Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc


QUR’ONI KARIMNING YETTI XIL QIROATDA NOZIL BO’LGANLIGI HAQIDA



Yüklə 175,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/38
tarix11.11.2022
ölçüsü175,19 Kb.
#68621
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi

 
QUR’ONI KARIMNING YETTI XIL QIROATDA NOZIL BO’LGANLIGI HAQIDA 
Imom Buxoriy «Jomi’us-sahih»larining «Kitobut-tafsir» bobida Ibn Abbos 
raziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: “Rasululloh(s.a.v.) aytdilar: «Jabroil (a.s.) menga 
Qur’onni bir qiroat bilan o‘rgatdilar. Men Ul zotga murojaat qilib, qiroat yo‘lini 
ko‘paytirishni so‘radim. To qiroat yetti xilga yetmaguncha, men so‘rashdan va ul zot esa 
ziyoda qilishdan to‘xtamadilar». 
Al-Buxoriy va Muslim rivoyatlarida ul zoti bobarakot (s.a.v.): «Bu Qur’on yetti 
qiroatda nozil bo‘lgandur, qaysinisi oson bo‘lsa, o‘sha qiroatda o‘qinglar»,— dedilar.
Ulamolar, bu yerdagi «etti qiroat»dan murod yetti lahjadir, deganlar. 
Bayhaqiy «Ash-sha’b»da aytganlaridek, bular o‘sha zamonda arab jazirasida 


Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
mavjud bo‘lgan katta qabilalarning lahjalaridir. 
Abu Ubayda: «Buning ma’nosi Qur’onning har bir so‘zi yetti xil o‘qiladi, degani 
emas, balki, yetti lahja Qur’onga bo‘lib qo‘yilgan, ya’ni uning (Qur’onning) ba’zi joylari 
Quraysh lahjasida, ba’zi joylari huzayl lahjasida, boshqa bir joylari havozin lahjasida va 
yana bir xil joylari yaman lahjasida, degan ma’noni beradi», deydilar. 
«Jabroil (a.s) Qur’onni payg‘ambar (s.a.v.)ga har yili bir martadan ko‘rsatar edilar. 
Vafot yillari esa, mansux bo‘lgan joylari ketgan va qolgan joylari to‘liq holda 2 marta 
ko‘rsatib, o‘qitdilar. Har safar boshqa boshqa lahjada ko‘rsatar edilar, toinki yetti lahja 
(qiroat)ga yetdi. Bu narsa ummatga xuddi shariat osonlikka buyurgani kabi, ularga 
Qur’on tilovati oson va yengil bo‘lishi uchun qilingan marhamatdur», — deb, davom 
etadilar Abu Ubayda. 
Qozi Abu Bakr Boqiloniy: «Qur’oni Karim arablarning hamma lahjalarida nozil 
bo‘lgandur», — deydilar. «Qur’onni oson va yengillik bo‘lishi uchun, shu lahjalarning 
hammasida o‘qilishiga ruxsat berilgan. Rasululloh (s.a.v.) har bir insonga uning tiliga va 
shevasiga muvofiq qiroatdan ta’lim berar, sahobalarga shu yetti qiroatning qaysinisini 
hohlasalar, shunda o‘qishlariga ruxsat berar edilar. Agar ixtilof qilsalar va o‘zlaridan 
boshqalarning qiroati xususida Rasulullohdan so‘rasalar, hammasi to‘g‘ri va Alloh 
tomonidan ruxsat berilgan, Qur’on xususida ixtilof va janjal qilmanglar»,— deb javob 
berardilar». 
Rasululloh(s.a.v.) vafot qilgan vaqtlarida ham shu yetti xil lahjada qiroat qilinar edi. 
Abu Bakr (r.a.) jam’ qilgan Qur’on to‘plami ham shu yetti qiroatni o‘z ichiga olgan edi. 
«Irshodul-qurro val-kotibin» («Qiroat qiluvchi va yozuvchilarga ko‘rsatma»)nomli 
kitobda, Zayd bin Sobit Qur’oni Karimning hamma juz’larini zikr qilingan barcha 
holatlarga rioya etgan holda va «Bu Qur’on yetti qiroatda nozil bo‘lgan, qaysinisi oson 
bo‘lsa, o‘sha qiroatda o‘qinglar», deb aytilgan hadisga muvofiq yetti qiroatga mos qilib 
yozdi, deyiladi. 
Shayx Abdulaziz al-Buxoriy «Al-muntaxab al-hisomiy» kitobining sharhida 
aytadilarki, Qur’on avvalda arab lahjalarining eng fasohatlisi bo‘lgan Quraysh lahjasida 
nozil bo‘ldi, so‘ngra boshqa arablar qiynalganliklari uchun, Rasululloh (s.a.v.)ning duolari 
bilan yengillik nozil bo‘lib, boshqa lahjalarda ham tilovat qilishlariga izn berildi. Shunday 
qilib, asl qiroatga rioya qilishlikning vojibligi soqit bo‘ldi. Kengchilik shu darajada ediki, 
har bir jamoaga o‘z lahjalarida ham, o‘zgalar lahjasida ham o‘qishlikka ijozat berilgandi. 
Bunga payg‘ambar (a.s.) ushbu so‘zlari bilan ishora qildilar: «Bu Qur’on yetti qiroatda 
nozil bo‘lgandur, hammasi shofiyu kofiydur», 
Har bir arab uchun o‘z lahjasi qolib, boshqa lahjada, masalan, Quraysh arabining 
Tamim lahjasida qiroat qilishligi joiz bo‘ldi. Payg‘ambar vafotlaridan keyin ko‘p joylar 
fath qilinib, Islom zamini kengaydi. Sahobalar va musulmonlar bir qancha 
mamlakatlarga tarqab ketdilar. Islom mintaqalarining har bir diyoridagi aholi Qur’on 
qiroatini o‘sha yerda mavjud bo‘lgan sahobalar ichidagi mashhur qoriydan olardilar. O’z 
navbatida bu qoriy sahoba biron bir lahjaga mansub edi. Masalan, Shom ahli Ubay bin 
Ka’b qiroatida, Kufa ahli Abdulloh bin Mas’ud qiroatida, yana boshqalar Abu Muso al-
Ash’ariy qiroatida va hokazo qiroatlarda tilovat qilar edilar. Yuqorida zikr qilinganidek, 
sahobalarning qiroatlari bir biridan farq qilgani uchun ular yashab turgan joylar 
aholisining qiroati ham bir biridan farq qiladigan bo‘ldi. Mana shu farq turli mintaqa 
musulmonlari o‘rtasida Qur’on qiroati to‘g‘risida tortishuvlar kelib chiqishiga sabab bo‘la 
boshladi. Har bir tomon o‘zining qiroati to‘g‘ri va afzal deb, da’vo qilardi. Xuddi shunday 
voqea, Huzayfa bin al-Yamonning Ozarbayjonga g‘azotlari paytida sodir bo‘ldi. 


Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum 

Yüklə 175,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin