•
o’zlashtirish belgisi sifatida matematiklar uchun odatiy bo’lgan
tenglik belgisi
= ishlatiladi ( ko’pgina boshqa dasturlash tillari va
matematik tizimlarda qabul qilingan tarkibiy belgi
:= emas);
•
chiqarish satrlarida » belgisi bo’lmaydi;
•
biriktirilgan funktsiyalar (masalan, sin) kichik harflar bilan yoziladi,
ularning argumentlari yumaloq qavs ichida ko’rsatiladi;
•
dialog «savol berildi, javob olindi» tarzida kechadi;
Ayrim hollarda tartibga solingan sonlar ketma-ketliklarini formatlash talab
qilinadi. Bunday ketma-ketliklar vektorlarni yoki grafiklarni qurish vaqtida
abstsissalarning qiymatlarini hosil qilish uchun zarur bo’ladi. Sonlar ketma-
ketliklarini formatlash uchun MATLAB tizimida :
(ikki nuqta) operatori
ishlatiladi:
Boshlang’ich_ qiymat : Qadam : So’nggi_
qiymat
Bunday konstruktsiya boshlang’ich qiymat bilan boshlanuvchi, berilgan
qadam bilan davom etuvchi va so’nggi qiymat bilan tugallanuvchi sonlarning ortib
boruvchi ketma-ketligini hosil qiladi. Agar qadam berilmagan bo’lsa, uning
qiymati 1 deb qabul qilinadi. Agar boshlang’ich qiymat so’nggi qiymatdan kichik
qilib olingan bo’lsa, xatolik to’g’risida xabar beriladi. Quyida ikki nuqta (:)
operatorining qo’llanilishi bo’yicha misollar berilgan:
» 1:5
ans =
12345
» i=0:2:10
i = 0 2 4 6 8 10
» j=10:-2:2
j =10 8 6 4 2
» V=0:pi/2:2*pi;
» V
V =
0 1.5708 3.1416 4.7124 6.2832
Dostları ilə paylaş: