141
Sakkiz yillik sargardonlikdan so’ng ibn Darroj Saragosga - Tujibiylar sulolasi
saroyiga kеladi va bu еrda o’n yil xizmat qiladi.
U juda ko’p qasidalar yozadi va 1030 yili shu еrda vafot etadi.
Ibn Darroj ijodi to’rt davrga bo’linadi.
1. Al Mansur saroyiga kеlishdan oldingi davr.
2. Amiriylar saroyidagi davr (992-1009 yy.).
3. Sargardonlik yillari (1009-1018yy.).
4. Tujibiylar saroyidagi davr (1018-1028yy.).
Mana shu to’rt davrda eng muhimi bu Kardovada Amiriylar saroyidagi
davrdir. Bu davrda shoir 70 dan ortiq asar yaratdi. Shulardan 30 dan ortig’i al
Mansurga atalgan madhiyalardir. Ibn Darroj o’z ijodida boy Sharq an'analarini
davom ettirdi.
X1 asr boshlarida Kordova xalifaligining tanazzulga yuz tutishi,
Andaluziyada ko’pgina amirliklarning paydo bo’lishi arab - ispan adabiyoti
rivojiga hеch qancha to’siq bo’lolmadi.
XI
asrning
boshida
Kordova
xalifaligining
parchalanishi
hamda
Andaluziyada ko‘plab
mayda podsholiklarning shakllanishi
Andaluziya
adabiyotining rivojlanishda davom etishiga xalal bermadi. Endilikda Kordova
bilan bir qatorda adabiy hayot markazlarini Sevilya, Badaxos, Valensiya,
Mursiya, Xaem, Granada, Almeriya, Mayorka oroli tashkil qilgan.
Dostları ilə paylaş: