O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi


Ilmiy ma'lumotlarni o'rganish va ishchi faraz



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

Ilmiy ma'lumotlarni o'rganish va ishchi faraz. 
Har qanday ilmiy tadqiqot o’tkazish o’zidan oldingining ishini o’rganishi 
va tahlil qilish hamda uning yondosh sohasining ma'lumotlarini o’rganishdan 
boshlanadi. Ko’pincha tadqiqotchi xabarsizligidan ochiq eshikka bostirib kirib 
qoladi, “shaytonarava” yaratib qo’yadi, shoshilinch kam asoslangan noto’g’ri 
xulosalar qiladi, o’zining ishida ancha ilgari qilinganlarni takrorlaydi. 
Bosib chiqayotgan ishlarning juda kattaligi materiallarini o’rganishni 
murakkab masala qiladi. Materiallarni o’rganishning ikki etapi bor. 
Birinchi etap – ma'lumot manba uni axtarish. O’rganishni nazarda 
tutilayotgan yo’nalish bo’yicha monografiyadan boshlash zarur. Bu bilan ikki 
maqsadga erishiladi. Birinchidan tadqiqot qilinadigan muammoga zamonaviy 
nuqtai nazar bilan unga yondashish va tadqiqot usuli bilan tanishishi, ikkinchidan 
asosiy adabiyotlar bilan tanishish, chunki odatda monografiya to’lik bibliografik 
ko’rsatgichga ega bo’ladi. 
Adabiy ma'lumotlarning keyingilarini tanlash taxminan quyidagicha 
bo’lishi kerak. 
-biografiyada 
ko’rsatilgan adabiyotlar bilan tanishish (ular kitob, 
broshyuralar, jurnallardagi maqolalar, dissertatsiyalar va shu kabilar); 
-fan – texnikaning mos bo’limi bo’yicha referativ jurnallarni va informatsion 
varaqalarni o’rganish. 
-sohaga oid jurnallarini o’rganish va uzluksiz kuzatib borish; 
-institutlar ilmiy ishlari bo’yicha maqolalari to’plamlarini, ilmiy anjumanlari 
ma'ruzalarini, materiallarini, dissertatsiya avtoreferatlarini o’rganish. 
Ma'lumot manbalarini hamma joydan izlash kerak. Kutubxonalardan 
respublika va zonal axborot markazlaridan, ilmiy tadqiqot va o’quv institutlaridan 
izlash kerak. Bunda shuni yodda saqlash kerakki, ilmiy faoliyatining 30-35% i 
axborot izlanish bo’lib u biron kunga ham to’xtatilmasligi kerak. 


53 
Hamma topilgan ilmiy axborot bugungi kunda hammaga ravshan bo’lgan 
maxsus kartochkaga kiritilib shaxsiy kartoteka qilinishi kerak. 
Kerak materialdan foydalanishni faqatgina kartochka yengillashtiradi va 
bajarilgan tadqiqot haqidagi tuziladigan hisobotda adabiyot ma'lumotlarini 
keltirishda alfavit bo’yicha ro’yxat tuzishni bajarish imkonini beradi. 
Ikkinchi etap – materiallari bilan tanishishning ikki chegaraviy holati 
mavjud: kitoblar, jurnallar mundarijalarini ko’rilsa, unga yakin hech narsa yuk deb 
hisoblab kitobni chetga surib qo’yilsa bunda biron yondash savolidagi o’ta noyob 
axborot materialini yo’qotadi, yoki hammasini o’qiydi, bu yana ham yomon, 
materialni bir boshidan qoldirmasdan konspektlaydi, bundan keyin tushunaman 
deyiladi. 
Axborotni o’rganish etapi – tanishish va o’qish etapidan tuzilgan, tanishish 
quyidagi sxema bo’yicha olib boriladi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin