir. «Katta ta’iya»da Ibn al-Farid o‘zining sufiylik tajribasini tasvirlashga 
urinadi. Qasida esa sufiyning Alloh tomon yuksalib borishini majozlar orqali 
ifoda etadi. Obrazli qilib aytganda sufiylarning ruhiy ekstaz holatiga erishishi 
ilohiy go‘zallikni ko‘rish quvonchidan bahramand bo‘lish uchun bosib o‘tishi 
lozim bo‘lgan yo‘l haqidagi tasavvurlarini ifodalaydi. Qasidada ilohiy go‘zallik 
tabiat va insonning go‘zalligi orqali ochib beriladi. Ilohiy ruhiy asos esa, go‘yoki 
tabiat bilan birlikda mavjuddir. 
Ibn al-Faridning tili va uslubida diniy ekstaz muhri mavjud. Ibn al-Faridning 
qasidalaridagi hissiy zo‘riqish asar oxiriga yaqinlashgan sari ortib boradi. Muallif 
ilohiy ehtirosni ifodalab, unda cheklovchi arab tili grammatikasi qoidalarini 
buzadi. Uning hayajonli nutqi ruhlarga qarata aytilgan qasamyodlar, ritorik 
savollarga to‘la. Unda faqat bilimli odamlargina tushunadigan, sufiylik 
xususiyatiga ega bo’lgan ko‘plab ishoralar mavjud. Shu bilan birga, muallif o‘z 
zamonining she’riy uslubiga asoslangan holda, murakkab badiiy san’atlar, so‘z 
o‘yinlari hamda kech o‘rta asr arab she’riyatiga xos bo‘lgan boshqa sun’iy
usullardan foydalangan.
Arab sufiy adabiyotining hajmi juda katta. Unda Ibn al-Faridning kichik 
zamondoshi mursiyalik Ibn al-Arabiy (1165–1240) katta o‘rin tutadi. Ibn al-


157 
Arabiyga uning «Makka vahshiylari» («al-Futuxat al-Makkiya») nomli ko‘p jildli 
asari shuhrat keltirgan. Unda sufiylik falsafasining qoidalari, shuningdek diniy 
mazmundagi she’rlari o‘rin olgan. Ushbu she’rlarda u nafaqat islomgacha bo‘lgan 
davr va abbosiylar davri she’riyatining an’anaviy shakllariga asoslanadi, balki 
Andaluziyada yuzaga kelgan muvashshah shaklidan ham foydalangan.
Usmonli turklarning XVI asr boshida Suriya va Misrni zabt etishi sufiylik 
adabiyotining rivojlanishini to‘xtatmadi. Bu davr sufiy yozuvchilari orasida 
misrlik ash-Sha’raniy (vafoti 1565)ning sufizm haqidagi nazariy va tarixiy 
asarlari keng ommalashgan. U sufiyona zohidlikda misrlik dehqonni og‘ir 
soliqlardan va turk noiblarini qo‘llab-quvvatlayotgan yuqori tabaqadagi islom 
ruhoniylarining tovlamachiligidan himoya qilishning yagona vositasini ko‘rgan. 
Arab sufiy adabiyotiga yana bir taniqli siymoni XVII - XVIII asr bergan. Bu 
Abdul G‘aniy al-Nabulusiy (vafoti 1731) bo‘lib, u qofiyali nasrda yozilgan oddiy 
sufiyning ilohiyot sayohatlari yoritilgan bir qator ilohiyotga va sufiylikka oid 
risolalar, shuningdek she’riy asarlar muallifidir. XVIII asrdagi suriyalik va misrlik 
yozuvchilar bevosita yoki bilvosita uning ta’sirida bo‘lganlar. 
Arab sufiy she’riyati chuqurligi hamda badiiy-tasviriy vositalarining boyligi 
bo‘yicha fors sufiy she’riyatidan biroz darajada tursa-da unda ilohiyot ruhidagi 
teran mulohazalar ko‘proq. Shunga qaramay, sufiy she’riyat butun kech o‘rta asr 
mobaynida (XIX asrga qadar) arab mamlakatlarining ma’naviy hayotida katta rol 
o‘ynagan hamda madaniy tanazzul sharoitida arab mumtoz she’riy an’anasini 
saqlab qolgan bosh yo‘nalish bo‘lib qoldi. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin