Shunday qilib, hissiyot vegetativ nerv tizimi orqali boshqariladigan ichki
a’zo faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa ham bari bir bosh miya po‘sti orqali idora qilinadi.
CHunki akademik I.V.Pavlovning fikricha, odamning butun a’zoyi badanida
bo‘ladigan har qanday hodisalarning hammasini bosh miya po‘sti qismidagi
neyronlar idora qiladi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning nerv-fiziologik asosi
bosh miya po‘sti bilan bog‘liq.
Uzoq vaqt davomida psixologlar hissiyotlar
tabiati
haqidagi
masalani
echishga
uringanlar. XVIII-XIX asrlarda ushbu
muammo bo‘yicha hech qaday nuqtai
nazarlar mavjud emas edi. Keng tarqalgan
qarashlardan
hissiyotlarning
organik
ifodalanishlari – bu psixik hodisalarning oqibati haqidagi dalil asosida paydo
bo‘lgan
intellektuallashtirish nuqtai nazaridir.
Tasavvur fundamental psixologik
dalil bo‘lib hisoblanadi, bizning hislarimiz esa turli tasavvurlar o‘rtasida
o‘rnatiladigan aloqalarga mos keladi, va tasavvurlar o‘rtasidagi nizolika nisbatan
ta’sirlanish sifatida ko‘rib chiqiladi, deb hisoblagan I.F. Gerbart, bu nazariyaning
aniq ifodasini keltirdi. V. Vundt ham bu nazariyaning tarafdori edi. SHunday qilib,
hissiyotlarni tadqiq qilishda ular haqidagi
sub’ektiv, ya’ni, hissiyotlarning psixik
tabiati haqidagi fikrlar o‘z tasdig‘ini topdi, unga muvofiq psixik jarayonlar ma’lum
organik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
1872 yilda ch. Darvin «inson va hayvonlarda hissiyotlarning ifodalanishi»
asarini chop etdi. Uning fikriga ko‘ra, hayvon va odam hulq-atvori o‘rtasida
umumiyliklar mavjud. O‘z fikrini u hayvonlar va odamlar turli emotsional
holatlarining tashqi ifodalanishini kuzatishdan kelib chiqqan holda, asoslab berdi.
Ushbu kuzatishlardan olingan ma’lumotlar
evolyusion ta’limot nomini olgan
hissiyotlar nazariyasi asosiga qo‘yildi, bu ta’limotga asosan, hissiyotlar tirik
mavjudotlar evolyusiyasi jarayonida hayotiy muhim bo‘lgan organizmning yashash
sharoitlari va vaziyatlariga moslashishni ta’minlovchi moslashish mexanizmlari
sifatida yuzaga keldi.
Hissiyotlarning hozirgi zamon tarixi 1884 yilda u. Djemsning «hissiyot
nima?» maqolasining chop etilishidan boshlanadi.
U. Djeyms va undan mustaqil
ravishda g. Lange hissiyotlar nazariyasini ishlab chiqdilar, unga asosan,
hissiyotlarning paydo bo‘lishi hosil qilinadigan tashqi ta’sirlar, ixtiyoriy harakat va
tizimlar sohasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bu o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan
hissiyotlar, emotsional kechinmalarning xuddi o‘zidir. Djems bo‘yicha,
«yig‘laganimiz sababli qayg‘ulimiz; qaltiraganimiz uchun qo‘rqamiz; kulganimiz
uchun xursand bo‘lamiz». Bu hissiy xabar miyaga ta’sir ko‘rsatib, ma’lum hulq-
Dostları ilə paylaş: