Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi
PAYG’AMBAR (S.A.V.)NING DAVRLARIDA YODLAB OLISH VA YOZISH YO’LI BILAN QUR’ONNI JAM’ QILINISHI Yuqorida aytilganidek, sahobalardan Qur’onni to‘la holda yozib va yodlab olganlar
bor edi.
Al-Buxoriy Anas raziyallohu anhu(r.a.)dan rivoyat qiladilar: «Rasululloh davrlarida
to‘rt kishi Qur’onni jam’ qilgan edi. Hammalari ansorlardan edilar. Bular: Ubay bin Ka’b,
Muoz bin Jabal, Zayd bin Sobit va Abu Zayd».
Bu haqda Imom Muslim ham Hamomdan rivoyat qilganlar. Imom Buxoriyning
hazrati Anasdan keltirgan boshqa bir rivoyatlarida bunday deyiladi: «Payg‘ambar vafot
etgan paytlarida to‘rt kishidan boshqa hech kim Qur’onni jam’ qilmagan edi: Abud
Dardo, Muoz bin Jabal, Zayd bin Sobit Abu Zayd».
Ibn Kasir aytadilar: «Bu yerda hazrat Anas to‘rt kishidan boshqa deganlarida faqat
ansorlarni ko‘zda tutayaptilar, chunki
:
muhojirlardan ham jam’ qilganlar borlig‘ig‘a
shubha yo‘q».
Imomi Nasoiy sahih isnod bilan Abdulloh bin Umardan rivoyat qiladilar: «Qur’onni
jam’ qildim va uni har bir kecha to‘la o‘qir edim. Buni eshitib Payg‘ambar alayhissalom:
«Uni (Qur’onni) har oyda (to‘la) o‘qi(b chiq),» dedilar. (Hadisning asli «Sahih»da).
Sha’biy aytadilar: «Payg‘ambar zamonlarida Qur’onni, olti kishi jam’ qilgan edi:
Ubay, Zayd, Muoz, Sa’d bin Ubayd, Abu Zayd va Mujammi’ bin Joriya».
Muhojirlardan Usmon, Ali, ibn Mas’ud, Solim Mavlo Huzayfa, Abdudloh bin Umar va
ibni Oslar ham Qur’onni jam’ qilganlikdari haqida rivoyat bor.
Ibni Sirindan rivoyat qilinishicha, hazrati Ali raziyallohu anhu aytdilar: «Rasululloh
vafot qilganlarida, to Qur’onni jam’ qilmagunimcha jum’a namozidan boshqa namozlarda
rido(ustki kiyim)imni kiymayman, deb qasam ichdim. Shunday qilib uni jam’ qildim ( yod
oldim)».
Xuddi shunday hadis Ikrimadan ham rivoyat qilingan. Unda aytilishicha hazrati Abu
Bakr Siddiq Ikrimaga: «Ha, (Ali ridosini kiyganini) ko‘rmadim», deganlar.
Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum