Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc



Yüklə 175,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/38
tarix11.11.2022
ölçüsü175,19 Kb.
#68621
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
davrada Huzayfa bin Yamon ham bor edi. Bir kishi «Kim Abu Muso qiroatida o‘qisa, 
Kinda eshigi oldidagi burchakka kelsin, kim Abdulloh bin Mas’ud qiroatida o‘qisa, 
Abdulloh uyining ro‘parasidagi burchakka o‘tsin deb qoldi. (Boshqa bir rivoyatda «Ibn 
Ummi Abd qiroati yoki Abu Muso Ash’ariy qiroati» deyilgan.) Ular «Baqara» surasidagi 
oyatning o‘qilishi tug‘risida tortishib qolgan edilar. Birlari «Alloh uchun Haj va Umrani 
komil suratda ado qiling!» deb o‘qisa, ikkinchilari «Haramga qilinadigan Haj va Umrani 
komil suratda ado qiling!» deb, o‘qir edilar. (198-oyat.). Huzayfa g‘azablanganidan, 
ko‘zlari chaqnab o‘rnidan turib ketdi. Masjidda bo‘lishiga qaramasdan ko‘ylagini 
tizzalarigacha ko‘tarib: “Yo amirul-mu’minin mening oldimga kelsin yo men uning oldiga 
boraman, sizlardan oldin ham shunday bo‘lgan edi. Allohga qasamki, agar tirik bo‘lsam, 
amirul-mu’minin oldiga borib, qiroatni bir xil qilish kerakligini uqdiraman va bu 
mushaflarni suvga g‘arq qilib tashlaymiz”, dedi. Abdulloh bin Mas’ud unga javoban 
shunday dedi: “Allohga qasamki, agar shunday qilsang, Alloh seni boshqa suvga (ya’ni 
jahannam suviga) g‘arq qiladi”, dedi. 
Xuddi shunday janjal Usmon(r.a) davrlarida Madinaning o‘zida ham sodir bo‘ldi. Ibni 
Ashtahning Anas bin Molikdan qilgan rivoyatlarida hazrati Anas aytadilar: “Qur’on 
xususida Usmon zamonlarida ixtilof qildilar. Bir muallim shogirdlariga bir sohibi mushaf 
qiroati bo‘yicha ta’lim berar, ikkinchi muallim ikkinchi qiroat sohibi bo‘yicha. Bolalar bir 
joyga to‘planganlarida bir-birlari bilan shu xususida tortishar edilar. Tortishuvlar hatto 
muallimlar orasida ham paydo bo‘la boshladi. Muallimlar bir-birlarining qiroatlarini 
ayblay boshladilar. Ish hatto shogirdlar bilan shogirdlar va muallimlar bilan muallimlar 
o‘rtasida qon to‘kishgacha bordi. Bu xabar Usmonga yetib keldi. U kishi, hali mening 
yaqinimda turib bir-birlaringizni yolg‘onchi qilasizlar va Qur’on xususida ayblaysizlar, 
boshqa diyorlardagi ahvol qanday kechadi? Ey Muhammad (s.a.v.) ning ashoblari, 
yig‘ilinglar va musulmonlarga boshqa imom saylanglar”, dedi. 
Ibn Abu Dovud sahih isnod bilan Suvayd bin Hafladan rivoyat qiladilar: “Suvayd 
aytdi: “Ali karramallohu vajhahu(k.v.) Usmon to‘g‘risida yaxshi gapdan boshqa narsa 
gapirmanglar. Allohga qasamki, mushaflar xususidagi ishni u bizning hammamizning 
maslahatimiz bilan qilgan. Menga ba’zi birovlaringizning “Mening qiroatim sening 
qiroatingdan yaxshi”, degan gaplaringiz yetib keldi, bu esa salkam kufrning o‘zidir», — 
dedilar. “Nima qilish kerak?” deb so‘radik biz, deydi Suvayd. Ali: “Ixtilof va tafriqa 
bo‘lmasligi uchun musulmonlarni bitta mushafga jamlash kerak, deb o‘ylayman»,— deb 
javob berdilar. Biz: “Sizning fikringizni qo‘llab-quvvatlaymiz”, dedik. Ali (k.v.) yana 
shunday deganlar: “Agar valoyat mening qo‘limda bo‘lganda, mushaflar xususida Usmon 
qilgan ishlarini qilardim”. («Al-Itqon» 1-jild 59-bet, «Al-Masohif» 1-bet.) 
Roviylar aytadilar: “Huzayfa hazrati Usmonga odamlarning ixtilofi to‘g‘risida xabar 
qilganda, xalifa dahshatga tushdilar va hamma sahobalarni to‘pladilar. O’sha kunlarda 
ularning soni 12 ming edi. Ular voqeadan xabardor etilganda, sahobalar uni katta xavf, 
deb bildilar. Ixtilof va tafriqa bo‘lmasligi uchun musulmonlarni bitta mushafga o‘tkazish 
to‘g‘risida ra’ylari bil-ittifoq, bir qarorga keldi. Mazkur sahifalardan bitta mushaf 
(muqovalangan kitob) qilib nusxa ko‘chirildi va unga Quraysh lahjasi asos qilib olindi. 
Odamlarni shu qiroatda o‘qishlikka buyurildi. Shunday qilib, katta bir fitnaning oldi 
olindi. Agar odamlar o‘z hollariga qolib, Qur’on qiroatlari birlashtirilmaganda, 
Qiyomatgacha tuzatib bo‘lmaydigan buzg‘unchilik va tahrif sodir bo‘lar edi. («Tarixul-
Qur’on», 39-bet) 
Ibni Abu Dovud ushbu rivoyatni keltirganlar: “Usmon (r.a.) Qurayshiylar va 
ansorlardan 12 kishini to‘plab, ularga agar biror narsa to‘g‘risida ixtilof qilsanglar, uni 
Quraysh lahjasidagisini yozinglar, deb farmon berdi”. Baqara surasidagi ,,tobut»(sandiq) 
so‘zidan boshqa narsada ixtilof chiqmadi. Zayd «ho» bilan dedilar, qolganlar «to» bilan 


Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum 

Yüklə 175,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin