O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

Badaviy ishqiy she’riyat arab ko‘chmanchilarining manzillarida yaratilgan. 
Rivoyatlarga ko‘ra, Uzra nomli hijoz qabilasidan chiqqanlar she’r yozish mahorati 
bilan ayniqsa shuhrat qozonganlar, shu bois badaviylik yo‘nalishi ayni vaqtda 
Uzra yo‘nalishi deb ham ataladi. Uzra shoirlari qabilaning shafqatsiz qonunlari 
bilan bir-birlaridan ayrilgan baxtsiz oshiqlarning pok va sof muhabbatini 
kuylaganlar. Allohning irodasi bilan yuzaga kelgan, taqdir bilan bog‘liq ilohiy 
muhabbat shoirga faqat azob beradi. Bu azobdan uni hatto o‘lim ham forig‘ eta 
olmaydi. Uzra she’riyatii bir vaqtlar mag‘rur va kurashchan qabilaning hozirgi 
quvonchsiz va ayanchli hayoti sharoitida tug‘ilgan chorasiz hijron va mahkumlik 
hislari bilan to‘lgan. 
Badaviy shoirlarning asarlarida o’ziga xoslik deyarli mavjud emas. Shu bois 
u yoki bu shoirning muallifligini aniq aytish ancha qiyin. VIII–X asrlarda yashab 


63 
ijod qilgan arab tilshunoslarining antologiyalarida bir qancha uzra shoirlarining 
hayoti va bebaxt muhabbati haqidagi yarim afsonaviy rivoyatlar saqlanib qolgan. 
Uzra qabilasidan chiqqan Jamil (vafoti 701 yil) mashhur badaviy liriklardan 
biri hisoblanadi. Uning Buseynaga bo‘lgan fojiali muhabbati haqidagi afsona o‘rta 
asrlarda juda mashhur bo‘lgan. Rivoyatlarga ko‘ra, shoir o‘z mahbubasiga ko‘plab 
qasidalar bag‘ishlagan, ammo unga sovchi qo‘yishga uringanida, Buseynaning 
qarindoshlari uni qattiq g‘azab bilan rad etganlar (badaviylarda o‘z qabilasidan 
bo‘lgan qizga she’r bag‘ishlash va ayniqsa shunday uyatli qilmishdan keyin unga 
sovchi yuborish sharmandalik hisoblangan). Buseynani boshqa kimsaga 
turmushga beradilar, ammo Jamil mahbubasi bilan ko‘rishishda davom etadi, bu 
Buseyna erining qabiladoshlarini g‘azablantiradi. Ularning ta’qibi tufayli shoir 
Yamanga, so‘ngra Misrga qochishga majbur bo‘ladi. 
Jamil o‘zining g‘azallari bilan shuhrat qozongan, holbuki uning asarlari 
ichida an’anaviy badaviy madhiya va hajviyalar ham bo‘lgan. Jamilning g‘azallari 
Buseynaga bag‘ishlangan. Ularda shoir eng alangali ifodalar orqali o‘zining 
ehtirosli va sadoqatli muhabbati, mahbubasi uchun barcha to‘siqlarni yengishga 
va hatto hayotini qurbon qilishga tayyorligi haqida so‘z yuritadi. 
Uzra yo‘nalishidagi boshqa bir shoir (uning tarixiy haqiqiyligi, aftidan, 
uncha shubha uyg‘otmaydi) Amir qabilasidan chiqqan Qays ibn Zarix (VII asr 
oxiri) bo‘lgan. U mahbubasi Lubnaga ta’sirli muhabbati bilan tanilgan (shoir uni 
ko‘pincha kichraytirgan holda Lubeyna deb ataydi). Qays va Lubnaning 
muhabbati, rivoyatga ko‘ra, fojiali shakllandi. Shoirning qarindoshlari 
oshiqlarning ajralishini qattiq talab qildilar. Biroq baxtsiz shoir ayriliqdan keyin 
ham badaviylar axloqini buzgan holda o‘z mahbubasini ko‘rishga urindi. Ana shu 
bois xalifa Mu’oviya, Lubnaning otasi iltimosini inobatga olib, Qaysni 
qonunbuzar deb e’lon qildi va shoirni qabiladan quvib yubordi. 
Shoir xalifaning qarorini bilgach, ba’zi ilohiy jihatlariga ega bo‘lgan mungli 
she’rini yozgan. 
Shaxsi bilan ko‘plab rivoyatlar bog‘liq bo‘lgan uzriy yo‘nalishidagi eng 
mashhur shoir Majnun laqabli Qays ibn al-Mulauvah bo‘lgan. Majnunning hayoti 


64 
va ijodi haqidagi ma’lumotlar afsonaviy xususiyatga ega. Uning Layliga bo‘lgan 
baxtsiz muhabbati haqidagi she’riy hikoya nafaqat arab, balki Sharqning boshqa 
xalqlari adabiyotlarida ham ko‘plab asarlar uchun mavzu bo‘lib xizmat qilgan. 
Arab o‘rta asr an’anasi Layli ismi tilga olingan barcha she’rlarni Majnunga 
tegishli deb hisoblagani sababli, Majnunning haqiqiy tarjimai holi va she’rlarining 
haqiqiyligini aniqlab bo‘lmagan. Nima bo‘lganda ham, Majnun yozgan deb 
hisoblanadigan barcha she’rlar uzriy yo‘nalishida bo‘lib, VII–VIII asrlar badaviy 
she’riyatiining barcha asosiy jihatlariga ega. 
Shoirlarning she’rlariga sharh sifatida yuzaga kelgan Jamil va Buseyna, Qays 
va Lubna, Majnun va Layli haqidagi qissalar keyinchalik, Antaraning afsonalari 
singari, o‘ziga xos nasriy janr shaklida mustaqil hayotga ega bo‘lgan. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin