65
Markaziy ilmiy, ko’pincha ilmiy-ommaviy nashrlar bo’yicha
batafsil tahlil
o’tkazilganidan keyin va shunga o’xshash yechimlar topilmaganida tadqiqotchi
original yechimni topish uchun to’liq ilmiy tadqiqotni o’tkazish bo’yicha reja
tuzishi kerak bo’ladi.
lmiy tadqiqot maqsadlarining belgilanishi va joy-joyiga qo’yilishi
Maqsad — ehtiyoj mahsuli. Aniq ifodalangan ehtiyoj ko’pincha maqsadni
belgilaydi. Ilmiy tadqiqotni o’tkazishda asosiy maqsad shu asosiy maqsaddan kelib
chiqadigan, jami bo’lib ilmiy-texnik ishga singib ketadigan
kichik maqsadlarga
bo’linib ketadi. Ularni o’z o’rinlariga to’g’ri joylashtirish zarur, shunda
maqsadlarning joy-joyiga tushishi va ilmiy izlanishdagi
muayyan izchillik hosil
bo’ladi.
Dissertatsiyaning predmetli sohasining bir tizimga solinishi.
Bir tizimlilik — ilmiylikning muhim belgilaridan biri. Bilimning ilmiy
tizimga solinishi to’liqlikka
intilish, bir tizimga solishlikning asoslari va ularning
ziddiyatli emasligi haqidagi aniq tasavvur bilan tavsiflanadi. Bir tizimlilik tadqiqot
predmeti va ob’ektini tasniflash mahorati orqali amalga oshiriladi. Tasniflash
tadqiqotni
nafaqat bir tizimli qiladi, shu bilan birga ishlab chiqayotgan ilmiy
nuqtani aniq belgilaydi.
Tasniflashga talablar - predmetli sohani 3 - 6
ta muhim belgilarga qarab
bo’lish, ravshanlik va ko’rgazmalilik, bir tizimga solinayotgan predmetli sohaning
imkoni boricha to’laroq qamrab olinishidir.
Tadqiqot maqsadlari va tipi, yangilik elementlari asosidagi vazifalar doirasi:
• Ma’lum g’oyalarning chuqurlashtirilishi, ularning foydasiga mantiqiy
va amaliy tusdagi qo’shimcha dalillarning keltirilishi, yangi hayotiy faktlar
yoki raqiblarning dalillari munosabati bilan ularning himoya qilinishi;
•
masalaning rivojlangan nazariyasining yaratilishi, unga ma’lum g’oyalar
asosida amaliy tusdagi faktlarning qo’shilishi;
•
yangi g’oyalarning ilgari surilishi, yangi takliflarning ishlab chiqilishi,
yangi
xulosalarning olinishi, yangi shakllar va qonuniyatlarning ochilishi, eski
xulosalar va qoidalarning qayta ko’rib chiqilishi,
shakllar, kategoriyalar,
qonunlarning yangicha talqin qilinishi;
• yangi nazariyalar, konsepsiyalarning ifodalanishi.
Adabiyotlarga
murojaat etish, ularning tanlanishi, ular ustidagi ishning
mantiqiyligi va izchilligi muammoning o’ziga xos xususiyatlari
bilan belgilanadi,
sizning sa’y-harakatlaringizning aniqligi va samaradorligi esa muammoning
qo’yilishining aniqligi va mantiqan to’g’riligiga bogliq bo’ladi
Dostları ilə paylaş: