187 tashqari yana bir buyuk ajdodimiz Abu Ali ibn Sino o`sha olis XI- asrda hali fan-
texnika inqilobi uyoqda tursin eng sodda tibbiy aparatlar bo`lmagan davrlarda murakkab
dori-darmonlarni tayyorlab tibbiy jarrohlik muolajalarni amalga oshirgani bilan
dunyoga mashhurdir. Uning “Tib qonunlari” asari Yevropada “Injil” kitobidan keyin
eng ko`p nashr etilgan kitoblardan biri bo`lib 500 yil davomida dunyoning ko`plab
nufuzli oliy o`quv yurtlarida barcha talabalar uchun darshlik sifatida qo`llanib kelingan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Buyuk mutafakkir Al-Farg`oniy astronomiya fanida birinchi bo`lib geliosintrik
nazaryani asoschisi bo`lgan ya’ni Yerni Quyosh atrofida aylanishini aniq hisob-kitoblar
bilan isbotlab bergan. Yana bir buyuk bobomiz Temuriyzoda Mirzo Ulug`bek XV-
asrdayoq Samarqandda observatorya barpo etib yulduzlar xaritasini tuzgan. U yulduzlar
joylashuvini shu qadar aniq hi- soblaganki hozirgi fan-texnika bu ma’lumotlarni
bugungi kun hisobi bilan atigi bir-ikki daqiqa farq qilinishini aniqladi. Bundan ko`rinib
turibdiki bizning Ota-bobola- rimiz jahon sivilizatsiyasiga munosib hissa qo`shgan
shaxslar bo`lib yashab o`tganligi. Asosan ta’lim tizimi sobiq markazning hukumron
mafkura manfaatlariga bo`ysundirilgan edi. Aytaylik aksaryat fanlar o`quv dasturiga
kiritilmagan. Birgina O`zbekiston tarixi fanini oladigan bo`lsak ushbu fan xolis
o`rganilmas, o`quv dasturida bu fanga ajratilgan soatlarning katta qismi sobiq ittifoq
tarixini o`rganish- ga bag`ishlanar edi. O`quvchilar ongi vatanimiz tarixining noto`g`ri
talqin qilingan hodisalari bilan to`dirilar edi. Milliy qadriyat va ma’naviyat toptalar, asl
o`zbek olimlari va buyuk davlat arboblari,sarkardalari hayot va ijod yo`llari qoralangan.
Mamlakatimiz mustaqillikga erishgandan so`ng barcha sohalarda tub o`zgarishlar
amalga oshirila boshladi. Ayniqsa ta`lim sohasiga katta e’tibor qaratildi. Ta’lim- tarbiya
tizimi takomillashgani sayin odamlarning ma’navyati, ongi, tafakkur doirasi shakllanib,
yuksalib bordi.” Ta’lim tizimini har tomonlama shaklan va mazmunan isloh qilish,
yangilash lozim edi. Zero, jamiyat yangi shaxsni tarbiyalashni talab etayotgan bir
paytda odamlarning ongi,dunyo qarashi, bilim saviyasini o`zgartirmay, uni
zamonaviylashtirmay turib yangi jamiyatni barpo etib bo`lmaydi. Birinchi
Prezidentimiz Islom Karimov mustaqillik yillarida ushbu jihatlarni inobatga olgan holda
odamlarda yangicha, milliy qadriyat va an’analari- mizga asoslangan dunyoqarashni
shakllantirish maqsadida ta’lim va tarbiyaga juda katta e’tibor qaratganlar. Jumladan u:
Ta’lim O`zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi, Osib
kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkonyatlari unda nomoyon bo`ladi, kasb-kori,
mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va
yosh avlodga o`tadi. Yoshlar, ularning iqtidorliligi va bilim olishga chanqoqligidan
ta’lim va ma’naviyatini tushunib yetish boshlanadi, Shu bilan birga O`bekiston
Respublikasining 1997-yil 29- Avgustda “Kadirlar tayyorlash milliy dasturi