O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O 'R TA MAXSUS TA ’LIM VAZIRLIGI
N IZOM IY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
D.LUTFULLAYEVA, M.SAPARNIYAZOVA
“HOZIRGI 0 ‘ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN
KURS ISHLARINI TASHKIL ETISH
(USLUBIY K O 'RSA TM A )
T O S H K E N T - 2014
Lutfullayeva D., Saparniyazova M. “Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanidan kurs
ishlarini yozish bo'yicha uslubiy tavsiyalar (uslubiy ko'rsatma), - Toshkent. 2014. -
76 b.
“Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanidan kurs ishlarini yozish bo'yicha tavsiya
etilayotgan ushbu uslubiy ko'rsatma pe.dagogika oliy o'quv yutrlari o'zbek tili va
adabiyoti ta’lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib,
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o'zbek tili va adabiyoti
fakulteti uslubiy kengashi tomonidan (20 noyabr 2014 - yildagi 3- sonli majlis
bayoni) nashrga tavsiya etilgan.
Uslubiy ko'rsatma Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti
“O/zbek tilshunosligi” kafedrasi professor-o'qituvchilari
tomonidan tuzilib,
“O'zstandart” agentligida 30.01.2013-yil 2660:2013 raqami bilan ro'yxatdan o'tgan
5111200 - o'zbek tili va adabiyoti ta’lim yo'nalishining DTS hamda O'zbekiston
Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligining 2011- yil 17- noyabrdagi 467-
sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan va BD-5111200-3.06 raqami bilan ro'yxatga
olingan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fani dasturi asosida ishlab chiqildi. Ushbu
uslubiy ko'rsatmada fan bo'yicha kurs ishlarini yozish yuzasidan uslubiy tavsiyalar
berildi.
T aqrizchilar:
S.MUHAMEDOVA - Nizomiy nomidagi TDPU umumiy tilshunoslik kafedrasi
mudiri, filologiya fanlari doktori.
SH. AKRAMOV - Qo'qon DPI o'zbek tili va uni o'qitish metodikasi kafedrasi
mudiri, filologiya fanlari nomzodi.
3
K I R I S H
M a’lumki, “Hozirgi o'zbek adabiy tili” fani pedagogika oliy o'quv yurtlari
o'zbek tili va adabiyoti ta’lim yo'nalishida umumkasbiy blokidagi asosiy fanlardan
bin sifatida o'qitiladi. O'quv rejasiga muvofiq talabalar “Hozirgi o'zbek adabiy tili”
fanini uch bosqich davomida o'rganadilar, kurs yakunida esa ushbu fan bo'yicha kurs
ishi yozadilar.
“Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanidan kurs ishlari o'zbek tili va adabiyoti
mutaxassislarini tayyorlashda talaba o'rganishi zarur bo ig an asosiy fan sohasiga oid
nazariy bilimlami mustaqil o'zlashtirishga qaratilgan hamda talabalaming bilim
doirasini kengaytirish, nazariyani amaliyotga tatbiq etish, fikmi erkin va mustaqil
tarzda bayon eta olish malakasini shakllantiruvchi amaliy ish turi hisoblanadi.
“Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanidan ma’ruza mashg'ulotlarida egallangan
nazariy bilimlami amaliyotga tatbiq etish, talabalami ilmiy-nazariy qarashlar asosida
umumlashma xulosalar chiqara olishga o'rgatish, ulaming ijodiy tafakkurini o'stirish,
ilmiy izlanishlar olib borish ko'nikmasini shakllantirish, fikmi izchil va ifodali bayon
eta olishga o'rgatish fan bo'yicha tashkil etiladigan kurs ishlarining bosh maqsadi
hisoblanadi.
“Hozirgi o'zbek adabiy tili” fani yuzasidan yoziladigan kurs ishi talabalami
ilmiy-ijodiy ishga yo'naltiruvchi amaliy faoliyat turi sifatida muhitn ahamiyatga ega.
Talaba kurs ishini yozish asosida keyinchalik yirikroq tadqiqot ishlarini bajarishga
tayyorgarlik ko'radi. Jumladan, fanlar bo'yicha tashkil etiladigan kurs ishlari
talabalami ta’limning yuqori bosqichida bitiruv malakaviy ishini yozishga tayyorlab
boradi.
“Hozirgi o'zbek adabiy tili” fani bo'yicha kurs ishlarini bajarish jarayonida
talabalar:
-
kurs ishi mavzusiga aloqador nazariy bilimlami mustaqil ravishda
o'zlashtiradilar;
- kurs ishi mavzusining o'rganilganlik darajasini belgilaydilar hamda
mavzuning ilmiy-nazariy jihatini aniqlab, muammoning ilmiy yechimiga yordam
beruvchi eng maqbul tadqiq usullarini tanlab oladilar;
- kurs ishi mavzusiga aloqador ilmiy manbalami tahlil qilish asosida mavjud
nazariy qarashlarga tanqidiy munosabat bildirish ko'nikmasiga ega bo'ladilar;
- til va nutq birliklarini farqlashni o'rganadilar, ulaming o'xshash va farqli
jihatalrini ajratadilar;
- og'zaki va yozma nutqni izchil, to'g'ri, maqsadga muvofiq hamda mantiqli
bayon etishga o'rganadilar;
- nazariy xulosalarini daliliy misollar asosida izohlay olish hamda
umumlashtirish ko'nikmasiga ega bo'ladilar;
4
-
o'zlarida ilmiy tadqiqot olib borishning dastlabki ko‘nikmalarini
shakllantiradilar.
“Hozirgi o ‘zbek adabiy tili” fanidan kurs ishlarini shu fanning barcha yoki
ayrim bo'limlari asosida yozish mumkin. Tavsiya etilayotgan uslubiy ko'rsatmada
esa “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan kurs ishlarini o ‘zbek tilining barcha
bo'limlari bo'yicha yozishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ushbu uslubiy ko'rsatmaning “ Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fani bo‘yicha kurs
ishi m avzulari b an k i” deb nomlangan bandida “Hozirgi
0‘zbek adabiy tili” fanining
barcha bo‘limlari yuzasidan kurs ishi mavzulari tavsiya etildi. Tavsiya etilgan kurs
ishi mavzularining ayrimlari ma’lum darajada darslik, o'quv qo‘llanmalarida
yoritilgan, ayrimlari shu kunga qadar maxsus tadqiqot obyekti bo'lgan. Ba’zi
masalalar esa maxsus tadqiqni talab etadi. Shu sababli kurs ishi mavzusi talabalar
tomonidan erkin tanlanadi. Albatta, bu mavzular fan o'qituvchilari tomonidan yilma-
yil to ‘ldirib borilishi yoki zarur hollarda o'zgartirish kiritilishi mumkin.
Kurs ishi talabani ilmiy tadqiqot ishiga yo‘naltiruvchi dastlabki amaliy ish
bo'lganligi sababli talabaga ilmiy rahbar tayinlanadi. Kurs ishiga ilmiy salohiyatga
ega malakali professor-o'qituvchilar rahbarlik qilishadi. Ilmiy rahbar mutaxassislik
kafedrasi tomonidan belgilanadi.
Ilmiy rahbar talabaga kurs ishini yozish metodikasi bo'yicha yo'l-yo'riq
ko'rsatib boradi. U:
- talabaga kurs ishining maqsad va vazifalarini belgilashga yordam beradi;
- belgilangan muammoning o'rganilganlik darajasini aniqlash yuzasidan
tavsiyalar beradi;
- talabaga mavzu bo'yicha zarur adabiyotlami tavsiya etadi;
- talabani ilmiy manba bilan ishlashga, mavzuga oid daliliy misollar
kartotekasini tuzishga o'rgatadi;
- talaba tuzgan kurs ishi rejasini tahlil qiladi va zarur hollarda rejaga
o'zgartirishlar kiritish yuzasidan yo'l-yo'riq ko'rsatadi.
Ushbu uslubiy ko'rsatmada “Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanidan ayrim
mavzulardagi kurs ishlarini yozish yuzasidan tavsiyalar berildi. Bu vazifani amalga
oshirishdan aw al kurs ishining umumiy tavsifi: mavzuning belgilanishi, kurs ishining
maqsad va vazifalari, ilmiy va amaliy ahamiyati, kurs ishining tuzilishi haqida
ma’lumot berildi, so'ngra kurs ishini yozish va himoya qilish yuzasidan ko'rsatmalar
beriMi.
Ulbbu uslubiy ko'rsatmada “Hozirgi o'zbek adabiy tili” fanidan ayrim kurs ishi
m w » l arming taxminiy rejalari va mavzuga aloqador dastlabki ilmiy adabiyotlat
ro'yxati ЪлМ tavsiya etildi.
Dostları ilə paylaş: |