O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Seminar mashg’ulotlari uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

Seminar mashg’ulotlari uchun savol va topshiriqlar 
1. XIII–XVIII asrlar she’riyati taqlidiy xususiyatlari. 
2. «Qasidat al-Burda» asari muallifi kim? 
3. Ibn al-Arabiy ijodiga bir nazar. 
4. Sufiylik she’riyati namoyondasi Umar ibn al-Farid ijodi. 
5. «al-Xamriya» – majoziy ma’noli asar. 
Mustaqil ish uchun savol va topshiriqlar 
1. Safiaddin al-Hilliy ijodi. 


158 
2. Al-Busiriy hayoti va ijodi. 
3. Ibn al-Faridning sufiyona qarashlari. 
X BOB. KECH O‘RTA ASR NASRI 
10.1. «MING BIR KECHA» («ALF LEYLA VA LEYLA») 
Darsning maqsadi: mazkur qismda kech o’rta asrning adiblari, “Ming bir 
kecha” asari va undagi ba]zi ertaklari haqida so’z boradi. 
Tayanch so‘zlar va iboralar: Ijodkorlik san’ati, insho janri, al-
Qalqashandiy, “Ming bir kecha.”, “Xazor afsona”. 
Kech o‘rta asr adabiyoti turli-tuman an’analar, ilmiy va badiiy nasr asarlariga 
boydir. Bu davrda insho janri yanada rivojlandi. Pandnoma xususiyatiga ega 
bo‘lgan ko‘plab asarlar, risolalar, tarixiy manbalar paydo bo‘ldi. Ushbu 
asarlarning barchasidagi uslub balandparvozlik va ortiqcha jimjimadorlikdan 
iborat bo‘lgan. Adiblar qofiyali nasrga ishqiboz edilar va zamondoshi bo‘lgan 
shoirlar singari, o‘z asarlarini badiiy asarlar, kamyob so‘zlar, so‘z o‘yinlari bilan 
bezashga urinardilar, ko‘plab iqtiboslar keltirardilar. XIII–XVIII asrlarda turli xil 
antologiyalar, ma’lumotnoma va ensiklopediyalar keng tarqaldi.
Kech o‘rta asrning eng mashhur adiblaridan biri misrlik al-Qalqashandiy 
(1355–1418) edi. U o‘z davri uchun juda xos bo‘lgan, bir qator yarim ilmiy, yarim 
badiiy mazmundagi asarlarning muallifidir. Uning «Ijodkorlik san’atida ojizlar 
uchun bilimlar chirog‘i» nomli asari kotiblarga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘z 
davrining ma’lumotli amaldori bilishi zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarga ega 
edi. Unda adabiyot tarixiga oid ma’lumotlar, yozuvchilik hunari bo‘yicha 
ko‘rsatmalar, diplomatik yozishmalarga oid qoidalar, muhim tarixiy va siyosiy 
ma’lumotlar, shuningdek insho janrining eng yaxshi namunalari keltirilgan edi.
Al-Qalqashandiy asarlarining uslubi atayin murakkablashtirilgan bo‘lib, ular 
badiiy san’atlar, tajnislar va shu kabilarga to‘lib toshgan. Kech o‘rta asr 
adabiyotida arablar yashaydigan viloyatlarda, ayniqsa, Misrda maishiy va 
fantastik novellalar keng tarqaldi. Ularning asosida tarixiy shaxsning haqiqiy 


159 
taqdiri yoki muhim tarixiy voqea yotardi. Aynan kech o‘rta asr davrida «Ming bir 
kecha» nomli mashhur to‘plam oxirgi ko‘rinishga ega bo‘ldi, Antara haqidagi 
xalq romanining oxirgi varianti hamda ko‘plab qahramonlik qasidalari shakllandi, 
ular arab mamlakatlarida (ayniqsa Misrda) keyingi asrlarda nihoyatda mashhur 
bo‘lib ketdi. Ko‘pincha xalq romanlari deb ataluvchi ushbu qahramonlik 
qasidalari professional hikoyachilar – muhaddislar tomonidan she’riy qismlari 
musiqa asbobi jo‘rligida aytish bilan kechgan va og‘zaki ijro etib kelingan. Xalq 
romanlari biz uchun katta madaniy-tarixiy qiziqish uyg‘otadi. 
Og‘zaki hikoya qilish an’anasi arab mamlakatlarida eng so‘nggi vaqtlargacha 
saqlanib qolgan va hatto, kitob bosishning tarqalishi ham uning yo‘q bo‘lishiga 
olib kelmagan. Yuqorida eslab o‘tilgan «Ming bir kecha» va «Antaraning hayoti» 
bilan bir qatorda, Qohira aholisi orasida afsonaviy va yarimafsonaviy jangchilar 
hamda shonli arab qabilalarining qahramonliklari tasvirlangan ko‘plab xalq 
romanlari (Abu Zayd, Bey bars, Zul Himma, Sayf ibn zi-Yazoniyning 
«Hayotlar») shuhrat qozongan edi. Ushbu xalq romanlarining hajmi shunchalik 
kattaki, uni aytuvchilar ulardan biriga «ixtisoslashganlar» va odatda qat’iy 
belgilangan dasturni ijro qilganlar.
Xalq romanlari turli zamonlarda yaratilgan. Ular ko‘p asrlar mobaynida 
qayta-qayta avloddan-avlodga berib kelingan hamda xattotlar va ijrochilar 
tomonidan ularga bizgacha yetib kelgan ko‘rinishda yozilmagunicha sayqal 
berilgan.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin