Agar davlat uni yordamga chaqirsa, u unga yordam beradi,
Chunki u qilich, qo’l va yurakdir.
«Shomiyat»ni
to‘ldirgan shuhratparast maqtanchoqlik o‘rnini, al-
Mutanabbiyning fikricha, arab vatanparvarligi g‘oyasini ifodalagan hamda jangchi
fazilatlariga ega bo‘lgan hukmdorni maqtash egallaydi. Al-Mutanabbiyning qat’iy
fikricha, aynan Sayf ad-Davla arablarning sobiq shon-sharafini tiklashi hamda
ularni qudratli davlatga birlashtirishi kerak edi. Ushbu qasidalarda shaxsiy
muvaffaqiyat motivlari umumarab g‘oyalarini amalga oshirish haqidagi orzular
oldida keyingi o‘ringa ko‘chgan. Boshqa bir qasidasida al-Mutanabbiy Sayf ad-
Davlaning vizantiyaliklarga qarshi yurishi haqida o’z qasidasida hikoya qiladi.
Biroq Sayf ad-Davla al-Mutanabbiyning umidlarini oqlamadi, parchalanib
borayotgan davlatni birlashtirish va arablarning eski obro‘sini tiklash uning
qo‘lidan kelmadi.
Sayf ad-Davla saroyida al-Mutanabbiy doimiy ravishda o‘zining g‘oyaviy
raqiblari va adabiyotdagi raqiblari, jumladan, taniqli shoir Abu Firas bilan kurash
olib borishiga to‘g‘ri keldi.
106
Al-Mutanabbiyning saroydagi raqiblariga qarshi e’tirozi oxir-oqibatda
ularning biri bilan bevosita to‘qnashuviga olib keldi. Kunlardan bir kun Sayf ad-
Davla huzuridagi oqshomgi suhbat chog‘ida Ibn Xalavayx al-Mutanabbiyga
tilshunoslik xususiyatiga ega bo‘lgan e’tiroz bildirdi. Bunga javoban shoir: «Axir
sen arab emas, fors bo‘lsang... Arab tilini qaerdan ham bilarding!», – degan.
G‘azablangan Ibn Xalavayx al-Mutanabbiyning boshiga og‘ir kalit bilan bir
urgan. Sayf ad-Davla esa saroy a’yonlari shoirga qarshi qayrab qo‘ygani uchun
uning yonini olmagan. Shundan keyin o‘ziga bino qo‘ygan al-Mutanabbiy
Halabni tark etishga majbur bo‘lgan. U Misrga hamadoniylar bilan Suriya tufayli
dushmanchilik qilayotgan Kafur rahbarligidagi Ixshidiylar saroyiga jo‘nab ketgan.
Kafur huzurida shoir saroy shoiri vazifasini bajargan va o‘zi suymagan
hukmdor oldida har tomonlama xushomad qilishga majbur bo‘lgan. «Men senga
bo‘lgan muhabbatimni yengishga harakat qilaman, ammo muhabbatim menga
qaraganda kuchliroq» deb xushomad bilan murojaat etgan edi shoir Kafurga
o‘zining Misrda yaratilgan «Kafuriya» turkumidagi qasidalaridan birida. Ba’zi
manbalarning guvohlik berishicha, al-Mutanabbiy Kafur uni viloyatlardan biriga
hokim etib tayinlashidan umidvor bo‘lgan, ammo uning bunday shuhratparast
umidlari bu yerda amalga oshmagan. Kafur shoirga quyidagicha hazil gap
qilganligi aytiladi: «al-Mutanabbiy yoshligida Muhammad bilan teng payg‘ambar
bo‘lishni istagan. Endi esa u Kafur bilan birga hukmdorlik qilmoqchi». O‘z
homiysidan xafsalasi pir bo‘lgan al-Mutanabbiy yashirincha Misrdan qochadi va
Kafurga nisbatan bir nechta zaharxanda hajviya yozadi.
Oxirgi
yillarni (962–965) al-Mutanabbiy Iroq
va Eron bo‘ylab
sargardonlikda o‘tkazgan. Shoir Bag‘dodda, Janubay Eronda – Buidlar vaziri Ibn
al-Amid qarorgohida ikki marta, nihoyat, Sherozda, ya’ni taxminan yarim yil
mobaynida Buid hukmdori Adud ad-Davlaning saroy shoiri bo‘lgan joyda
yashagan. Shu bois ijodidagi oxirgi davr she’rlari «Adudiya» deb nomlangan.
Jonajon Iroq sog‘inchi shoirni Sherozni tark etishga majbur qilgan va 965 yil
sentyabr oyida Bag‘dodga ketayotganida o‘z qasidalaridan birida opasining
107
ustidan kulgan shaxs tomonidan o‘ldirilgan. Shoirning Vatani Suriyaga bo‘lgan
sog‘inch to‘la eng yaxshi qasidalari Sheroz davriga to‘g‘ri keladi.
Al-Mutanabbiyning xarakteri alg‘ov-dalg‘ov sharoitdagi davrda shakllangan.
U shuhratparastlik, mag‘rurlik, takabburlik illatiga chalingan edi:
Men qabilam bilan faxrlanmayman, u men bilan faxrlanadi.
Men bobolarim bilan emas, o’zim bilan g’ururlanaman.
Al-Mutanabbiy butun umri davomida xatib yoki siyosiy arbob roli haqida
orzu qilgan, doimo ulkan rejalar, amalga oshmas umidlar bilan yurgan. Natijada
tez orada afsuslanib qolgan.
Sayf ad-Davla va vizantiyaliklar o‘rtasida urush bo‘lgan davrda dinga
nisbatan betaraf bo‘lgan al-Mutanabbiy vatanparvarlik mulohazalari nuqtai
nazaridan o‘zining islomga tarafdor ekanligini ko‘p bora aytgan. Arab bo‘lmagan
shoirlarning hujumlaridan o‘zini himoya qilgan shoir ularning forslar, yunonlar,
suriyaliklarning madaniy jihatdan ustunligi haqidagi so‘zlarini rad etgan hamda
arablarning (ayniqsa, Janubiy Arabiston yigitlarining) harbiy jasorati, saxovati,
yuksak aqliy qobiliyatlarini ko‘rsatgan holda ularning ma’naviy xislatlarini har
tomonlama maqtagan:
Kimki kuch bilan biror narsani qo’lga kiritsa,
U hech qachon iltimos qilmaydi.
Al-Mutanabbiyning she’riy asarlarining aksariyat qismini madhiyalar tashkil
qiladi. Shoir o‘z davridagi boshqa shoirlar kabi nomunosib shaxslarni maqtashga
majbur bo‘lgan hamda maosh izlab saroylar ostonalariga bosh urishdan
qaytmagan. Al-Mutanabbiy madhiyalarining tuzilishi an’anaviydir. Dastlab lirik
muqaddima keladi, unda shoir badaviy qizlarning go‘zalligini kuylaydi,
badaviylar turmushini, ot yoki atrof tabiatni tasvirlaydi. So‘ngra o‘z maqtovlarini
boshlaydi.
108
Al-Mutanabbiyning «Shomiyat» va «Sayfiyat» turkumidagi madhiyalari
tuzilishi jihatdan o‘zaro farq qiladi. Birinchisi ko‘pincha o‘zini maqtashdan –
faxrdan boshlansa, ikkinchisi, aksincha, ko‘pincha umuman lirik muqaddimaga
ega bo‘lmagan va bevosita Halab hukmdorini ulug‘lashdan boshlangan.
Saroy she’riyati qonunlariga qarama-qarshi o‘laroq, al-Mutanabbiy
madhiyalarida (ayniqsa dastlabkilarida) shoir shaxsi orqa o‘ringa o‘tmagan –
shoirning his-tuyg‘ulari, kechinmalari ularda katta o‘rin tutgan. Deyarli barcha
qasidalarida al-Mutanabbiy o‘zining jasurligi, shoirlik iste’dodi, she’rlarining
zo‘rligi, mashhurligi haqida faxrlanib yozgan («Men uyqu vaqtida atrofida ajoyib
she’rlar to‘lib-toshadigan odamman!» – deb yozadi shoir).
Al-Mutanabbiy hajviya janriga juda kam murojaat etgan va odatda nihoyatda
g‘azablangan taqdirdagina foydalangan. Shu bois uning hajviy she’rlari nihoyatda
zaharxanda.
Har xil turdagi tavsiflar al-Mutanabbiy qasidalarida ancha ko‘p uchraydi.
Madhiyada ular go‘yoki asosiy mavzu uchun fon yaratadi, muayyan ustqurma
vazifasini bajaradi.
Biroq badaviy she’riyatdan farqli ravishda, al-Mutanabbiyning tavsiflari
doimo qat’iy belgilangan badiiy qimmatga ega. Agar al-Mutanabbiy hayvonni
tasvirlasa, bu yo ulug‘vor sher, yo qudratli ot, yo chidamli tuya, qisqasi, kuchli va
ulug‘vor hayvonlar bo‘ladi, ya’ni ularning xislatlarini maqtalayotgan shaxs
jihatlariga qiyoslash mumkin bo‘ladi. Garchi shoir odatdagi qadimgi arab
obrazlaridan foydalansa ham, uning tavsiflari shoirning kuzatuvchanligi va she’riy
his-hayajoni tufayli yangilik va yorqinlik kasb etadi.
Al-Mutanabbiyda haqiqatan ham epik xususiyatga ega bo‘lgan jang
manzaralari, ayniqsa, ko‘p va bo‘yoqdordir. Ular Abu Tammomning eng yaxshi
tavsiflaridan qolishmaydi. Arab tanqidchiligi barcha zamonlarda ularni obrazliligi
jihatidan nuqsonsiz deb hisoblagan.
Al-Mutanabbiy
bir
qancha
marsiyalar
ham
yozgan.
Ular,
arab
tanqidchilarining fikricha, badiiy jihatdan uning madhiyalari va hajviyalaridan
past darajada turgan. Marhum haqidagi xotiralarda marsiyaviylik g‘am-g‘ussa
109
tonini qahramonlik she’rlariga o‘rgangan shoir unchalik yaxshi aks ettira
olmagan. Marsiyalarda shoir yo taqdir va o‘lim haqidagi falsafiy, tushkun
mulohazalarga berilgan, yo ko‘proq madhiyalarda qabul qilinganidek, marhumni
maqtashga o‘tgan.
Al-Mutanabbiy ijodi badaviy she’riyati an’analari bilan ham, «qadimgi
davrga qaytish» she’riyati bilan ham chambarchas bog‘liq.
Noyob shoirlik iste’dodi, kuzatuvchanlik va aql jonliligi al-Mutanabbiyga
badaviylik she’riyatidagi cheklanishlarni va ko‘plab taqlidlarni yengishiga
yordam bergan. Uning she’rlari mazmunini zamon, insonning xarakteri tashkil
qilgan, buning oqibatida ularda shoirning hayotiy kuzatishlari ham, ko‘pgina
amaliy g‘oyalari ham badiiy ifodasini topgan. Al-Mutanabbiy arab shoirlik
texnikasining barcha imkoniyatlaridan keng foydalanib, o‘lib borayotgan mumtoz
qasidaga yangi hayot bag‘ishladi, ohangdorlik va kuch berdi. U alohida baytlarga
shu qadar katta she’riy mazmun bera olganki, ularning aksariyati keyinchalik
ajoyib hikmatlar va maqollar tarzida mustaqil hayot kechira boshladi.
Arablar barcha zamonlarda al-Mutanabbiyning shoirlik mahoratini yuksak
qadrlaganlar. Uning qasidalarida an’anaviy she’riyat tarafdorlarini badaviy ruh
o‘ziga tortgan, ular hatto shoirni aytish qiyin bo‘lgan, «keskin» tovush birikmalari
va og‘ir qofiyalari uchun kechirganlar. «Yangilanish» tarafdorlarini uning ijodida
obrazlarni tuzish mahorati, ularning harakatchanligi, inson xarakteriga qiziqish
o‘ziga tortgan. Ikkala oqim tarafdorlariga shoir she’rlaridagi lo‘ndalik, shakl
yaxlitligi, iboralarning aniqligi, she’rning musiqaviyligi ma’qul kelgan.
Dostları ilə paylaş: |