Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi
MADINA MUSHAFI Usmon Mushaflarining ulamo va qoriylar tomonidan eng ko‘p zikr qilinadigani
Madina Mushafidir. Uning to‘g‘risida Imomi Nofi’ ko‘p naql qilganlar.
Ibn Jubayr o‘zining sayohati pirovardida shunday yozadi (uning Madinaga qilgan
ziyorati 580 hijriyda bo‘lgan): «Masjidi Nabaviyda saqlanayotgan mushaf, ustida hazrati
Usmon shahid bo‘lgan Mushaf emas, balki har tomonga yuborilgan Mushaflarning
biridur».
Mavlono Shibli Nu’moniy aytadilar: «Madina Mushafini 735 h. yilda Madinai
Munavvarada ko‘rganlar, uning orqasida shunday yozuv bor edi: «Bu Mushaf bir guruh
sahobalar, shu jumladan Zayd bin Sobit, Abdulloh bin Zubayr va Said bin Os qarorlari
bilan yozildi». Kitobning boshqa tomonida hazrati Usmon Mushafni yozish uchun yig‘gan
boshqa sahobalarning nomlari bor edi. Mana shu sanada Makka Mushafi ham mavjud
edi».
Samhudiyning «Xulosatul-vafo» kitoblarida, «654hijriyda Masjidi Nabaviyda sodir
bo‘lgan birinchi yong‘in paytida yonib ketgan narsalar ichida kitob va mushaflar ham bor
edi. Ba’zi bir narsalar va Usmon Mushafidan boshqa hech narsa omon qolmadi»,—
deyiladi. Shunga binoan Usmon Mushafi shu sanada Madinada mavjud edi, keyinchalik
qayoqqa ketgani ma’lum emas. Ba’zi bir zamondoshlarimiz: «U to turklar Madinadan
1334 yilda chiqib ketgunlaricha mavjud edi. Ehtimol, Ostona (Konstantinopol)ga olib
ketilgan bo‘lsa kerak», deydilar.( «TarixulQur’on» kitobi).
BOSH MUSHAF Hazrati Usmonning o‘zlariga xos bo‘lgan Mushafga keladigan bo‘lsak, u to‘g‘rida
Shotibiy Molikdan shunday rivoyat qiladilar: «Mazkur Mushaf g‘oib bo‘lgan, u to‘g‘rida
mashoyixlardan hech bir xabar ololmadik».
Ibn Qutayba: «Usmon (r.a.) tilovat qilib turib, tepasida shahid bo‘lgan Mushaf,
Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum