O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

Ming bir kecha. O‘rta asr arab adabiyotining buyuk yodgorliklari qatoriga 
sehrgarlik ertaklari va hikoyalarining ulkan to‘plami, butun dunyoda «Ming bir 
kecha» romantik nomi bilan mashhur bo‘lgan asar kiradi. Mubolag‘asiz aytish 
mumkinki, dunyoda birorta ham savodli inson yo‘qki, bolaligida yoki katta 
yoshida to‘liq tarjima holda yoki bayon etilgan holda ushbu mashhur kitob bilan 
tanishmagan bo‘lsa. «Ming bir kecha» ma’lum bir muallifning asari emas, ushbu 
ajoyib to‘plamning qismlari qator asrlar mobaynida shakllanib borgan. Nihoyat 
XIV–XVI asrlarda to‘planib, tahrir qilinib, bizga ma’lum ko‘rinishda yetib 
kelgan.


160 
To‘plamning oxirgi varianti vatani deb Misr hisoblanishi bejiz emas. Bu 
mamlakatning Hindiston, Arabiston va Afrika mamlakatlaridan Yevropaga 
o‘tadigan savdo yo‘llari chorrahasida joylashuvi shaharlar (ayniqsa, Qohira)ning 
iqtisodiy va madaniy jihatdan o‘sishiga, shahar adabiyotning rivojlanishiga 
yordam bergan. Ushbu adabiyotning asosiy janrlari – maishiy va fantastik 
novellalar – shahar muhitida yaratilgan turli fantastik va haqiqiy, xorijdan olib 
kirilgan va «mahalliy» hikoyalardan yuzaga kelgan. 
Barcha zamonlarda arablar ajoyib hikoyachilar sifatida shuhrat qozonganlar. 
Juda qadim zamonlardayoq, islom tarqalishidan ancha ilgari, arab badaviylari o‘z 
ajdodlarining qahramonona ishlari haqidagi rivoyatlari bilan bir qatorda Hindiston 
va Erondan kelib chiqqan ertaklar va tarixiy hikoyalarni eshitishni xush 
ko‘rganlar. Ular eshituvchini arab hikoyalariga xos bo‘lmagan cheksiz fantaziya 
bilan o‘ziga tortganlar. Ular uchun ba’zan uzoq mamlakatlar haqidagi 
bilimlarning yagona manbai bo‘lgan. 
«Ming bir kecha»ning asosida, aftidan, «Ming rivoyat» («Xazor afsona») 
nomli fors to‘plamidagi hind ertaklarining arabcha tarjimasi yotgan. Mazkur 
to‘plamning mavjudligi haqida X asrdayoq yozilgan arab manbalarida xabarlar 
bor. Ushbu tarjimaning xarakteri haqida xulosa chiqarish qiyin. Chunki bizgacha 
faqat o‘z hikoyalari bilan o‘ziga tahdid solayotgan o‘limning vaqtini cheksiz 
uzoqlashtirib borgan ertakchi qiz haqidagi «qobiq» hikoya yetib kelgan. Bu 
hikoya hind adabiyotida uchraydi hamda «Ming bir kecha»ning eng qadimgi 
o‘zagini tashkil qiladi. «Ming bir kecha»ning aksariyat fantastik ertaklari ham 
qadimgi yoki o‘rta asr hind adabiyotidagi prototiplariga ega. Ayrim ertaklar uchun 
Uzoq Sharq xalqlari adabiyotidan parallellar topish mumkin. 
«Ming bir kecha»ning qobig‘i bo‘lib hind «ramka»siga yaqin bo‘lgan fors 
podshohi Shahriyor haqidagi ertak xizmat qiladi. Shahriyor bevafo xotinidan 
g‘azablanib, har tun yangi ayolni xotin qilib olish, erta tongda esa qatl etishga 
qaror qilgan. Natijada ko‘plab bebaxt ayollar nobud bo‘lgan. Shahriyorning 
shafqatsizligiga chek qo‘yish uchun vazirning qizi Shahrizoda o‘z xohishi bilan 
podshoning xotini bo‘lishga rozi bo‘ladi va birinchi nikoh tunida unga qiziqarli 


161 
hikoya aytishni boshlaydi. Tongda Shahrizoda hikoyasini eng qiziq joyida 
to‘xtatadi. Podshoh hikoyaning davomini bilish istagida qatlni keyingi kunga 
qoldiradi. Shahrizoda o‘z ertaklarini ketma-ketiga ming kun aytadi, oxirida 
podshoh uni sevib qolib, qatlni bekor qiladi.
«Ming rivoyat»ning arabcha tarjimasining katta doirasiga asrlar mobaynida 
mohir ertakchilar yoki ko‘chirib yozuvchilar yangidan-yangi hikoyalarni 
qo‘shganlar. Shu bois to‘plam bir qancha tahrirlarda chiqqan. Ayrim qo‘lyozmalar 
ertaklarning joylashuvi, tunlar bo‘yicha bo‘linishi va tarkibiga ko‘ra farq qiladi. 
Ertak to‘plamga tushgach juda katta o‘zgarishlarga uchragan. Arablardan kelib 
chiqqan hikoyalarni tadqiqotchilar odatda ularning kiritilgan joyiga ko‘ra 
to‘plamni Bag‘dod va Qohira ertaklariga ajratadilar. Bunday bo‘linish ancha 
shartlidir. Chunki hikoyalarni aniq ajratish uchun mezonlarga ega emasmiz. 
Mahalliy va tarixiy voqealar ularga qayta ishlash vaqtida kiritilgan bo‘lishi 
mumkin.
«Ming bir kecha»ning ilk Bag‘dod tahririning rasmiylashuvi, ehtimol, X–XI 
asrlarga to‘g‘ri keladi. Bag‘dod tahririda ramka hamda «ming rivoyat»dagi hind 
ertaklarining bir qismi saqlab qolingan, Hindistondan kelib chiqqan boshqa 
ertaklar esa mahalliy arab hikoyalari bilan almashtirilgan. XIII–XIV asrlarda 
to‘plamning Misrda kelib chiqqan hikoyalari hisobiga to‘ldirilgan Qohira qismi 
rasmiylashgan. Nihoyat, «Ming bir kecha»ning Qohirada amalga oshirilgan oxirgi 
tahriri XIV–XVI asrlarga taalluqli bo‘lib, unda to‘plamning eng qadimgi saqlanib 
qolgan qo‘lyozmalari kirgan. Bu vaqtga kelib, to‘plam hozirgi hajmigacha 
ko‘paygan va nomi biroz o‘zgargan. Eski forsiy nomi «Ming rivoyat» IX asrda 
«Ming kecha»ga aylanib, bu nom to‘plam juda ko‘p hikoyalardan iborat 
ekanligini anglatgan, xolos. To‘plamning «Ming bir kecha» degan nomi, ehtimol, 
«Bin bir» – «Ming bir» degan turk ideomasining ta’sirida kelib chiqqan bo‘lib, u 
juda katta sonni angalatishga xizmat qiladi. 
Biroq ilgari «Ming», «Ming bir» soni istiora sifatida xizmat qilgan bo‘lsa, 
oxirgi tahririning mualliflari buni tom ma’noda tushunganlar va shu bois 
to‘plamga kechalar sonini «Ming bir»ga yetkazish uchun bir qancha hikoyalarni 


162 
qo‘shganlar. Bu davrda to‘plamga «Sindbodning sayohati», «Umar ibn an-
Nu’mon haqidagi qissa» hamda ilgari alohida, mustaqil asarlar ko‘rinishida 
mavjud bo‘lgan boshqa hikoyalar ham kirgan. 
Garchi 
to‘plam mazmun-mohiyatining ba’zi jihatlari tuzuvchining 
to‘plamdagi mavzularni tasniflash, unga ma’lum tartib berish va hikoyalarni 
turkumlar bo‘yicha joylashtirishga intilganidan dalolat bersa-da, «Ming bir 
kecha»ning ayrim qismlari o‘rtasida ichki bog‘lanish deyarli sezilmaydi. 
Hikoyalarning joylashuvi ham tasodifiy xususiyatga ega. To‘plamning bir 
mavzuga bag‘ishlangan va turkum hosil qiladigan ayrim hikoyalari ko‘pincha bir 
joyda to‘planib qolishi, masalan, Xorun ar-Rashid haqidagi hikoyalar hali 
tuzuvchining materialni tanlash va joylashtirishda faol ishtirok etganidan dalolat 
bermaydi. «Ming bir kecha»ning turkumlarga bo‘linishi to‘plamga tayyor 
hikoyalar to‘plamlari kiritilishining natijalari bo‘lishi mumkin. Tabiiyki, ushbu 
turkumlar to‘plamda alohida bo‘limlarni tashkil qilgan. 
Mazmun-mohiyat va janr jihatidan «Ming bir kecha»ning materiali 
nihoyatda har xil: bu yerda fantastik va maishiy novellalar, didaktik hikoyalar, 
kichikroq hajviyalar, maishiy va tarixiy latifalar, afsona va rivoyatlar, risarlik 
qissalari, sayohatlar haqidagi hikoyalar va boshqalar uchraydi.
Fantastik novellalar sirasiga Hindistonda kelib chiqqan «Savdogar va ruh», 
«Baliqchi», «Hammol va uch qiz», «Shahzoda Badr va Malika Javhar», «Hasan 
al-Basriy», «Kamar uz-Zamon va Budur» haqidagi ertaklar hamda Misrda 
yaratilgan ertaklar («Olovuddin va sehrli chiroq») kiradi. Hind ertaklari syujet 
jihatidan o‘zlarining hind manbalariga yaqindir, holbuki ularni muayyan tarixiy 
zamin bilan bog‘lash qiyin. Zero, ular ko‘p asrlar mobaynida mavjud bo‘lish 
davomida etnik xususiyatlarini deyarli batamom yo‘qotgan. Hind ertaklari 
o‘zining badiiylagi, tuzilishining go‘zalligi hamda qiziqarliligi bilan ajralib turadi. 
Ularning tipologik xususiyatlarini ertaklar qahramoni bo‘lgan va ular bila turib 
ertak qahramonlariga o‘zlari xush ko‘rgan odamlarga ongli ravishda yordam 
beradigan hamda yaxshi ko‘rmagan odamlariga zarar yetkazadigan g‘ayritabiiy 
mavjudotlar, yaxshi va yomon ruhlar tashkil qiladi. 


163 
Hindistonda kelib chiqqan fantastik novellaning namunasi deb «Baliqchi 
haqidagi ertak»ni hisoblash mumkin. Uning mazmuni quyidagicha.
Bir kun baliqchi chol to‘r bilan dengizdan shoh Sulaymonning muhri 
bosilgan qo‘rg‘oshin tiqinli ko‘za tutib oladi. Qiziquvchan chol tiqinni olib 
tashlaydi – shunda undan tutun chiqib quyuqlashadi va nihoyatda katta jinga 
(yovuz ruhga) aylanadi. Bu jinni qachonlardir shoh Sulaymon dindan qaytgani 
uchun idishga qamab qo‘ygan bo‘ladi. Jin cholni o‘ldirmoqchi bo‘ladi, chunki 
ko‘zada o‘tirib butun dunyodan nafratlangan va kim uni ozod qilsa, jazolashini 
aytib qasam ichgan bo‘ladi. Ayyor chol jinga shunday ulkan jin kichkina ko‘zaga 
sig‘ishi mumkinligidan shubhalanishini aytadi. Sodda jin tutunga aylanib, asta 
ko‘zani to‘ldiradi. Shunda baliqchi ko‘za tiqinini tiqib, uni dengizga 
uloqtirmoqchi bo‘ladi. Shu payt jin kechirim so‘rab, yalinishni boshlaydi, cholga 
har xil ne’matlar va’da qiladi. Chol shunday deydi: «Yolg‘on gapiryapsan, la’nati! 
Men bilan sen podsho yunon va shifokor Dubanga o‘xshab ketamiz». Shunda jin 
o‘tirgan joyida so‘raydi: «Ular kimlar va ularning tarixi nimadan iborat?» 
Baliqchi ushbu hikoyani aytib beradi... va ertaklarning sehrli tasmasi asta-sekin 
ochila boshlaydi. 
«Ertak» nomi Shahrizoda hikoyalarining juda kam qismiga to‘liq to‘g‘ri 
keladi. Hikoyalarning aksariyati yorqin ifodalangan maishiy xususiyatga ega 
bo‘lib, ularning fantastik tarkibiy qismi borligiga qaramay, mazmuni va ruhi 
bo‘yicha ular sehrli ertakka qaraganda ko‘proq maishiy hikoyaga yaqin turadi. 
Ushbu hikoyalarda har xil aholisi va keskin ijtimoiy nizolari bo‘lgan katta o‘rta 
asr arab shahrining murakkab, ko‘pincha notinch hayoti aks ettirilgan. 
Tadqiqotchilar odatda shahar hayotiga oid hikoyalarni Bag‘dod va Qohira 
hikoyalariga ajratadilar. Bag‘dod hikoyalariga muhabbat mazmuniga ega bo‘lgan 
kichikroq qissa va hikoyalar kiritiladi. Ulardagi voqealar Bag‘dodda shaharning 
o‘zida yoki xalifa saroyida yuz beradi. Ushbu hikoyalarning baxtli yakuni 
«rahmdil» xalifa Xorun ar-Rashid aralashgani tufaylidir. Masalan, Nima va Numa 
haqidagi hikoya ana shunga misol bo‘la oladi. 


164 
Bag‘dod hikoyalariga, shuningdek, «Soxta xalifa to‘g‘risidagi hikoya», 
«Unsal-Vujud to‘g‘risidagi hikoya», «Nuriddin va uning birodari to‘g‘risidagi 
qissa» va boshqalar ham kiradi. 
Bag‘dod hikoyalari ancha nafis, tili adabiy tilga yaqin va puxta sayqal berish 
izlari mavjudligi sababli ular Qohira hikoyalaridan avval, ehtimol Bag‘dodning 
o‘zida shakllangan deb taxmin qilish mumkin. 
«Xurosonlik Abul Hasan haqida hikoya» Bag‘dod hikoyalarining yaxshi 
misoli bo‘lishi mumkin. 
Kunlardan bir kun Bag‘dod xalifasi al-Mu’tadid fuqarolarining hayoti bilan 
yaqinroq tanishish uchun savdogar kiyimini kiyib, vaziri bilan birga shahar 
aylangani chiqadi. Go‘zal me’moriy uy uning e’tiborini tortadi. Vazir o‘zini 
musofir sifatida tanitib, uy egasidan bir kecha tunashga ijozat so‘raydi. Uy egasi 
Abul Hasan xalifani yaxshi kutib oladi va sahiylik bilan mehmon qiladi. Uyning 
ichki boyligidan hayratlangan xalifa atrofdagi narsalarni diqqat bilan kuzata 
boshlaydi va kutilmaganda gilamlar, idishlar va kiyimlarda o‘z bobosi xalifa al-
Mutavakkilning tamg‘asini ko‘rib qoladi. O‘shanda u uy egasiga o‘zini tanitadi va 
buni izohlashni talab qiladi. Abul Hasan boy savdogarning o‘g‘li ekanligini, 
yoshligida yengiltak turmush tarzini kechirganligini, va hatto otasinig butun 
boyligini aysh-ishratga sarflab yuborganini aytib beradi. Keyinchalik u esini 
yig‘ib, savdo orqali yana boylik to‘plagan bo‘ladi. Kunlardan bir kun Abul 
Hasanning do‘koniga nihoyatda go‘zal qiz kelib, biroz pul berishini so‘raydi. Uni 
bir qarashda sevib qolgan Abul Hasan nima so‘rasa hammasini beradi.
Qiz Abul Hasanning do‘koniga yana ko‘p bora keladi. Bir kuni u qizga 
bildirmay ortidan borib, xalifa al-Mutavakkilning kanizak qo‘shiqchisi ekanligini 
va xalifa saroyida yashashini bilib qoladi. Abul Hasan u bilan uchrashish yo‘lini 
izlay boshlaydi. U xaram og‘asini pulga sotib olib, xalifa kiyimida saroyga kiradi 
va mahbubasining xonasiga kirib boradi. Kutilmaganda xonaga xalifa kirib keladi. 
Qiz Abul Hasanni zo‘rg‘a yerto‘laga yashirishga ulguradi. Xalifa g‘amgin kirib 
keladi va qo‘shiqchiga Banja ismli kanizakni sevishini va u bilan janjallashib 
qolganligini, endi usiz siqilayotganligini aytadi. Abul Hasanning mahbubasi 


165 
hukmdorni ovutish uchun muhabbat haqida qo‘shiqlar aytadi. Ko‘ngli taskin 
topgan xalifa uni ozod qiladi, o‘zi esa Banjaning oldiga jo‘naydi va u bilan 
yarashadi. Abul Hasan saroydan ayollar kiyimida chiqishga urinayotganida uni 
soqchilar ushlab oladilar. O‘shanda u xalifaga o‘z tarixini samimiy aytib beradi. 
Xalifa Abul Hasanga o‘zining sobiq kanizagiga uylanishi va saroydan uning 
barcha mulkini sep hisobida olib ketishiga ruxsat beradi. Abul Hasanning 
hikoyasidan ta’sirlangan al-Mu’tadid uy egasini yigirma yilga soliqdan ozod 
qiluvchi qog‘oz yozib beradi.
Abul Hasan haqidagi hikoyada Bag‘dod turkumidagi boshqa novellalar va 
Hindistondan kelib chiqqan hikoyalarda bo‘lgani kabi ijtimoiy jihat juda kam 
ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, Bag‘dod hikoyalarida, Hindistonda va keyinchalik 
Misrda kelib chiqqanlaridan farqli o‘laroq, g‘ayritabiiy kuchlar hech qanday rol 
o‘ynamaydi. Ayrim tadqiqotchilar Bag‘dod hikoyalarida sog‘lom fikri 
fantastikaga qarshi bo‘lgan arablarning milliy jihatlari, ayniqsa, yorqin namoyon 
bo‘lgan deb hisoblaydilar. 
Qohira hikoyalari boshqacha xususiyatga ega. Bag‘dod hikoyalaridan farqli 
o’laroq ular ko‘pincha biroz behayo mazmunga ega. Ularda ijtimoiy muhabbatlar 
ancha kuchli ifodalangan. Ularda Qohira savdogarlari va hunarmandlarining har 
xil qiziqarli sarguzashtlari va hiylalari haqida hikoya qilinadi. Qohira 
novellalarining qahramonlari mayda savdogarlar yoki kambag‘al hunarmandlar. 
Maqomalar qahramonlaridan farqli o‘laroq, ular unchalik ma’lumotli emas, ammo 
sog‘lom fikr va katta aqlga egadirlar. Vaziyat ularni ayyorlik ko‘rsatishga, ustalik 
qilishga majbur qiladi. Ammo oxir-oqibatda ular yuqori mavqega erishadilar 
(malikaga uylanadilar yoki o‘zlari podsho bo‘ladilar). Qohira novellasining tipik 
misoli bo‘lib «Kosib Ma’ruf haqidagi hikoya» xizmat qilishi mumkin. 
Qohira shahrida Ma’ruf ismli qashshoq kosib yashaydi. Uni badjahl va injiq 
xotini qiynaydi va uradi. Xotinidan qutulish uchun u boshqa shaharga qochib 
ketadi. Yo‘lda u jinga duch keladi va o‘zining achchiq qismati haqida unga hikoya 
qilib beradi. Ma’rufning achchiq tarixini eshitgan va unga rahmi kelgan jin 
kosibni yelkasida uzoq bir shaharga olib boradi.


166 
Yangi shaharda Ma’ruf bolalikdagi do‘sti Alini uchratadi. Ali unga o‘zini 
boy savdogar qilib ko‘rsatishni maslahat beradi va uni pul bilan ta’minlaydi. 
Ma’ruf olgan pullarini sahiylik qilib tarqatadi va shaharliklar uni nihoyatda boy 
ekanligiga ishona boshlaydilar. Hatto, xasis podsho ham unga ishonadi, saroyga 
taklif qilib, qizini unga xotinlikka beradi. Faqat ayyor vazirgina Ma’rufga 
ishonmaydi va raqibiga nafrat bilan qaraydi.
To‘y kuni Ma’ruf kambag‘allar va xizmatkorlarga podshoning butun 
xazinasini tarqatib yuboradi. Vazirning so‘ziga ko‘ra podsho Ma’rufning boyliklar 
haqidagi so‘zlarini tekshirishga qaror qiladi va bu ishni o‘z qiziga topshiradi. 
Ma’ruf xotiniga o‘z sirini chin ko‘ngildan ochiqchasiga aytib beradi Xotini eriga 
xizmatkor kiyimini kiydirib, pul beradi va qochib ketishiga ko‘maklashadi, 
otasiga esa Ma’ruf mol ortilgan karvonni kutib olish uchun ketgan deb aytadi.
Yo‘lda Ma’ruf dehqonga duch keladi. U o‘z ovqatini Ma’ruf bilan baham 
ko‘radi. Buning evaziga Ma’ruf dehqonning yerini haydab beradi va tasodifan 
xazinaga duch keladi. U yerda juda ko‘p oltin va qimmatbaho toshlar orasida 
egasiga shaxsan «jinlar» hukmdorining o‘ziga har qanday buyruqlar bera olish 
huquqini beradigan uzuk bo‘ladi. Jin yordamida Ma’ruf karvon tuzib, shaharga 
g‘alaba bilan qaytib keladi. Bu yerda o‘z boyliklarini sahiylik bilan tarqatadi.
Ma’rufning savdogarga xos bo‘lmagan sahiyligi vazir va podshoda shubha 
uyg‘otadi hamda ular hiyla bilan uning sirini aniqlashga qaror qiladilar. Vazir 
Ma’rufga may ichirib, sirini bilib oladi. Uning uzugini ayyorlik bilan qo‘lga 
kiritadi va jinga Ma’ruf va podshoni sahroga tashlab kelishni buyuradi. U taxtni 
egallab oladi va podshoning qiziga uylanmoqchi bo‘ladi. Ammo malika ayyorlik 
bilan vazirning uzugini olib, otasi va erini qaytaradi. Podsho o‘limidan so‘ng 
Ma’ruf taxtga o‘tiradi.
Shu bilan novella tugaydi. Malikaning vafotidan keyin shaharga Ma’rufning 
birinchi xotini keladi. U ham uzukni o‘g‘irlashga harakat qiladi, ammo 
Ma’rufning o‘g‘li uni o‘ldiradi. Shundan so‘ng Ma’ruf mehmonnavozligi bilan 
uzukli bo‘lishga yordam bergan dehqonning qiziga uylanadi.


167 
«Kosib Ma’ruf haqidagi hikoya» misolida ko‘rib turganimizdek, Misrda 
yaratilgan fantastik hikoyalar Hindistondan kelgan ertaklarga o‘xshamaydi. Ular 
hind sehrli ertaklariga qaraganda ko‘proq darajada muayyan tarixiy muhit, katta 
musulmon shahrining hayoti bilan bog‘liqdir. Hind turkumidagi ertaklardan farqli 
o‘laroq, bularda g‘ayritabiiy kuchlar mustaqil emas. Bular odatda yovuz ham, 
yaxshi ham bo‘lmagan, egasiga – tumorga ko‘r-ko‘rona bo‘ysunadigan bo‘lib, 
tumor egasi ularni hatto ularning istagiga qarshi boshqaradi. Masalan, «Kosib 
Ma’ruf haqidagi hikoya»dagi «uzuk quli» Abu Saodat ana shunday jinga misol 
bo‘la oladi. G‘ayritabiiy mavjudotning tabiiy insonga bunday bo‘ysunishi sehrli 
va haqiqiy dunyolarning uzviy birligini tashkil qiladi. Odamlar va sehrgar 
ruhlarning ishlari shu darajada tabiiy qo‘shilib keladiki, ular o‘rtasida hech 
qanday chegara sezilmaydi hamda hikoyaning fantastik yoki yarimfantastik 
qobig‘i orqali o‘rta asr musulmon shahrining haqiqiy hayoti doimo namoyon 
bo‘ladi. 
Aftidan, qadimgi Misr ertaklaridan olingan (bu esa mahalliy folklor 
an’analarining juda mustahkam ekanidan dalolat beradi) ba’zi an’anaviy ertak 
motivlari mavjudligiga qaramay, Qohira turkumidagi makkorlik haqidagi 
hikoyalar «Ming bir kechada» Misr shahrining mamluk sultonlari va turklar 
hukmronlik qilgan davrdagi hayotini ko‘plab tarixiy hujjatlardan ko‘ra yorqinroq 
aks ettiradi. Masalan, Ali az-Zaybak va uning do‘sti Ahmad ad-Danafa haqidagi 
hikoya qadimgi Misrning jasur firibgari Amasis haqidagi hikoyalarini eslatadi 
hamda shu bilan birga mamluklar urf-odatlarining g‘aroyib va nihoyatda go‘zal 
manzarasiga ega. 
Podshoga nisbatan istehzoli, odatda razil va ayyor bo‘lgan, axmoqroq va 
baxil podshoning o‘rniga barcha ishlarni yuritadigan vazirga nisbatan 
ochiqchasiga dushmanlik xususiyatiga ega bo‘lgan, kambag‘al, ammo sahiy, 
mehnatkashlarga xayrixoh Qohira novellalarining umumiy ruhi shaharliklarning 
amaldorlarga nisbatan nafratini aks ettiradi hamda ushbu hikoyalar yozilgan 
muhitni qiyinchiliksiz tasavvur qilishga imkon beradi.


168 
Maishiy novellalarga materiali jihatidan arablar xush ko‘radigan janrdagi 
qisqa hikoyalar – maishiy va tarixiy latifalar yaqin turadi. Odatda bu kulgili yoki 
noodatiy hikoya haqidagi qisqa, qiziqarli va ayni vaqtda hajviy hikoyadir. Ba’zan 
unda shaxsiy hayot tafsilotlari yoki xiyonat bilan bog‘liq tarix aks etadi, ba’zan 
esa u kulgili holat yoritilgan, hozirjavob dialog yoki biror personajning (odatda 
xalqdan chiqqan) oddiy topqir javobi aks etgan qisqa hajviya bo‘ladi. Ushbu 
janrdagi hikoyalar orasida shaharning tungi hayoti, xalifaning turli ishlari, tungi 
sarguzashtlari kabilar katta o‘rin tutadi («Xorun ar-Rashid va kanizaklar», «Ayol 
va ayiq haqidagi hikoya», «Qiz va maymun haqidagi hikoya» va boshqalar 
kiradi). 
Maishiy novellalarda bo‘lgani kabi, qisqa hikoyalarda ham shahar 
aholisining turli qatlamlariga mansub kishilarning butun boshli galereyasi 
ko‘rsatilgan. Boy savdogarlar va kambag‘al hunarmandlar, badjahl kampirlar – 
afsungarlar va sevishganlarga yordam beruvchilar; xaram qo‘riqchilari bo‘lgan 
xaram og‘alari; katta yoshli, tajribali dono qariyalar va nodon murabbiylar; 
poraxo‘r amaldorlar va dono qozilar; erkatoy yoshlar – «oltin yoshlar»ning 
vakillari, otasining merosi uchun tug‘ishgan aka-ukalaridan har qanday yo‘l bilan 
qutulishga harakat qiladigan surbet va dangasa yoshlar; erlariga xiyonat qiluvchi 
yosh xotinlar, – bular ushbu hikoyalar qahramonlarining to‘liq bo‘lmagan 
ro‘yxati.
Tarixiy xususiyatga ega bo‘lgan latifalarni xattotlar o‘rta asr arab 
tarixchilarining asarlari va antologiyalaridan olganlar. Odatda ular mashhur 
shaxslar – Aleksandr Makedonskiy, mamluk sultonlari, fors podsholariga 
bag‘ishlangan. Ularda keyingi avlodlar uchun ideal hukmdor tuyulgan Xorun ar-
Rashid ayniqsa ko‘p uchraydi. Albatta, Xorun ar-Rashid haqidagi tarixiy latifalar 
faqat Bag‘dodda emas, balki Qohirada ham yozilgan bo‘lishi mumkin. Al-Jaxiz 
an’analarini davom ettiruvchi latifalarning alohida guruhini sahiy odamlar 
haqidagi hikoyalar tashkil qiladi.
«Ming bir kecha»da pand-nasihat xususiyatiga ega bo‘lgan hikoya va 
rivoyatlar katta o‘rin egallagan. Ularning asosiy qismi Hindistondan kelib chiqqan 


169 
bo‘lib, «Ming bir kecha» to‘plamiga turli davrlarda hikoya va ertaklarning boshqa 
to‘plamlaridan kirgan. Pandnomalarga hayvonlar haqidagi ko‘plab ertaklar, 
«Jilliad va Shimad» nomli katta turkum (asosan «Kalila va Dimna»ning qayta 
hikoya qilinishidir), o‘z bilimlari bilan Xorun ar-Rashid saroyida yashagan taniqli 
olimlarni ham uyaltirgan aqlli kanizak Tavaddud haqidagi uzun qissa, dono 
Sindbod haqidagi turkum va ba’zi bir boshqa hikoyalar kiradi. Bu «Ming bir 
kecha» asarinig eng zerikarli va badiiy jihatdan ojiz qismidir. 
«Ming bir kecha»da ikkita katta roman – «Umar ibn an-Nu’mon haqidagi 
roman» hamda «Ajib va G‘arib haqidagi qissa» alohida o‘rin tutadi. Ular 
to‘plamga eng asosiy qismlari shakllanib bo‘lganidan keyin, kechalar sonini 
ko‘rsatilgan raqamga yetkazish uchun kiritilgan. Antara haqidagi risarlik romani 
singari ularning syujetlari salib yurishi bilan bog‘liq va o‘zining oxirgi 
ko‘rinishiga ular, aftidan, XIII asrda kelgan. Romanlar markazida, «Ming bir 
kecha» novellalarining aksariyatidan farqli ravishda, savdogar yoki hunarmand 
emas, balki jasur jangchi turadi. Ularning qahramonlari («Umar ibn an-Nu’mon 
haqidagi roman»da berilgan Sharkan hamda «Ajib va G‘arib haqidagi qissa» 
qahramoni G‘arib) barcha risarlik fazilatlariga ega bo‘lib, shahar novellalaridagi 
ojiz va ahmoqroq podsholarni aslo eslatmaydi. Risarlik romanlarining 
qahramonlari – G‘arib va Sharkan – musulmon bahodirlari, ehtirosli, jasur va 
oliyjanob insonlar. Ular kofirlarga qarshi kurash olib boradilar va islomni 
yoyadilar. Qohira turkumidagi novellalardan farqli ravishda, u romanlarda 
g‘ayritabiiylik elementi umuman yo‘q. Romanlarda ifodalangan ijtimoiy 
muhabbat, shahar novellalaridan farqli o‘laroq, bu asarlar feodallar muhitida, yana 
ham aniqrog‘i, mamluklar zodagonlari muhitida, salibchilarga qarshi kurash 
sharoitida yuzaga kelganidan hamda Antara to‘g‘risidagi roman singari uzoq vaqt 
mobaynida mustaqil asar sifatida mavjud bo‘lganidan dalolat beradi. 
«Ming bir kecha»ning oxirgi tahririga kiritilgan asarlar sirasiga, shuningdek 
«Sindbod haqidagi qissa» kiradi. U, aftidan, X asr o‘rtalarida yashagan hamda 
dengiz kapitanlarining Hindiston, Sharqiy Afrika va Tinch okeani orollariga 
sayohatlari haqidagi hikoyalarini to‘plagan fors kapitani Buzruk ibn 


170 
Shahriyorning «Hindiston ajoyibotlari» kitobiga asoslangan. «Sindbod haqidagi 
qissa»da, «Hindiston ajoyibotlari» novellalarida bo‘lgani kabi, fantastik 
sarguzashtlar va manzaralar ortida o‘rta asrlardagi Iroqning dengiz bo‘yidagi 
shaharlarida dengizchilar va savdogarlarning haqiqiy hayotini, ularning boylik 
to‘plash maqsadida uzoq, hali ochilmagan mamlakatlarga qilgan xavfli 
sayohatlarini ko‘rish qiyin emas.
«Ming bir kecha», umuman olganda, o‘z mazmuni bilan kech o‘rta asr arab 
jamiyatidagi hayotning deyarli barcha tomonlarini qamrab oladi. 
Bu to‘plamning badiiy usuli hali juda sodda. Qahramonlarining tavsifi 
umumiy, sxematik tusda. Hikoyalardagi qahramonlar odamlar yoki shaxslar emas, 
balki shartli tiplardir (podsho, vazir, savdogar, qozi, hunarmand, qashshoq va 
h.k.). Buning ustiga qahramonlarning u yoki bu xislatlari ularning harakatlarida 
ko‘rinmaydi, balki ular haqida kitobxonga xuddi qahramonning ismi va u 
haqidagi boshqa ma’lumotlar kabi aytib qo‘yiladi, xolos. 
Personajlarning bunday minimal o’ziga xosligida shaxs hali tabaqadan 
ajralmagan o‘rta asr jamiyatining ongi o‘z aksini topgan. Aniq qiyofasi u yoki bu 
darajadagi ishonchlilik bilan xalq an’analarida shakllangan tarixiy shaxslar shu 
ma’noda bundan mustasno ekanligi tasodifiy emas. Masalan, Xorun ar-Rashid, 
uning xotini Zubayda hamda vaziri Ja’far bilan birga, garchi haqiqiy Abbosiy 
xalifaga o‘xshamasa-da, kitobxon ko‘z o‘ngida jonli, yorqin ifodalangan o’ziga 
xoslik sifatida gavdalanadilar. 
«Ming bir kecha» novellalari ba’zan qo‘polroq, ba’zan esa nihoyatda nozik, 
arablar va boshqa xalqlarning ko‘plab folklor asarlarini o‘z ichiga olgan jonli 
yumorga boy. 
To‘plamga mingdan ortiq she’riy parchalar kiritilgan. Bir qator belgilariga 
ko‘ra ular taxminan XII–XIV asrlarda, ya’ni to‘plam tarixining Misr davridayoq 
yozilgan deb hisoblash mumkin. Ushbu kichikroq qasidalar va mayda she’rlar, 
aftidan, tayyor matnga o‘sha davrdagi adabiy urf uchun kiritilgan hamda, ba’zi 
badiiy qimmatiga qaramay, badiiy yaxlitlikka ziyon yetkazmagan holda tashlab 
ketilishi ham mumkin. 


171 
«Ming bir kecha»ning tili bir xil emas. Bu tabiiy, albatta, chunki to‘plamning 
yaratilish tarixi murakkab va uzoq davom etgan. Aksariyat hikoyalar adabiy tilda 
yozilgan, boshqalarida esa Misr va Suriya shevalarining kuchli ta’siri seziladi.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin