O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

Nazorat savollari: 
1.Pedagogik tadqiqotning tuzilishi haqida nimalarni bilasiz? 
2.Ilmiy tadqiqotning usullariga nimalar kiradi? 


57 
3.Ilmiy abstraktsiya qilish usuli haqida gapiring? 
 
2-MODUL 
 
METODOLOGIK APPARAT VA TADQIQOT 
SIFATINI TA’MINLASH  
 
1-MAVZU: PEDAGOGIK MUAMMONI TANLASH VA PEDAGOGIK 
TADQIQOT MAVZULARINI SHAKLLANTIRISH
REJA: 
1.Pedagogik tadqiqotlar muammosi. 
2. Tadqiqot muammosining dolzarbligi. 
3. Pedagogik tadqiqotlarning dolzarbligini aniqlash 
 
Tayanch so’zlar: Muammoing qo’yilishi, dastlabki faraz, ishchi faraz, 
dolzarblik, aniqlik.
1.Pedagogik tadqiqotlar muammosi. 
Mavzuni tanlash va asoslash jarayoni ilmiy tadqiqot ishini dastlabki bosqichi 
hisoblanadi. Bunda asosan soha, yo‘nalish va undagi mavzuni tanlash amalga 
oshiriladi. Mavzu tanlashda tadqiqotchining sohaga, yo‘nalishga qiziqishi va bu 
boradagi ilmiy salohiyati e’tiborga olinadi. Bunda tadqiqotchining o‘zi 
shug‘ullanmoqchi bo‘lgan sohaning yutuq va kamchiliklarini mustaqil o‘rganish 
orqali mavzuni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mavzu tanlanayotganda 
shug‘ullanishi kerak bo‘lgan sohaning yirik — istiqbolli mutaxassislari 
maslahatiga amal qilinsa yaxshi samaralar beradi. 
Mavzuni asoslashda esa tanlangan mavzu bo‘yicha qilingan ishlar atroflicha 
o‘rganiladi, tahlil qilinadi, soha bo‘yicha yutuq va kamchiliklar tahlil qilinadi va 
muammoning qo‘yilishiga zamin tayyorlanadi.
Muammoning qo‘yilishi bevosita mavzuni dolzarbligini asoslashning 
davomi hisoblanadi va u soha bo‘yicha yutuq, kamchiliklar tahlili natijasi asosida 
ifodalanadi. Bu tadqiq qilinishi kerak bo‘lgan muammoni izlash bilan bog‘liq 
bo‘lib qolmasdan, ilmiy tadqiqotning vazifalarini (hal qilinadigan masalalarni) aniq 
va ravon ifodalanishini ham o‘z ichiga oladi. 


58 
Muammoning qo‘yilishida ma’lumot yig‘ish va ularni qayta ishlashga katta 
e’tibor beriladi. Undagi nazariy usullar va texnik yechimlar, o‘xshash 
muammolarini yechimini topish vositalari, tadqiqotga yaqin sohadagi tadqiqotlar 
natijalari haqidagi ma’lumotlar va boshqa maxsus ma’lumotlar yig‘ish tadqiqot 
boshlangunga qadar emas, balki butun tadqiqot davomida amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin