Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc



Yüklə 175,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/38
tarix11.11.2022
ölçüsü175,19 Kb.
#68621
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
28
berilishini so‘raydi. Movarounnahr ahlining ushbu Mushaf to‘g‘risida xabarlari bor edi. 
Podshoh o‘ylanib qoladi va muridning talabini rad qilmoqchi bo‘ladi. Lekin, vazirlardan 
biri va’daga vafo qilmaslik podshohlarga loyiq ish emas, bugun Mushafni unga berib, 
ertaga biron narsa evaziga yana qaytarib olish mumkin, deydi. Shunda podshoh 
Mushafni xazinadan olib chiqib, muridga berishlikka farmon beradi. Fursatni g‘animat 
bilgan murid darhol Mushafni o‘z odamlari orqali Xo‘ja Ubaydulloh Ahrorga hadya sifatida 
jo‘natadi. Bir necha kun o‘tgach, haligi vazir muridning oldiga kelib, unga javohiru 
oltinlar berib, Mushafni qaytarib berishlikka ko‘ndirmoqchi bo‘ladi. Lekin, murid uzr 
aytib: “Mushafga bo‘lgan buyuk hurmatim tufayli uni vatanimga yubordim” deydi. Buni 
eshitgan podshoh nihoyatda g‘azablanib, Mushafni olib ketganlar orqasidan odam 
yuboradi. Lekin, uning barcha harakatlari zoe ketgach, taqdirga tan beradi. Mushaf 
Toshkentga, Xo‘ja Ubaydulloh Ahrorga yetib keladi. U zot Samarqandga hijrat 
qilganlarida u yerda masjid va madrasa qurib, Mushafni madrasaga qo‘ydirtiradilar. 
6) Mushafi Usmoniyning diyorimizga kelishiga oid rivoyatlardan yana biri, shayx 
Abu Ahmad Muhammad qozi Andijoniy-Shoshiyning «Silsilatul-orifin» nomli 
kitoblaridadur. Ul zot Xo‘ja Ahror valiyning xalifalaridan bo‘lib, shunday yozadilar: 
 
364 hijriy yilda vafot qilgan Abu Bakr Muhammad bin Ali Qaffol Shoshiy al-Kabir 
shofi’iy mazhabining mashhur ulamolaridan bo‘lib, o‘zlari tug‘ilgan Shosh (Toshkent) 
shahrida istiqomat qilar edilar. U zot ko‘p marotaba hajga safar qilib, borishda va 
qaytishda Bag‘dodga kirib o‘tar edilar. Aksar ilmlarini shu shaharda olgan edilar. Bir 
galgi safarlarida Bag‘dodga kelsalar, ulamolarning nihoyatda sarosimada ekanligini 
ko‘radilar. Chunki, Rum podshohi Qaysar arab tilida xalifaga bir ajoyib qasida yuborib, 
yo shu qasidaga munosib javob yozinglar, yo har yili o‘lpon to‘laysizlar yoki urushga 
tayyorlanaveringlar, deb talab qilgan edi. O’sha paytda ularning Rum bilan urushishga 
imkonlari yo‘qligi, va talab qilingan o‘lponni to‘lash uchun yetarli mablag‘lari 
bo‘lmaganligidan, qasidaga javob yozishga majbur bo‘ldilar. Bag‘dodning jamiki ulamo 
va fozillari yig‘ildilar. Lekin, ular o‘sha qasidaga mos keladigan javob yozishga ojiz bo‘lib 
turgan edilar. Rum elchisi esa ularni shoshiltirar edi. Shayx Bag‘dodga kirib kelganlarida, 
turklar yurtidan Bag‘dodga bir zabardast olim kelibdi, degan xabar tarqaldi. Xalifa odam 
yuborib, u kishi javob qasidasi yozsalar, evaziga xohlagan narsalarini berishligini aytadi. 
Shayx rozi bo‘lib, shunday deydilar: “Men bu vazifani sizlar uchun ado etayapman, lekin, 
bir shartim bor. U ham bo‘lsa, oldin menga hazrati Usmon Mushaflarini berasizlar”. 
Birmuncha taradduddan so‘ng bu talabga rozi bo‘ladilar va Mushafni shayxga beradilar. 
 
Shayx Mushafni olib, xuddi oldingi rivoyatdagi kabi, murid qilgan ishni qiladilar. 
Shundan bir necha kun o‘tgach shayx qasidaning javobini e’lon qiladilar. 
“At-Tabaqotish-shofi’iyya» kitobida alloma Sabkiy ham Rum podshohi tomonidan 
Islomga qarshi ayb, tuhmatlarga to‘la va boshqalarni madh etuvchi bir qasida 
yuborilganini, unga shayx Qaffol Shoshiy javob berganliklarini zikr qiladi. Shuningdek, 
shayx boshqa bir qasida yozib, unda nasroniylarni sharmanda qildi, deb rivoyat qiladi 
Sabkiy. Lekin unda (ya’ni rivoyatda) Mushafi Usmoniy zikr qilinmagan. 
7) Rivoyatlardan yana biri «Samariyya» deb atalgan Samarqand tarixiga oid kitobda 
zikr qilingandir. Unda aytilishicha, Xo‘ja Abdi Darun (Samarqandda dafn qilingan Shayx 
Abdulloh. U kishining qabrlari ustidagi maqbara qubbali bo‘lib, tabarrukona ziyorat 
qilinadi va qabr yonida qadimiy masjid va hujralar bor) mashhur ulamolardan bo‘lib, 
Samarqand qozisi edilar. Xo‘ja Abdi Darun Movarounnahr fotihlarining ilk guruh boshlig‘i 
va Usmon(r.a.)ning kuyovlari Saidning avlodlaridandir. Mushafi Usmoniyni bu diyorga 
olib kelgan ham mana shu Said bo‘ladilar. Samarqandni birinchi marta fath qilgan 


Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum 

Yüklə 175,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin