52
Ulkan arab istilolari tajribasi vasf janrining mavzuini kengaytirdi.
Qasidalarda jang yurishlari, harbiy qurol, istehkomlar, qurshov mexanizmlari
kabilar tavsiflana boshladi. She’riyat ancha hikmat tusiga ega bo‘la boshladi
hamda an’anaviy qadimiy hikmatlarga endilikda yangi Qur’on hikmatlari
qo‘shildi. Yangi avlod shoirlari qasidaning tuzilishi va mantiqiy jihatdan tarqoq
bo‘lgan qismlarini turli uslubiy yo‘llar bilan bog‘lashga urindilar.
Arablarning she’riy ijodi xususiyatiga zabt etilgan xalqlar madaniyati ta’sir
ko‘rsatdi. Fors madaniyati ta’sirida arab she’riyati yorqinroq, nozikroq va
musiqaviyroq bo‘la bordi. Tasvirlash vositalari boyib bordi, obrazlarda fantaziya
va jonli shoirona xayolot ko‘paygani sezildi. Shu bilan birga, xalifa saroyining
yirik madaniy va adabiy markazga aylanishi hamda qabila shoirlarini o‘ziga
tortishi shoirlarni asta-sekin badaviylar muhiti va sahro tabiatidan uza boshladi,
ularning bir vaqtlar bo‘lgan bevosita idroki yo‘qolishiga olib keldi. Natijada
she’riyat sun’iylik xususiyatlariga ega bo‘la boshladi.
Dostları ilə paylaş: