O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova maktabgacha ta`lim metodologiyasi


Ishning nazariy va amaliy ahamiyati



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/95
tarix11.11.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#68566
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   95
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова

Ishning nazariy va amaliy ahamiyati.
Dissertatsiyada tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati quyidagi 
shakllarda ifodalanishi mumkin: 


122 
1) Nazariy va metodologik tusga ega tadqiqotlarda ishning ahamiyati – 
tadqiqot asosiy natijalarining ilmiy maqolalarda, monografiyalar, darsliklarda e’lon 
qilinishida; tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq qilinganligi haqidagi 
mualliflik guvohnomalari, hujjatlarning mavjudligida; tadqiqot natijalarining 
ilmiy-amaliy konferensiyalar va simpoziumlarda sinovdan o‘tkazilishida; ilmiy 
ishlanmalarning oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlaridagi o’quv jarayonida 
qo’llanilishida; xalq xo’jaligining u yoki boshqa tarmog’ini rivojlantirishga doir 
davlat va mintaqaviy dasturlarning ishlab chiqilishida ishtirok etishda; tadqiqot 
natijalarining 
yangi 
me’yoriy va uslubiy hujjatlarning tayyorlanishida 
qo‘llanilishida. 
2) Uslubiy yoki amaliy tusga ega tadqiqotlarda – bu ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy, yuridik tartibga solich va shu kabi tizimlarini takomillashtirichga doir 
takliflar; iqtisodiy mexanizmni, ijtimoiy jarayonlarni boshqarishni va shu kabilarni 
takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar; vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar
birlashmalar yoki bochqa manfaatdor tashkilotlarning foydalanishi uchun 
tasdiqlangan yoki tavsiya etilgan me’yoriy va uslubiy hujjatlar. 
Ishning tuzilishi
Dissertatsiya ishining kirish, …. (soni) bob, … (soni) paragraflar
shuningdek, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, … (soni) manbalar, ... 
(soni) ilovalardan iborat ekanligi ko’rsatiladi. 
ASOSIY QISM  
Dissertatsiya asosiy qismining boblarida o’rganiladigan hodisalar va faktlar 
batafsil ko’rib chiqiladi va tahlil qilinadi. Asosiy qism boblari va paragraflari 
matnida sarlavhalar imkoni boricha asosiy so’zlardan (ya’ni asosiy ma’no yukini 
tashuvchi) iborat bo’lishi kerak. Bunday so’zlar so’z yuritilayotgan predmetni aks 
ettiradi yoki bu predmetning umumiy tavsifnomasini beradi. Uchbu sarlavhalar 
aniq, lo’nda bo’lishi va paragraf mazmunini aniq aks ettirishi kerak.
I Bob. 
Mavzuning umumiy nazariy muammolari, shunga o’xshash vazifalarni hal 
etish nazariyasi va amaliyoti holatining tahlilini, ma’qul bo’ladigan yechimlarning 
ko’niktirilishi ehtimoli uchun xorijiy mamlakatlar tajribasini o’rganish natijalarini 
o‘z ichiga oladi. Bu bobda dissertant deduksiyadan foydalanib, umumiydan 
xususiyga qarab ilmiy tadqiqot o’tkazadi, bunda xususiy hollarning butun bir 
turkumidan bunday hollarning butun jami uchun umumlashtirilgan xulosa 
chiqariladi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin