Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc


OKTYABR INQILOBIDAN KEYIN



Yüklə 175,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/38
tarix11.11.2022
ölçüsü175,19 Kb.
#68621
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi

OKTYABR INQILOBIDAN KEYIN 
USMON MUSHAFINING PETERBURG KUTUBXONASIDAN CHIQARILISHI 
Usmon Mushafining musulmonlar qo‘lidan va musulmon o‘lkasidan olinib, chor 
podshohining mulkiga, oldi-sotdi buyumiga aylantirilishi musulmonlarning, ayniqsa 
ularning ichidagi ziyolilarning nafsoniyalariga qattik ta’sir qilgan edi. Chunki, bu Mushaf 
oldi-sotdi buyumiga aylanmasdan oldin umumiy vaqf va Movarounnahr 
musulmonlarining barchalari uchun yodgorlik edi. Ular Mushafning o‘z yurtlarida ekanligi 
bilan faxrlanar, uni tabarrukona ziyorat qilar edilar. Endi esa Mushaf to‘g‘risida norozilik 
va alam bilan gapirar edilar. Hatto, ba’zi ziyoli musulmonlar uning Usmon Mushaflarining 


Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
20
biri ekanligini ham inkor eta boshladi. Qozonlik mashhur diniy olim Marjoniy birinchi 
bo‘lib, o‘zining bir qancha asarlarida bu fikrni ko‘tarib chiqdi. Ustoz Muso Jorulloh afandi 
kabi boshqa allomalar ham bu fikrga qo‘shildilar. Ularning nuqtai nazarlarini Islom 
yurtlaridagi gazeta va jurnallar bosib chiqardilar. Ehtimol bu narsa Mushafning podshoh 
kutubxonasida saqlanayotganini yoqtirmagan kishilar tomonidan uyushtirilgandir. 
Xulosai kalom musulmonlar o‘rtasida mana shu xususda norozilik hukm surar, ular birga 
o‘nni qo‘shib gap tarqatar, lekin Mushafni qanday qaytarish yo‘lini topa olmas edilar. 
Mana shu ahvolda fevral inqilobi, undan so‘ng oktyabr inqilobi sodir bo‘ldi. Chorizm 
istibdodi ostida huquqlari poymol bo‘lgan Rusiyaning turli toifalari bu inqiloblarni 
ko‘tarinki ruh bilan kutib oldilar. Ularda yo‘qotgan huquqlarini qaytarib olish umidi paydo 
bo‘ldi. Mamlakat hududida yashovchi musulmonlar ajdodlaridan qolgan bu buyuk 
yodgorlikni qaytarib olish imkoniyati borligini angladilar. Bu yodgorlik ular uchun 
muqaddas o‘lka bo‘lgan, paygambarlari Muhammad(a.s.)ning vatanlari — Madinai 
Munavvaradan keltirilgan ulug‘ meros edi. Shuningdek, Mushaf ularning dini 
mubinlarining asli va shariatlarining yagona asosi edi. Uzoq zamonlar o‘tgan bo‘lishiga 
qaramasdan payg‘ambar (s.a.v.)ning bevosita o‘zlaridan yozib olingan din va shariatning 
hujjati edi. 
Ba’zi jaridalar katta savdogarlardan bo‘lgan Ahmadbek Solihov hukumat doiralariga 
murojaat qilgani va bolsheviklar Mushafni musulmonlarga qaytarib berishga rozi 
bo‘lganliklari haqida maqolalar e’lon qildilar. 
Dog‘iston Islomiy jaridasi o‘zining 1335 y. h. 31-sonida «Usmon Mushafi 
Petrogardda» degan sarlavha ostida bir maqola chop qildi. Maqoladan quyida parcha 
keltirishni maqsadga muvofiq deb topdik: 
“Abu Ubaydulloh bin Salom o‘zining «Al-qiroat» kitobida naql qiladikim: “Men 
amirlar xazinasidan chiqqan va aytishlaricha Imomi Usmon (r.a.)ning Mushaflari 
bo‘lmish Mushafni ko‘rdim. Hazrati Imom Usmon uning tepasida shahid bo‘lganlar, 
deyishadi va men uning ba’zi joylarida qon izlarini ko‘rdim”. 
O’sha tepasida hazrati Usmon shahid bo‘lgan Mushaf Peterburgdagi Mushaf 
ekanligini inkor etuvchilar bor. Hofiz Saxoviy o‘z kitoblarida: “Imomi Molikning: “U 
(ya’ni, bosh Mushaf) g‘oyib bo‘lgan” deb aytgan rivoyatlaridan bosh Mushaf butunlay 
mavjud emas, degan ma’no chiqmaydi. Chunki, g‘oyib bo‘lgan narsa ertami-kechmi 
topilishi va yuzaga chiqishi mumkin”, — deydilar. Xuddi shu rivoyatni dalil qilib olgan 
Abu Ja’far An-Nahos esa Saxoviyning bu fikriga qarshi chiqadi. Bizningcha Saxoviyning 
fikri haqiqatga yaqinroq. Abu Ubaydulloh ham bu xuddi o‘sha Mushaf, deb jazm qilib 
aytganlari yo‘q, balki, aytishlaricha, tepasida Imomi Usmon shahid bo‘lgan Mushafni 
ko‘rdim, deganlar. “Aytishlaricha” deyilgani “bu o‘sha” degan ma’noni bildirmaydi. Undan 
tashqari, Usmon Mushaflarining boshqa nusxalari to‘g‘risida ham “bu xuddi o‘sha 
tepasida hazrati Usmon shahid bo‘lgan Mushaf” deb da’vo qilinadi va hammasida ham 
qon izlari bor. Vaholanki, xalifa Usmonning o‘zlariga xos Mushaf yagona bo‘lgan. Ruslar 
Samarqandni ishg‘ol qilganlarida bu Mushafni qo‘lga kiritdilar. Aytishlaricha, bu xuddi 
o‘sha Bosh Mushaf emish. Shuning uchun ruslar unga katta e’tibor berdilar va tantana, 
dabdaba bilan Peterburgga olib kelib, imperator kutubxonasiga qo‘yib, bu to‘g‘rida 
dunyoga jar soldilar. Lekin uning “xuddi o‘sha Bosh Mushaf” ekanligiga hech kim kafolat 
bera olmaydi va Samarqand ahli aytgan rivoyat va Mushafdagi qon izlaridan boshqa aniq 
dalil ham yo‘q. Qon izlari yasama bo‘lishi ham ehtimoldan holi emas. Samarqand 
ahlining rivoyati esa bunga na ijobiy dalil bo‘la oladi va na uni rad qila oladi. Qozon 
ulamolaridan Marjoniy uning Bosh Mushaf ekanligini rad qildi va buning isboti o‘laroq “va 
lota hina manos” ( qutilish vaqti emas edi) so‘zi Bosh Musxafda mana bunday —“va 
lotahina” shaklida qo‘shib yozilgan va so‘zning boshi satrning oxirida va qolgani esa 


Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum 

Yüklə 175,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin