157
Arabiyga uning «Makka vahshiylari» («al-Futuxat al-Makkiya») nomli ko‘p jildli
asari shuhrat keltirgan. Unda sufiylik falsafasining qoidalari, shuningdek diniy
mazmundagi she’rlari o‘rin olgan. Ushbu she’rlarda u nafaqat islomgacha bo‘lgan
davr va abbosiylar davri she’riyatining an’anaviy shakllariga asoslanadi, balki
Andaluziyada yuzaga kelgan muvashshah shaklidan ham foydalangan.
Usmonli turklarning XVI asr boshida Suriya va Misrni zabt etishi sufiylik
adabiyotining rivojlanishini to‘xtatmadi. Bu davr sufiy yozuvchilari orasida
misrlik
ash-Sha’raniy (vafoti 1565)ning sufizm haqidagi nazariy va tarixiy
asarlari keng ommalashgan. U sufiyona zohidlikda misrlik dehqonni og‘ir
soliqlardan va turk noiblarini qo‘llab-quvvatlayotgan yuqori tabaqadagi islom
ruhoniylarining tovlamachiligidan himoya qilishning yagona vositasini ko‘rgan.
Arab sufiy adabiyotiga yana bir taniqli siymoni XVII - XVIII asr bergan. Bu
Abdul G‘aniy al-Nabulusiy (vafoti 1731) bo‘lib, u qofiyali nasrda yozilgan oddiy
sufiyning ilohiyot sayohatlari yoritilgan bir qator ilohiyotga va sufiylikka oid
risolalar, shuningdek she’riy asarlar muallifidir. XVIII asrdagi suriyalik va misrlik
yozuvchilar bevosita yoki bilvosita uning ta’sirida bo‘lganlar.
Arab sufiy she’riyati chuqurligi hamda badiiy-tasviriy vositalarining boyligi
bo‘yicha fors sufiy she’riyatidan biroz darajada tursa-da unda ilohiyot ruhidagi
teran mulohazalar ko‘proq. Shunga qaramay, sufiy she’riyat butun kech o‘rta asr
mobaynida (XIX asrga qadar) arab mamlakatlarining ma’naviy hayotida katta rol
o‘ynagan hamda madaniy tanazzul sharoitida arab mumtoz she’riy an’anasini
saqlab qolgan bosh yo‘nalish bo‘lib qoldi.
Dostları ilə paylaş: