O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Seminar mashg’ulotlari uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

Seminar mashg’ulotlari uchun savol va topshiriqlar 
1. Andaluziya adabiyoti va san’atining rivojlanishidagi o‘ziga xos 
xususiyatlar. 
2. Andaluziyaning «taqlidchilik davri» shoirlaridan kimlarni bilasiz? 
3. «Yangilanish davri» she’riyati. 
4. Ibn Xamdis she’riyatida Ispaniya tabiati vasfi. 
5. Lisoniddin al-Hatib – olim va adib.  
6. Zajal janri Ibn Kuzman ijodida. 
Mustaqil ish uchun savol va topshiriqlar 
1. Andaluziya adabiyoti bosqichlari. 
2. Andaluziya adabiyotida «Taqlid davri». 
3. Andaluziya adabiyotida «Yangilanish davri». 
 
 
IX BOB. KECH O‘RTA ASR ARAB ADABIYOTI 
(XIII–XVIII ASRLAR) 
 
9.1. SHE’RIYAT 
Darsning maqsadi: Bu davrda adabiyot Misrga ko’chdi. U yerda faoliyat 
ko’rsatgan shoirlar ijodi bilan tanishtiriladi. 
Tayanch so‘zlar va iboralar: Tanazzul, tashtir, taxmis, al-Busiriy, “Qasidat 
al-burda”, Ayubiylar, daydi adiblar. 
XII asr oxiridan XVIII asr oxirigacha davom etgan arab adabiyoti 
rivojlanishining uzoq davrini tanazzul davri deb atash qabul qilingan. Ammo bu 
fikrga faqat ikkita juda muhim shart bilangina qo‘shilish mumkin. 
Avvalo ushbu yetti asr davomida arablar har doim ham madaniy holatda 
bo‘lmaganlar. Tanazzul haqidagi tasavvur faqat xalifalikning Sharqiy 


150 
viloyatlariga (birinchi navbatda Iroqqa) taalluqlidir, chunki ular XI asrda 
saljuqiylar istilosidan jabrlanganlar, so‘ngra XIII asrda mo‘g‘ullar tomonidan 
butunlay barbod etilganlar hamda o‘rta asrlarning oxirlarigacha o‘zlarini o‘nglay 
olmaganlar. 
XIII asrdan boshlab Eron va O‘rta Osiyoda (arab bo‘lmagan aholi yashovchi 
hududlarda) fors va turkiy tildagi adabiyotlarning tiklanishi ham arab 
adabiyotining keyingi rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Zero, sharqiy viloyatlardan 
chiqqan adiblar, ayniqsa forslar, qadimdan bu yerda katta o‘rin tutganlar. 
Biroq xalifalikning sharqiy viloyatlari, birinchi navbatda, mamluklar 
zamonidagi Misrdan farqli o‘laroq, g‘arbiy viloyatlaridagi iqtisodiy va madaniy 
rivojlanish XV asrgacha davom etgan. Mamluk hukmdorlar (1250–1517) o‘rniga 
kelgan ayubiylar mo‘g‘ullar hujumini qaytara oldilar va salibchilarni mag‘lub 
etdilar. Ular davrida (ayniqsa XIII–XIV asrlarda) Misr iqtisodiy va madaniy 
jihatdan yuksaldi. Aynan shu davrda arablarda shahar adabiyoti janri (novella, 
xalq romani) gullab-yashnadi. Faqat XVI asr boshida, turklar istilosi natijasida 
arab viloyatlarida yuzaga kelgan chuqur iqtisodiy va madaniy turg‘unlik oqibatida 
Misrda adabiy tanazzul boshlangan va u XIX asrgacha to‘xtamagan. 
Ikkinchidan, tanazzul davri faqat saroy adabiyotiga nisbatan ishlatilishi 
to‘g‘ri bo‘ladi. Tabiiyki, bu ma’lumotli tabaqalar adabiyoti saroydagi arablarga 
qarashli bo‘lmay qoldi chunki hokimiyatni arab she’riyatini tushunmaydigan va 
rivojlantirmagan turklar va mo‘g‘ullar egallab olgan davrda tanazzulga uchradi. 
Biroq aynan shu davrda shahar adabiyotining yuksalishi kuzatildi, xalq 
badiiy nasrining yangi janrlari yuzaga keldi va rivojlandi, uning an’analari 
XVIII asr oxirigacha uzilmadi va keyinchalik yangi adabiy yuksalish davrida 
hozirgi zamon arab nasrining shakllanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. 
Tanazzul davri shaklllanushi adabiyotning rivojlanishiga xalal beradigan 
o’ziga xos turg‘unlikni keltirib chiqardi. Jamiyatning badiiy ongi deyarli 
rivojlanmadi, an’anaviy shakllarga sodiqlik shoirlarga ham, o‘quvchilarga ham bir 
xilda xos edi. Shoirning ijtimoiy maqomi o‘zgardi. Endi u hayot uchun zarur 
mablag‘ni saroy shoiri sifatida adabiyot yordamida topa olmas, u yo 


151 
hunarmandchilik va mayda savdo bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lgan, yo 
maqomalarda juda go‘zal ifodalangan daydi adibga aylangan edi. Shoirlar ham, 
ularning mahsuloti ham ko‘p bo‘lgan, ammo nihoyatda bir xil tusda bo‘lgan. Bu 
esa bir qator hollarda ushbu davr she’riyatini ifodalashda ularning nomlarini 
keltirish bilan cheklanishga majbur qiladi. 
Gullab-yashnash davri (X–XII asrlar) arab she’riyatidayoq kelajakdagi 
tanazzul belgilari bo‘lgan. Hattoki mumtoz she’riyat cho‘qqilari bo‘lmish al-
Mutanabbiy va al-Ma’arriy ham, o‘z zamonasiga moslashib, ba’zan mazmunga 
zarar yetkazadigan nafis shaxsiy usullarni ixtiro qilganlar. Maqomalarning 
mualliflari she’riy nasrni yanada ko‘proq ishlatganlar. Biroq, agar ushbu janrning 
al-Hamadoniy va al-Haririy singari buyuk ustalarida uslubning ortiqcha 
jimjimadorligi muayyan darajada ularning bosh qahramoni bo‘lgan ma’lumotli 
daydi adibning obrazini ochishga yordam bergan bo‘lsa, ko‘plab taqlidchilar 
ijodida ushbu qahramon obrazi hayot bilan har qanday aloqasini yo‘qotgan va 
adabiy qolipga aylangan edi. Har qanday she’riy iste’dodning yagona mezonini 
o‘tmishda o‘tgan shoirlar she’riyatini yaxshi bilish va ularning usullaridan 
foydalanish tashkil eta boshladi. 
XIII–XVIII asrlar she’riyati taqlidiy xususiyatga ega. Unda shaklning 
balandparvoz rangdorligi va jimjimadorligiga bo‘lgan did tarbiyalandi. Tilni va 
vaznni nihoyatda yaxshi egallagan shoirlar o‘z asarlarining ma’nosi haqida ko‘p 
o‘ylamadilar. Ular majozlar, g‘ayri oddiy qiyoslashlar bilan qiziqdilar (har bir 
she’r muayyan istioraning misoli bo‘ladigan qasidalar paydo bo‘ladi), she’rlarini 
ishoralar, ikki ma’noli va topishmoqli iboralar bilan to‘ldirdilar. Shu bilan birga 
tanazzul davri she’riyatiga so‘zlashuv tili shakllari va lug’ati, shuningdek kelib 
chiqishi arabiy bo‘lmagan so‘zlar kirib bordi. Bu davrda har xil mayda she’riy 
shakllar – topishmoqlar, boshqotirma she’rlar va muammolar keng tarqaldi. 
Tabrik xususiyatiga ega bo‘lgan qasidalar yozilib, ularda baytlardan biridagi 
harflar soni tabriklanayotgan inson tug‘ilgan kuniga yoki ulug‘lanayotgan voqea 
sanasiga mos keldi. Har xil she’riy hazillar juda mashhur bo‘ldi.


152 
Aholi orasida eng yaxshi qabul qilingan she’riy usullardan biri tashtir 
(«ikkita yarimga bo‘lish») hamda taxmis («besh qismga bo‘lish») bo‘lib qoldi. 
Tashtir usuli mohiyati shundan iboratki, she’rdagi baytlar o‘rtasiga shoir ikkita 
yangisini qo‘shadi va shu tariqa asar ikki baravar ko‘payadi. Taxmisda shoir har 
bir baytga uchta yangi misra qo‘shadi, natijada she’r bandlarga bo‘lingan shakl 
oladi. Har bir band esa beshta misradan iborat bo‘lib qoladi. 
Sharqiy arab viloyatlarida ilgari arablarga notanish bo‘lgan bandli 
she’riyatning tarqalishi Ispaniyada yaratilgan arab yangi she’riyati janri ta’sirining 
natijasi bo‘ldi. Ispaniyadan sharqiy viloyatlarga muvashshax shakli keldi. 
Muvashshax sharqiy viloyatlarga ko‘chib o‘tgach Andaluziya she’riy janrining 
yangiligi va bevositaligini yo‘qotdi hamda shaklan she’riy usulga aylandi. Zajal 
ham Sharqiy arab viloyatlariga Ispaniyadan olib kirilgan va bu yerda keng 
yoyilgan. 
Shunday qilib, yuqorida aytilganidek, XII asr oxirida xalifalik adabiy 
hayotining markazi Misrga ko‘chdi. Bu yerda, ayubiylar, so‘ngra Mamluk 
sultonlari saroyida bir qator arab shoirlari xizmat qildilar. 
XIII asr Misr shoirlari orasida makkalik Bahovuddin Zuhayr (1186–1258) 
katta o‘rin tutdi. U hayotining katta qismini Misrda sulton as-Solih Ayub huzurida 
yashadi va sadoqati uchun vazir lavozimiga tayinlandi. Bahovuddin Zuhayrga 
go‘zal qofiyalarga boy, ustalik bilan tanlangan istioralar va majozlarga ega 
bo‘lgan ishqiy she’riyati shuhrat keltirdi. Tanazzul davrida yashagan boshqa 
shoirlardan farqli o‘laroq, Bahovuddin Zuhayr badiiy san’atlar bilan she’rni 
to‘ldirib tashlashdan qochgan, uning she’rlari oddiy va samimiyligi bilan ajralib 
turgan, madhiyalari esa qo‘pol xushomaddan xoli bo‘lgan. 
Kech o‘rta asr arab adabiyotida misrlik al-Busiriy (1213–1295) o‘zining 
diniy madhiyalari bilan shuhrat topgan. Uning “Burda qasidasi” («Qasidat al-
Burda») asari arablar tomonidan juda yaxshi qabul qilingan. U Ka’ab ibn 
Zuhayrning madhiyasiga taqlidan yozilgan bo‘lib, Muhammad Payg‘ambarni 
ulug‘lashga bag‘ishlangan. Qasida nomi payg‘ambar o‘z chakmonini uning ustiga 
tashlagandek ko‘ringan falaj kishining mo‘jizaviy da’vo topgani haqidagi afsona 


153 
bilan bog‘liq. Qasida uch qismdan iborat an’anaviy lirik muqaddima, pandnoma 
qism va madhiya. U quyidagi bayt bilan boshlanadi: 
Payg’ambarlarning qay biri sen bilan tenglasha oladi? 
O falak, sendan ham poyonsiz narsa bormi? 
Uning barcha qismlari oddiy, tanazzul davri diniy she’riyatiga xos bo‘lgan 
tasavvufiy ma’nolarda yozilgan. «Burda qasidasi» diniy ahamiyatga ega bo‘lib, 
mo‘min-musulmonlar uning matnidan olingan parchalarni tumor qilib olib 
yurganlar. Ta’kidlash lozimki, al-Busiriy asarlari, xuddi Bahovuddin Zuhayr 
she’rlari kabi ko‘plab lahjalarga ega. 
XIV asr boshiga kech o‘rta asrning eng mashhur shoirlaridan biri Safiaddin 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin