125
4.4 Ishni rasmiylashtirishga asosiy talablar
1. Dissertatsiyani yozish va rasmiylashtirishning asosiy qoidalari
Magistrlik dissertatsiyasiga qo’yiladigan asosiy talablardan biri- bu uning
to’g’ri rasmiylashtirilishi bo’lib, bu nafaqat ish sifatini yaxshilaydi, shu bilan birga
uning muvaffaqiyatini ham ta’minlaydi.
Magistrlik dissertatsiyasi o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlanishi mumkin.
Magistrlik dissertatsiyasi ilmiy ish hisoblanadi, shuning uchun uning yozilishi
va rasmiylashtirilishiga asosiy talablar nomzodlik dissertatsiyasiga
talablarga
yaqinlashtirilishi kerak.
Materialning aniq va izchil bayon qilinishi dissertatsiyani yozishning asosiy
tamoyilidir.
Yangi fikrni boshlaydigan iboralar xat boshidan boshlab yoziladi.
Matnning tugallanmagan qismlarini boshqa sahifalarga o’tkazishga yo’l
qo’yilmaydi.
Agar matnda boshqa manbalardan
olingan materiallar ishlatilsa, unda
ko’chirmachilikda ayblanmaslik uchun ular manbaini albatta matnda qayd qilish
kerak.
Ko’chirmalar sahifa tagida xat boshi bilan yoki qizil satr bilan teriladi. Agar
bir necha manba qayd qilinsa, unda ular izchil tartibda raqamlanadi.
Magistrlik dissertatsiyasining umumiy hajmi kompyuterda 1,5
interval bilan
terilgan, oq qog’ozga (A4, 210-297 mm) tushirilgan 60 dan 80 sahifagacha
(kamida 10000 so’z) bo’lishi kerak.
Dissertatsiya tadqiqoti
matni hoshiyalari o’lchamlari:
yuqorisi - 20 mm,
pastkisi - 20 mm,
o’ng - 10 mm,
chap - 25 mm.
Dostları ilə paylaş: