Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi
www.ziyouz.com kutubxonasi
18
kutubxonasiga o‘tkazilsa, u yerda uni asrash va muhofaza etishning barcha choralari
ko‘riladi”, deb tushuntirgan bo‘ladilar. So‘ngra Samarqandlik ulamolardan Shayx
Abdujalil afandi va mulla Yahyo Xo‘ja muftiylar bu ishning to‘g‘riligiga fatvo berdilar, deb
rasmiy hujjat tayyorlaydilar. Podpolkovnik Serov general Abramovga bu haqda bergan
bayonnomasida: “Qur’on masjidda turganligi bilan uning mulki emas, balki amirlar
xazinasidan chiqqan va masjid domlalari, agar sizlarga kerak bo‘lsa, biz o‘z roziligimiz
bilan topshiramiz”, — dedilar, deb yozadi. Shundan so‘ng general Abramov Serovga bu
yodgorlik ilmiy va tarixiy ahamiyatga molik asar, borib olib keltiring, deb buyuradi.
Mushaf shu tariqa egallanib Toshkentga, general-gubernatorga yetkaziladi. General
Abramov Samarqandda masjid shayxlari qo‘liga Mushafi sharif evaziga 100 rus rubli
miqdorida pul beradi. ( “O’zbekiston tarixi hujjatlari”, 32-39- betlar. Fanlar Akademiyasi
nashri, Toshkent 1966 yil.) General Fon Kaufman Mushafni masjid shayxlari o‘z rizoligi
bilan topshirganlari haqida taqrir xati yozishlari va imperator kutubxonasiga olinganining
guvohi bo‘lganliklarini tasdiqlovchi imzolari bo‘lishini ham buyurgan edi. To‘rt kishi imzo
qo‘yadi. Unga Mushaf tarixi haqida Samarqand ulamolari va shayxlaridan eshitilgan
rivoyatlar ham yozma ravishda ilova qilinadi. Bu yozma taqrir (protokol)ni tasdiq etib
general Kaufmanning o‘zi imzo chekadi (“Mir’ot” (“Oyna”) jurnali, Bog‘chasaroy, 1900
yil.)
Bu voqea 1869 yil 24 oktyabrda bo‘lgan edi. Quyida general Fon Kaufmanning bu
haqda Chor hukumatining Maorif vaziriga yozgan xatining matn tarjimasini keltiramiz.
(“Marjoniyning tarjimai holi”dan, 117-bet “Maorif” nashriyoti. Qozon, 1333 h).
Muhtaram Maorif vaziriga 1869 yil, 24 oktyabr Zarafshon vodiysi hokimi general Abramov bizga Samarhanddagi Xo‘ja Ahror masjidida saqlanib kelayotgan Qur’onni yubordi. U imlo belgilari va nuqtalardan xoliy kufiy xatda yozilgan. Qur’onining musulmonlar nazdida ulug‘ligini, uning yuksak darajali ekanligini va Qur’on ishiga chet kshilarning aralashuvini musulmonlar yoqtirmasliklarini bilgan Abramov Samarqand hokimi podpolkovnik Serovga bu Qur’on to‘g‘risida ma’lumot yig‘ish va agar musulmonlar qo‘lidan uni olinsa, ularning diniy hissiyotlariga ta’sir qilish- qilmasligini bilishga buyruq berdi. Natijada Xo‘ja Ahror masjidi ulamolari va shhar a’yonlari quyidagi javobni berdilar: 1 Bu Quron Xo‘ja Ahror masjidida bo‘lgani bilan uning mulki emas, balki Buxoro amirintg xazinasiga mansubdur. 2 Masjidning ham, musulmonlarning x.am bugungi kunda unga zaruratlari yo‘q. Qadim zamonlarda uning ziyorati uchun juda ko‘p musulmonlar kelar edilar. Keyingi paytlarda faqat Buxoro amirlari Samarqandga kelganlarida uni ziyorat qilar edilar. 3 Hech kim bu Quronni o‘qiy olmaydi, shuning uchun necha asrlardan buyon o‘qilmay va tilovat qilinmay yotibdi. Shundan so‘ng general Abramov bu Qur’onni olib, masjid foydasi uchun yuz rubl berdi. Samarqand ulamolari bunga ko‘p xursand bo‘ldilar. Yozilish tarixi jihatidan katta jahonshumul ahamiyatga molik bo‘lsa kerak, degan niyatda oldirtirgan ushbu Qur’onni shoshilinch ravishda yuboryapman. Ilova qilingan varaqalarda bu Qur’onning asli va Xo‘ja Ahror masjidiga tsanday kelib qolganlshi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Ular mening buyrug‘imga muvofiq Mullo Abdujalil va Mullo Mu’in muftiy kabi masjid ulamolarining og‘izlaridan yozib olindi. Janobi oliylaridan ushbu Qur’onni ilovasi bilan, mening nomimdan, hadya tariqasida imperator kutubxonasiga berish xususida farmoni oliy chiqarishingizni so‘rayman.
Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum