69
ostida yakunlash, xususiylikdan umumiylikka (induksiya) o‘tkazish
qobiliyatini aniqlash bilan tekshiriladi.
6.Bilimning tizimiyligi — buni topshiriqlarni
tushunchaning ierarxiyasini
aniqlashdagi ularning izchilligi, o‘zaro bog‘liqligi tizimi bilan tekshiriladi.
Endi bular asosida bilimni tekshirish va nazorat qilish masalasi bayoniga
o‘tadigan bo‘lsak, uning ko‘p qirraligi va ko‘p variantliligiga e’tibor berish kerak.
Ularning ko‘pchiligi bilimni, bu muammoning umumiy va xususiy masalalarini
baholash va nazorat qilishni, ularni
tashkil etishning funksiyalari, metodlari va
tamoyillariga tegishlidir.
Nazorat qilishni tashkil etuvchi funksiya, uning butun o‘quv-tarbiyaviy
jarayonni tashkil etishga ta’sir qilishida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchilarning
talabalar bilimini o‘zlashtirishdagi qiziqishi,
faolligi, ijodiy mustaqilligini
oshirishga, ularni amaliy faoliyatga tadbiq etish, mahorat va ko‘nikmalarni
shakllantirishda yordam beruvchi o‘qish - o‘qitishning mazmuni, shakllari, usul va
vositalarini ishlab chiqish va foydalanishga yo‘naltirilgan bir maqsadga qaratilgan
faoliyati tushuniladigan faollik, pedagogik jarayonning
tashkil etuvchi markaziy
jihati hisoblanadi.
Maqsadli tashkil etilgan pedagogik nazorat katta tarbiyaviy natija beradi.
Sohadagi ilmiy izlanishlar natijalari shuni ko’rsatadiki, o‘qitish natijalarini
tekshirish bilimni takomillashtirishga katta yordam beradi, ularni aniqlashtiradi va
muayyan tizim bo’yicha shakllantiradi, xotira hamda fikrning rivojlanishiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi.
Ishoritning ta’lim, o‘qish-o‘qitish va tarbiya bilan aloqasi tamoyili,
nazoratning oliy o‘quv yurti umumpedagogik nazoratining ajralmas qismi sifatida
zarurligini tasdiqlaydi. Bunda nazorat rolini me’yorida saqlash muhim ahamiyatga
ega, chunki ta’lim-tarbiya ishining muvaffaqiyati
umumpedagogik jarayonda
nazoratning qo‘yilish darajasi bilan aniqlanadi. Bu borada pedagogik nazoratning
xolislik tamoyiliga turli yo‘llar bilan erishiladi. Bundagi birinchi yo‘l - jamoaviy
baholashni shakllantirish. Bunda olingan baholar bir qancha sub’ektiv fikrlar doim
ham ob’ektiv bo‘lavermasada, ko‘pincha uni xolis deb qabul qiladilar.
Dostları ilə paylaş: