PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 1 – SON / 2022 - YIL / 15 - SENTYABR
www.bestpublication.org 133
uringanlar. O‘rta Osiyo va G‘arbiy Yevropada yashab ijod qilgan olimlarning ham
kombinatorikaga oid ishlari mavjud.
Umuman elementlarning turli konbinatsiyalari va ularning sonni topish bilan
bog‘liq masalalar konbinatorika masalalari deyiladi. Bunday masalalar amaliyotda
ko‘plab uchraydi. Bunda ko‘plab ob’ektlar to‘plami elementlaridan uning qism
to‘plamlarini, qandaydir to‘plam elementlarini u yoki bu ko‘rinishda joylashtirish
masalalari ko‘zda tutiladi. Masalan, fermer o‘z ishchilari orasida turli ishlarni
taqsimlashi, zobitning vzvoddagi askarlaridan naryad tanlashi, shaxmatchining bir
qancha yurishlar seriyasidan eng yaxshisini tanlashi va hokazolar. Bu masalalarda
ishlarning turli xil kombinatsiyalarini tanlash, askarlarni tanlash, yurishni tanlash
haqida so‘z boradi.
Kombinatorik masalalar matematika fanining tarmog‘i – kombinatorikada
o‘rganiladi. Kombinatorikada chekli to‘plamlar, ularning qismi to‘plamlari,
akslantirishlar va chekli to‘plamlardan tuzilgan kortejlar o‘rganiladi. SHuning uchun
kombinatorikani chekli to‘plamlar nazariyasining qismi deb qarash mumkin.
Ko‘plab kombinatorik masalalarni echish ikkita asosiy qoidaga, ya’ni yig‘indi
va ko‘paytma qoidalariga asoslanadi.
Yig‘indi qoidasi ikki chekli to‘plam birlashmasi elementlarining sonini topishga,
ko‘paytrish qoidasi esa ularning dekart ko‘paytmasi elementlarining sonini topishga
yordam beradi.
Ko‘paytma qoidasiga oid kombinatorika masalasining umumiy ko‘rinishi
quyidagidan iborat: Agar elementni usul, elementni usul bilan tanlash mumkin
bo‘lsa, tartiblangan juftlikni usul bilan tanlash mumkin.
Masalan, 1 dan 9 gacha sonlardan nechta usul bilan turli raqamli ikki xonali son
yozish mumkinligini topish talab qilingan bo‘lsa, uni quyidagicha amalga oshirish
mumkin. 1-raqamni 9 usul bilan, 2-raqamni ham 9 usul bilan tanlash mumkin. Demak,
talab etilgan ikki xonali sonlar soni ta bo‘ladi.
Keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, klassik kombinatorika masalalari turli xil
qiziqarli boshqotirmalardan iborat bo‘lib, bunda to‘plamdan elementlarni tanlab olish
va ularni har xil usulda joylashtirish masalalari qaraladi.
Boshqacha qilib aytganda, kombinatorika chekli toʻplam elementlaridan hosil
qilish mumkin boʻlgan har xil turdagi birikmalar bilan shugʻullanadi.
Kombinatorikaning baʻzi elementlari eramizgacha boʻlgan 2-asrning boshlarida
Hindistonda maʻlum boʻlgan.
Ilmiy fan sifatida kombinatorika XVII asrda shakllangan «Kombinatorika»
atamasi 1665 yilda Leybnits tomonidan nashr qilingan «Kombinatorika sanʻati haqida
mulohazalar» asaridan keyin ishlatila boshlandi. Kombinatorikaning zamonaviy
belgilanishlar turli mualliflari tomonidan faqat XIX asrdagina taklif qilingan.
Kombinatorika (lot.
combinare
–
birlashtirish),
kombinator
analiz,