178
GLOSSARIY
“Adudiyot” – al-Mutanabbiyning Fors amiri Adud
ad-Davla saroyida yozgan
asarlari
“Ayyam al-arab” – Islomdan ilgarigi badaviy arablar
hayoti haqida yozilgan
nasriy asar
al-Axtal – Umaviylar davri saroy shoiri
Badaviylar – ko‘chmanchi arab qabilalari
Da’vat – Islom dini mohiyatini tushuntirib yozilgan chaqiruv
“Devon al-Xamosa” – IX asrda Johiliya davri shoirlarining asarlari to‘plangan
asar
Faris – chavandoz
Faxr – qasidada shoir o’zining janglarda ko’rsatgan qahramonliklari, uchqur
tuyasi yoki otini maqtab yozgan qism
Hadis – Rasululloh (SAV) so’zlari, fe’llari, qarorlari – sunnatlari deb ham
ataladi
Hamriyot – may to’g’risidagi qism
Hijo – hajviy janr
“Hijoziyot” – Sharif ar-Rodiyning Hijozda yozgan she’rlari to’plami
Ibn al-Muqaffa – “Kalila va Dimna” asarini qadimgi paxlaviy tilidan arab
tiliga o’girgan adib va tarjimon
Ihvoniyat –birodarlik risolalari va she’rlari
Johiliya davri – islomdan avvalgi V-VII asrlarga oid davr
“al-Jome’ as-Sahih” – ishonchli hadislar to‘plami
Ka’ab ibn Zuhayr – “Qasidat al-Burda” asarining muallaifi
“Kitab al-Ag’oniy” (“Qo‘shiqlar kitobi”) – qadimgi arab shoirlari, bastakorlari
hayoti va ijodi haqidagi to‘plam
“Kitab al-badi” – Ibn al-Mu’tazzning badiiyat istilohlariga oid birinchi asari
“Kofuriyot” – shoir al-Mutanabbiyning Misr
amiri Kofur saroyida yozgan
asarlari to’plami
179
“Kutub as-Sitta” - ishonchli hadislar to‘plangan oltita kitob
Madh – shoir qabilasi, uning mashxur kishilarini maqtab yozgan qism
“Malik ash-Shuaro” – shoir Imru-l-Qaysga berilgan sifat
Maqoma – X asrda yozilgan qiziqarli latifalarga o‘xshash kichik nasriy asar
Maxofa – tuya ustiga o’rnatilgan ayvoncha
“al-Mu’allaqot” – VIII asrda johiliya shoirlari sara qasidalari to’plangan asar
“al-Mufaddaliyot” – olim Mufaddal ad-Dabbiy to‘plagan to‘plam
Muhaddis –
hadis ilmi bilimdoni
al-Muhalhil – Johiliya davri ilk shoirlaridan
Muqattam – Qohira shahri tashqarisidagi tepalik nomi
Muvashshax – VIII asr oxirida arab-ispan adabiyotida
yuzaga kelgan yangi
she’riy janr
Nabiz – badaviy arablar xurmodan tayyorlaydigan salqin ichimlik
“Nahj al-balag’a” –“Balog’at yo’li” - Sharif ar-Rodiy tomonidan Xazrati Ali
so’zlari, hikmatlari to’plangan asar
Naqoid – umaviylar davriga xos janr bo’lib, unda shoirlar bir-birlarini tanqid
qilib asar yozganlar
“Naqd ash-She’r” – “She’r tanqidi”
Nasib – qasidaning kirish – rubobiy qismi
Nuniya – “nun” harfiga qofiyalangan qasida
Qasida – 50-100 baytdan iborat bo‘lib, bir necha
mustaqil qismdan tashkil
topgan she’riy asar
“Qasidat al-Burda” – Ka’ab ibn Zuxayrning Rasuli akram oldilarida o’qigan
qasidalari
Qasida “lomiya” – “lom” harfiga tugaydigan baytlardan tashkil topgan asar
Qudoma ibn Ja’far – “She’r tanqidi” asari muallifi
Rihla – safarnoma
Riso – marsiya (biror kishi vafoti munosabati bilan yozilgan she’riy asar)
Roviy – johiliya davri shoirlari asarlarini yodida saqlab yuruvchi shaxs
Sahobalar – Muhammad (SAV) safdoshlari
180
Sahih - ishonchli
Saroy she’riyati – saroylarda ijod qilgan shoirlar asarlari
Saxro kemasi – arablar tuyani shunday atashgan
“Sayfiyot” – al-Mutanabbiyning Sayf ad-Davla
saroyida yozgan asarlari
to’plami
“as-Sunan” – Imom at-Termiziyning ishonchli hadislar to‘plami nomi
“Shomiyot” – al-Mutanabbiyning Suriyada yozgan qasidalari to’plami
Tafsir – Qur’onga yozilgan sharh
“Taqlid davri” she’riyati – Andaluziya shoirlarining sharqiy viloyat shoirlariga
o’xshatib yozgan asarlari
Tarafa, Antara – johiliya davri shoirlari
Tarassul – rasmiy va shaxsiy maktublar
Tardiyot – ov haqidagi qism
Tashtir – g’azal baytlariga ikkita yangi misra qo’shiladi,
shu tariqa asar ikki
barobar ko’payadi
Taxmis – she’rda har bir baytga uchta misra qo’shiladi, shunda she’rning har
bir bandi besh misradan iborat bo’ladi
Urjuza –rajaz bahrida yozilgan she’riy asar
Vasf – o’simlik va hayvonot dunyosi haqidagi qism
Xitobot – notiqlik san’ati
“Yangilanish davri” – Andaluziya shoirlari Ispaniya
tabiatini tarannum etgan
davr
Zajal – XI asr oxirida paydo bo’lgan, ikki-uch lahjada yozilgan sayyor shoirlar
ijodidagi yangi she’riy janr
Zohidlik – tarkidunyochilik, nafsni tiyish
Zuhayr – “al-Mu’allaqat” to‘plamiga kiritilgan shoir
Zuhdiyot – qasidaning tarkidunyochilik haqidagi bir qismi
“Zu-s-Salib” – shoir al-Axtalga qo‘yilgan laqab