13
Talaba mavzuga aloqador qancha ko‘p ilmiy manbani o‘qib o'rgansa, ulami
birma-bir tahlil qilsa, mavzu yuzasidan shunchalik ko‘p ma’lumotga ega bo'ladi.
Mavjud ilmiy manbalami sinchiklab o‘rganish orqali talaba mavzuning o'rganilgan
va o‘rganilmagan jihatlarini aniqlaydi, mavzu bo'yicha umumlashma xulosalar
chiqaradi.
Darslik va o ‘quv qo'Hanmalaridan so‘ng mavzuga oid qo‘shimcha
adabiyotlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Kurs ishini yozish jarayonida
adabiyotlardan muhim nazariy qarashlarni sitata qilib keltirish mumkin. Buning
uchun sitatani ilmiy manbadan hech o‘zgartirishsiz aynan ko‘chirib yozish lozim.
Ilmiy manbadan keltirilgan bunday sitatalar talabaning nazariy xulosasini asoslashga
yordam beradi. Adabiyotlardan sitata sifatida olingan nazariy qarashlarga sahifa
so'nggida yoki qavs ichida manbaning adabiyotlar ro'yxatidagi raqamini ko'rsatgan
holda havola berish lozim bo'ladi. Havolada asar muallifi, nomi, nashriyoti, nashr yili
va salrifasi aniq ko'rsatilishi zarur.
Talaba mavzuga oid asosiy ilmiy manbalami sinchiklab o‘rgangach, kurs
ishining xomaki rejasini tuzadi. Rejada ko'rsatilgan asosiy masalalar kurs ishining
qanday bo‘limlardan tarkib topishini belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: