O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Seminar mashg’ulotlari uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

Seminar mashg’ulotlari uchun savol va topshiriqlar 
1. Al-Ma’arriyning Bag’dodda yozgan asari. 


120 
2. Al-Ma’arriyning “Luzumiyat” asari. 
3. «Farishtalar haqidagi risola»da qanday fikrlar bildirilgan? 
4. Al-Ma’arriy – “Ikki zindon mahbusi”. 
5. Sharif ar-Rodiyning “Nahj al-Balag’a” asari xususida. 
6. Al-Mutanabbiyning she’riy asarlari. 
7. Abu Firas – «kuchli ehtirosli» shoir. 
Mustaqil ish uchun savol va topshiriqlar 
1. Taraqqiyot davri madaniyatiga ta’sir ko’rsatgan madaniyatlar. 
2. Al-Mutanabbiyning “Shomiyot” asari xususida. 
3. Al-Ma’arriyning “Risolat al-Gufron” risolasi. 
4. Sharif al-Rodiyning “Nahju-l-balog’a” asari. 
 
VII BOB. TARAQQIYOT DAVRI NASRI 
7.1. MAQOMA. AL-HAMADONIY VA AL-HARIRIY IJODI 
 
Darsning maqsadi: Mazkur bobda kichik janrdagi nasriy asar bo’lmish 
maqomalar, ularning mualliflari faoliyati haqida keng qamrovli ma’lumotlar 
beriladi. 
Tayanch so‘zlar va iboralar: Maqola, Tarassul, al-Hamadoniy, al-Haririy, 
abul Fath al-Iskandariy, Abu Zayd,  epistolyar. 
X–XI arslarda arab badiiy nasrining rivojlanishi ishga oid nasrning 
rivojlanishiga chambarchas bog‘liq bo‘lgan. X asrdan e’tiboran har xil tarassul – 
epistolyar janr asarlari (shaxsiy va rasmiy yozishmalari), shuningdek risolalar 
tarzidagi asarlar keng tarqalgan. Ushbu asarlarda epistolyar janr yo‘llari va 
qonunlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular ko‘p asrlar mobaynida to XIX asrdagi 
adabiyotning yuksalishi boshlangunicha o‘zgarmay kelgan. Ish xatlari va ilmiy 
risolalarda arablarga islomgacha bo‘lgan zamonlardan va Qur’ondan ma’lum 
bo‘lgan saj borgan sari ko‘proq qo‘llanila boshlagan. 


121 
Epistolyar janrning eng taniqli ustalaridan biri Buidlar saroyining amaldori 
va vaziri, kelib chiqishiga ko‘ra fors bo‘lgan Ibn al-Amid (vafoti 970 yil) – o‘z 
zamonining eng bilimdon insoni bo‘lgan. U didaktik mazmunga ega bo‘lgan va 
o‘rta asr arab notiqlik san’atining barcha usullari qo‘llanilgan bir qator noma va 
risolalar yozgan. Ularning tuzilishi murakkab naqshli gilamni eslatadi. Muallif o‘z 
asarlariga qofiyali nasr parchalari, sinonimlar takrorlari va murakkab istioralar 
kiritgan, so‘z o‘yinlaridan foydalangan va hokazo. 
Epistolyar janr al-Kadiy al-Fadil (1135–1200) –fotimiylarning oxirgi Misr 
davlat devonida amaldor, keyinroq ayubiylar hukmdori Salohiddin va uning o‘g‘li 
al-Azizning eng yaqin maslahatchisi asarlarida to‘liq shakllangan. Al-Fadil shakl 
bobida mohir bo‘lgan. U o‘z nomalariga har xil badiiy san’atlar, so‘z o‘yinlari, 
kinoyalar, sitata va maqomalarni shunchalik ko‘p kiritganki, ularning mazmunini 
tushunish uchun hatto zamondoshlari ham juda ko‘p urinishlari kerak bo‘lgan. Al-
Kadiy al-Fadil keyingi asrlar arab nasrsining shakliga katta ta’sir ko‘rsatgan. Kech 
o‘rta asr yozuvchilari arab uslubiyatining ana shu umum e’tirof etgan ustasiga 
taqlid qilganlar hamda o‘z asarlarini murakkab, mazmunsiz filologik rebuslarga 
aylantirganlar. 
X asrda yuzaga kelgan va arab adabiyotida yangi bo‘lgan nasriy janr 
bo‘lmish maqolalar paydo bo‘lgan paytidan e’tiboran epistolyar uslub 
qonunlarining kuchli ta’siriga tushgan. Maqomalarning ilk mualliflaridan biri, 
yangi janrning asoschisi deb hisoblanadigan shaxs Hamadonlik tilshunos olim 
Badiuzzamon al-Hamadoniy bo‘lgani bejiz emas. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin