Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc


«Va (bunga) yolg‘iz Allohning yordami bilangina muvaffaq bo‘lurman



Yüklə 175,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/38
tarix11.11.2022
ölçüsü175,19 Kb.
#68621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi

«Va (bunga) yolg‘iz Allohning yordami bilangina muvaffaq bo‘lurman. 


Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
3
O’ziga suyandim va O’ziga iltijo qilurman» («Hud», 88) 
Shayx Ismoil Maxdum shayx Sotti Oxund Namangoniy 
Toshkent. 1391 y.h. 1971 y.m. 
 
Bismillohir rohmanir rahim 
 
QUR’ONI KARIMNING TA’RIFI 
Qur’oni Karim Alloh taolo o‘zining bandasi va rasuli sayyiduno Muhammad 
(s.a.v.)ga nozil qilgan hamda mushaflarga bitilgan, qalblarda hifz, tillarda qiroat qilingan 
holda hech bir o‘zgarishsiz, uzluksiz uzatish orqali yetib kelgan ilohiy kitobdir. U 
Muhammad (s.a.v.)ga berilgan va qiyomatgacha abadiy bo‘lgan mo‘jizadur. 
QUR’ON NOZIL BO’LISHINING BOSHLANISHI 
Alloh taolo Qur’onni o‘zining payg‘ambari Muhammad (s.a.v.)ga hijratdan 13 yil 
avval, 24 ramazonda Makkadagi Hiro g‘orida nozil qila boshladi. Bu Allohning 
Muhammad (s.a.v)ni payg‘ambar qilib yuborgan va ul zotni Rasul ztib tanlagan yili edi. 
Shundan so‘ng, Qur’oni Karimni bo‘lak-bo‘lak qilib tushirish davom etdi. Chunki, 
Qur’onning shu tariqa nozil bo‘lishi da’vatning rivojlanishiga bog‘liq edi. Qur’oni 
Karimdan turli bo‘laklar da’vatning ehtiyojlariga qarab, voqe’likning holatidan kelib 
chiqib, da’vatning boshlanishidan to oxirigacha birin-ketin tusha boshladi. Bu hol yigirma 
uch yil davom etdi. Qur’oni Karimning ilgarigi samoviy kitoblar kabi yaxlit bir to‘plam 
holida emas, balki oyatlarning miqdoridagi tafovut bilan bo‘lak-bo‘lak qilib tushirishlik 
hikmatini Alloh taoloning O’zi iroda qilgan. Ba’zi paytlarda Qur’oni Karimdan bir oyat, 
gohida esa besh yoki o‘n oyat nozil bo‘lar edi. Bu to‘g‘rida Alloh taoloning Kalomida 
ochiq aytilgan: 
«Siz Qur’onni odamlarga asta-sekin o‘qib berishingiz uchun Biz uni qismlarga 
ajratdik va bo‘lib-bo‘lib nozil qildik». («Isro» 106). 
«Kofir bo‘lgan kimsalar: «Nega bu Qur’on unga (payg‘ambar alayhissalomga) bitta 
to‘plam holida nozil qilinmadi?» dedilar. (Ey Muhammad), Biz u (Qur’on) bilan dilingizni 
ustivor qilish uchun mana shunday (parchaparcha holda nozil qildik) va uni bo‘lib-bo‘lib 
bayon qildik». («Furqon» 32). 

Yüklə 175,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin