O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

60 
Birinchi bosqich - tadqiqot manbai va unga tegishli ma’lumotlarni izlash. 
Ushbu bosqichdagi ilmiy tadqiqot ishida manbani o‘rganish adabiyotlarni 
(monografiya, maqola, tezis, referat va h.k.) izlashdan boshlanadi. Bunda, ayniqsa, 
monografiyalar va ilmiy anjumanlar materiallarining o‘rni beqiyos. 
Ma’lumki, monografiya to‘liq bibliografik ko‘rsatkichga ega bo‘ladi va 
ayni bir muammo yechimiga bag‘ishlangan bo‘ladi, shuningdek, ilmiy 
anjumanlardagi ma’lumotlar ham muayyan muammoga (yo‘nalishga) tegishli eng 
zamonaviy natijalar bo‘ladi. Shu sababli ham bular orqali tadqiqot qilinadigan 
muammoga zamonaviy istiqbolli yondashuvlarni (zamonaviy tadqiqot usuli bilan 
tanishish) bilish va asosiy adabiyotlar bilan tanishish imkoniyati tug‘iladi. 
Umuman olganda, ushbu bosqichni quyidagi ketma-ketlikda olib borilsa ijobiy 
samaralarni qo‘lga kiritish mumkin: 
- bibliografik ko‘rsatkichlar bo‘yicha ish yuritish. Ularda muayyan 
muammoga tegishli ilmiy, ilmiy-uslubiy jihatdan tayyorlanib, keng tarqalishiga
erishilgan kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari, uslubiy tavsiyanomalar va 
ko‘rsatmalar, broshyuralar, davriy ilmiy va ilmiy-uslubiy jurnallardagi maqolalar, 
ilmiy anjumanlar materiallar (maqolalar, tezislar), dissertatsiyalar, avtoreferatlar va 
shu kabilarga e’tibor beriladi; 
- fan va texnikaning muayyan muammoga tegishli referativ jurnallarini va 
informatsion varaqalarni hamda boshqa ommaviy axborot vositalaridagi 
ma’lumotlarni o‘rganish; 
- muayyan muammoga tegishli jurnallardagi ma’lumotlarni muntazam 
ravishda o‘rganib va kuzatib borish; 
- institutlar ilmiy ishlari bo‘yicha maqolalar to‘plamlarini va an’anaviy
ilmiy-amaliy anjumanlari materiallarini muntazam ravishda o‘rganib borish; 
- «INTERNET» xalqaro tarmog‘idan muayyan muammo yechimiga 
bag‘ishlangan axborotlarni to‘plash va o‘rganish. 
- Ma’lumot manbalarini izlash (kutubxona, ilmiy anjumanlarga qatnashish
«INTERNET» tarmog‘ida shug‘ullanish, respublika va mintaqaviy ilmiy markazlar 
faoliyatidan o‘rganish, ilmiy tadqiqot ishlaridan foydalanish, tadqiqot manbaidagi 
suhbatlar uyushtirish, anketa savollariga javoblar olish va h.k.) tadqiqotchining 
ilmiy tadqiqot ishiga qanday jalb qilinganlik harakatiga bog‘liq va u ilmiy 
faoliyatning uzviy bosqichi bo‘lib, salmoqli o‘rniga ega bo‘ladi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin