www.ziyouz.com kutubxonasi
16
keyinchalik o‘g‘illari Xolidda edi, undan so‘ng uning avlodlariga qoldi, ular esa birin-ketin
olamdan o‘tib ketdilar. Shomning ba’zi mashoyixlari, Mushaf Tus zaminida, deydilar»,—
deb xabar beradi.
Umar Rizo hazratlari «Qur’on nima?» nomli kitoblarida shunday yozadilar: « Bir
rivoyatda, Usmon(r.a.)ning xos Mushaflari umaviylar qo‘lida edi, deyilgan. Umaviylar
Andalusga hijrat qilganlarida uni o‘zlari bilan olib ketgan edilar. Andalusda musulmonlar
davlati ag‘darilgandan keyin Mushaf Fos (Mag‘rib)ga olib kelingan.
Ibn Batutaning aytishicha, VIII hijriy asrda u Fosda mavjud edi va unda qon dog‘lari
bo‘lgan.
Samhudiy Madina Mushafining Usmon Mushafi emasligi to‘g‘risidagi rivoyatning
sharhida shunday degan: «Mutaqaddim (avvalgi avlod)larning hech biri u to‘g‘rida zikr
qilganini ko‘rmadim, ularning rivoyatlari o‘sha paytda Mushafning masjidda bo‘lmaganini
taqozo qiladi. Hatto, mutaaxxir (keyingi avlod)lardan birinchi bo‘lib tarixni yozgan Ibn
Najjor asarlarida ham u to‘g‘rida zikr qilinganini ko‘rmadik».
Barzanjiy hazratlarining «Nuzhatun-nozirin» kitobidagi «Madina tarixi» bobida
shunday deyiladi: “Hozirgi kunda Madinada mavjud bo‘lgan Mushafni sayyidino Usmonga
nisbat qilinganini, Al-Matariy va undan keyingilarning Masjidi Nabaviyning o‘rtasida
bo‘lgan qubbaning birinchi yong‘indan omon qolganligi to‘g‘risidagi rivoyatdan boshqa
rivoyatlarda uchratmadim”.
SHOM MUSHAFI Ibn Kasir o‘zining «Fazoilul Qur’on» kitobida (49-bet) «Bugungi kunda Usmon
Mushaflarining eng mashhuri Shomdagi Damashq jome’ining shark tomonidagi xonada
saqlanayotgan Mushafdur. U qadimda Tabariyya (Tiveriada) shahrida edi, so‘ngra,
taqriban 518 yilda Damashqqa olib kelingan. Men uni ravshan siyoh va chiroyli husni xat
bilan teriga yozilgan katta, ulug‘ kitob ekanligini ko‘rdim. Bu tuya terisi bo‘lsa kerak,
vallohu a’lam»,— deb yozadi.
Mavlono Shibli Nu’moniy o‘zining «Tahzibul-axloq» kitobida shunday deydi: «Abul
Qosim Sabtiy Shom Mushafini 657 yilda umaviylar jome’ining xonasida ko‘rgan.
Shuningdek, Ibni Abdulmalik uni 725 yilda ko‘rgan edi».
Ba’zi tadqiqotchilar bu (shomiy) Mushaf bir qancha muddat Peterburgda Rusiya
podshohlari qo‘lida bo‘lib, so‘ngra Angliyaga olib ketilgan, keyingi taqdiri nima bo‘lganini
hech kim bilmaydi, degan fikrga moyillik bildiradilar. Kimki qo‘lyozma mushaflar va ular
haqida biror manba’ga ega bo‘lgan kutubxonalar to‘g‘risida chuqurroq ma’lumot
olmoqchi bo‘lsalar, Shufan kitobining 10jildiga murojaat qilsin. ( Professor Subhi Solih.
«Mubohasot fi ulumil-Qur’on» (Qur’on ilmlari to‘g‘risida bahslar), 103bet.)
BASRA MUSHAFI Ibn Batutaning sayohati to‘g‘risidagi kitobda Basra shahri haqida shunday satrlar
bor: “Basra shahrida Ali ibn Abu Tolib masjidi bor. Bir paytlar u shahar o‘rtasida bo‘lib,
hozirda markazdan ikki mil (1 mil750 metr) uzoqlikdadir. Unda jum’a namozlari o‘qiladi
va ikki jum’a orasida yopiq bo‘ladi. Mazkur masjidda Usmon (r.a.) tilovat chog‘ida qatl
etilganlarida qonlari tomgan Mushaf saqlanadi”.
Shahobuddin Marjoniy Qozoniy hazratlari, qiroatlar xususida tasnif qilganlarning
birinchisi Abu Ubayd Qosim bin Sallom Bag‘dodiydur, ikkinchisi Ahmad bin Jubayr Kufiy,
deydilar. Qiroatlar xususida har bir yurtdan bittadan imomni sanab beshtaga
yetkazganlar. Bular aniqlangan Mushaflar soniga muvofiqdur, chunki boshqa ikki Mushaf
Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum