Kurs ishlarini tashkil etish


  KURS ISHIMAVZUSI YUZASIDAN ILMIY-NAZARIY



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/31
tarix11.11.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#68528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
hozirgi o`zbek adabiy tilidan kurs ishlarini tashkil etish (uslubiy ko`rsatma) (d. lutfullayeva, m. saparniyozova)

2.3. 
KURS ISHIMAVZUSI YUZASIDAN ILMIY-NAZARIY 
XULOSALAR CHIQARISH VA ULARNI UMUMLASHTIRISH
Talaba kurs ishi mavzusida ko‘tarilgan nazariy muammoni daliliy misollar 
yordamida ilmiy asoslashi va umumlashma xulosalar chiqarishi lozim boiadi. Talaba 
nazariy xulosalarini dalillash uchun asosiy hollarda badiiy, publitsistik uslub, zarur 
o'rinlarda so‘zlashuv nutqi materiallaridan tanlab olingan misollarga murojaat qiladi. 
Bunday misollar to‘g‘ri va o'rinli tanlanishi, mavzuning mohiyatiga muvofiq kelishi 
hamda talabaning ilmiy xulosalarini ilmiy asoslashga xizmat qiiishi darker.
Talabaning kurs ishi rejasida ko'tarilgan nazariy muammoni to‘laqonli ochib 
berishi, umumlashma ilmiy xulosalar chiqarishi tanlagan tadqiq usuliga ham bog‘liq. 
Kurs ishida sistem-struktur tilshunoslikning tavsiflash, qiyoslash, zidlash, bevosita 
ishtirokchilarga ajratish, transformasiyalash, modellashtirish kabi eng ilg'or tahlil 
usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Til hodisalarining bunday tadqiq usullari 
yordamida tahlil etilishi o'ranilayotgan obyektining bevosita kuzatishda berilmagan 
yashirin xususiyatlarini aniqlash hamda u haqida to‘g‘ri umumlashma ilmiy xulosalar 
chiqarishga imkon beradi.
Talaba mavzuga oid nazariy xulosalami umumlashtirish jarayonida ko‘tarilgan 
muammo yuzasidan o‘z shaxsiy qarashlarini ham ifoda etishi lozim boiadi. Ba’zan 
talabaning kuzatishlari asosida chiqargan shaxsiy xulosalari mavjud ilmiy 
manbalardagi nazariy xulosalarga mos kelmasligi mumkin. Bunday holatda talaba o‘z


14
ilmiv qarashlarini to'plagan daliliy misollari asosida to'g'ri asoslay olsa, kurs 
ishining ilmiy-nazariy qimmati yanada oshadi.
Talaba kurs ishi mavzusida ko'tarilgan muammo yuzasidan to'g'ri nazariy 
xulosalar chiqarishi uchun mavzuga aloqador barcha ilrniy manbalarni chuqur 
o'rganishi, ulami qiyosiy tahlil qilishi lozim. Shundan so‘ng u umumlashma 
xulosalar chiqarishi va to'plagan daliliy misollari asosida rejadagi masalalami yoritib 
berishi lozim bo‘ladi.
2.4. KURS ISHI MAVZUSINI REJA ASOSIDA IZCH IL BA YON
ETISH
Talaba “Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanidan yozayotgan kurs ishining bo'lim 
(bob)larida ko'tarilgan masalalar bo‘yicha o‘z kuzatishlari, tahlillari asosida 
umumlashma xulosalar chiqarishi va ulami ishda izchil tarzda bayon etishi lozim 
boiadi. Kurs ishida, ayniqsa, bo‘lim (bob)larning bir-biri bilan o‘zaro bog'liqligi, 
bo'lim (bob) bandlarining aloqadorligi, ular o'rtasidagi mantiqiy ketma-ketlikka rioya 
qilish zarur.
Kurs ishining umumlashma nazariy xulosalarni izchil bayon etish bosqichi 
ishning tugallangan holatda ekanini ko‘rsatadi.
Fikming izchilligini ta’minlash maqsadida kurs ishi rejasi tuziladi, Muayyan 
reja asosida yozilgan har qanday kurs ishining asosiy qismi mantiqan o‘zaro bog'liq 
b o iiin (bob)lardan tashkil topadi.
Reja asosida yozilgan kurs ishlarinmg umumiy tuzilishi o'zaro mantiqan 
bog'liq quyidagi qismlardan tarkib topishi lozim:
1) umumiy tavsif;
2) kirish qism;
3) mavzu bayoni (asosiy qism);
4) umumlashma xulosalar bayoni;
5) foydalanilgan adabiyotlar;
6) ilova (izohlar, jadval va chizmalar).
Qayd etilgan bu masalalar kurs ishida ketma-ketlikda yoritilsa, fikr izchilligiga 
putur yetmaydi.
2.5. ‘ H O ZIR G I O 'Z B E K ADABIY T IL I” FANIDAN YOZILADIGAN 
KURS ISHLARINI RASM IYLASHTIRISH TARTIBI
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan yoziladigan kurs ishlarini reja asosida, 
izchillikka rioya qilingan holda, o'zbek adabiy tilida, tartibli, aniq va bexato yozish 
talab etiladi. Kurs ishini yozishda o'zbek adabiy tilining orfografik me’yoriga


IS
muvofiq kelmaydigan turli qisqartmalardan, noadabiy qatlamga oid har xil 
qoilanishlardan foydalanish man etiladi.
Kurs ishi elektron yoki qoiyozm a shakllarda yoziladi. Kurs ishi qo‘lyozma 
shaklida bajarilganda ko‘k siyohli ruchkada, chiroyli dasxat bilan yozilishi lozim. 
Mavzu bayonida qizil siyohli ruchka ishlatilmaydi. Zarur o'rinlarda yashil, qora 
siyohli ruchkalardan foydalanish lozim.
Elektron shakldagi kurs ishining hajmi A4 formatdagi qog‘ozda 20-25 
varaq d an iborat boiishi lozim. Har bir sahifada 30 ta satr, har bir satrda esa 60 ta 
belgi (so'zlar orasidagi o'tishlar va tinish belgilarini hisoblagan holda) boiishi 
kerak. Varaqning chap tomonidan 3 sm, o ‘ng tomonidan 1,5 sm, yuqoridan 2,5 sm, 
quyidan 2,5 sm hoshiya qoldiriladi. Satrlar oralig'i 1,5 interval boiishi lozim.
Qoiyozm a shaklidagi kurs ishining hajmi esa 35-40 varaqdan iborat boiishi 
shart. Qoiyozm a shaklidagi kurs ishida ham varaqning chap tomonidan 3 sm, o‘ng 
tomonidan 1,5 sm, yuqoridan 2,5 sm, quyidan esa 2,5 sm hoshiya qoldirilishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatida adabiyotlar soni kamida 20-25 ta atrofida 
b o iish i kerak.
Kurs ishining har bir sahifasi hoshiyalanadi. Kurs ishining titul varag‘idan 
boshqa barcha varaqlari birma-bir sahifalanadi.
Kurs ishining birinchi va ikkinchi titul varag'i 1-, 2-ilovalarda berilgan tartibda 
rasmiylashtiriladi. Keyingi varagida kurs ishi mavzusining rejasi yoziladi. Rejada 
ko‘tarilgan masalalar alohida boiim larda (boblarda) beriladi.
Kurs ishi mavzusini ikki yoki uch b o iim (bob) orqali yoritish tavsiya etiladi. 
Har bir b o iim (bob) raqamlanadi. B o iim (bob) nomlari sarlavha tarzida yozilishi 
lozim. B o iim (bob)larning nomlari bosh harflar bilan, uning bandlari kichik harflar 
bilan yoziladi.
B o iim (bob) nomlarini yozishda bo‘g‘in ko‘chirishga ruxsat berilmaydi, 
shunga ko‘ra b o iim (bob) nomlari qisqa va aniq ifodasiga ega boiishi lozim. 
Sarlavhalar oxirida nuqta qo'yilmaydi. Ishning har bir boiim i (bobi) yangi sahifadan 
yoziladi.
Talaba kurs ishida mavzuga doir o‘z ilmiy qarashlarini asoslash maqsadida 
boshqa ilmiy manbalardan izohlar (sitatalar) keltirilishi mumkin. Bunday izohlar 
(sitatalar) kurs ishida aynan berilsa, qo'shtimoqqa olinadi. Agar izohlar (sitatalar) rus 
yoki boshqa tillarda yozilgan b o isa , ularning tarjimasi beriladi. Ishda keltirilgan 
bunday izohlaming muallifi, uning qaysi ilmiy manbadan olinganligi, manba chop 
etilgan nashriyot, sana, ishning sahifasi belgilangan tartibda satr ostidagi havolalar 
orqali yoki "Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati"dagi ilmiy manbaning tartib raqami 
bo'yicha qavs ichida qayd etiladi.
Kurs ishining muhim tarkibiy qismlaridan biri ilmiy havolalardir. Ilmiy 
havolalar 
talabaning kurs ishini yozishda qanday manbalarga tayanib ish olib


16
borganligini ko‘rsatib turadi. Kurs ishida beriladigan havolalar, asosan, ikki xildir. 
Bular:
a) daliliy materiallar, tajriba-sinov ishlariga havolalar;
b) ilmiy tadqiqotlarga, tadqiqotchilaming fikrlariga havolalar.
Kurs ishida talaba nazariy xulosasini daliliy misollar orqali asoslab berishi 
lozim bo‘ladi. Umuman, har qanday ilmiy tadqiqot ishida bo'lgani kabi kurs ishida 
ham daliliy materiallarga tayanib ish ko‘riladi. Tilshunoslikka oid tadqiqot ishlarida 
daliliy materiallar ko'pincha badiiy nutq ko‘rinishlaridan tanlab olinadi. Kurs ishida 
keltirilgan har bir daliliy materialning manbasi aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. 
Odatda, daliliy material keltirilgach, uning manbasi qavs ichida to‘liq, ba’zan shartli 
qisqartmalar bilan beriladi. Masalan: Mirzakarimboyga xotin bo ‘lish uning xayoliga 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin