Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx
Ismoil Maxdum
www.ziyouz.com kutubxonasi
3
O’ziga suyandim va O’ziga iltijo qilurman» («Hud», 88)
Shayx Ismoil Maxdum shayx Sotti Oxund Namangoniy
Toshkent. 1391 y.h. 1971 y.m.
Bismillohir rohmanir rahim
QUR’ONI KARIMNING TA’RIFI
Qur’oni Karim Alloh taolo o‘zining bandasi va rasuli sayyiduno Muhammad
(s.a.v.)ga nozil qilgan
hamda mushaflarga bitilgan, qalblarda hifz,
tillarda qiroat qilingan
holda hech bir o‘zgarishsiz, uzluksiz uzatish orqali yetib kelgan ilohiy kitobdir. U
Muhammad (s.a.v.)ga berilgan va qiyomatgacha abadiy bo‘lgan mo‘jizadur.
QUR’ON NOZIL BO’LISHINING BOSHLANISHI
Alloh taolo Qur’onni o‘zining payg‘ambari Muhammad (s.a.v.)ga hijratdan 13 yil
avval, 24 ramazonda Makkadagi Hiro g‘orida nozil qila boshladi.
Bu Allohning
Muhammad (s.a.v)ni payg‘ambar qilib yuborgan va ul zotni Rasul ztib tanlagan yili edi.
Shundan so‘ng, Qur’oni Karimni bo‘lak-bo‘lak qilib tushirish davom etdi. Chunki,
Qur’onning shu tariqa nozil bo‘lishi da’vatning rivojlanishiga bog‘liq edi. Qur’oni
Karimdan turli bo‘laklar da’vatning ehtiyojlariga qarab, voqe’likning
holatidan kelib
chiqib, da’vatning boshlanishidan to oxirigacha birin-ketin tusha boshladi. Bu hol yigirma
uch yil davom etdi. Qur’oni Karimning ilgarigi samoviy kitoblar kabi yaxlit bir to‘plam
holida emas, balki oyatlarning miqdoridagi tafovut bilan bo‘lak-bo‘lak
qilib tushirishlik
hikmatini Alloh taoloning O’zi iroda qilgan. Ba’zi paytlarda Qur’oni Karimdan bir oyat,
gohida esa besh yoki o‘n oyat nozil bo‘lar edi. Bu to‘g‘rida
Alloh taoloning Kalomida
ochiq aytilgan:
«Siz Qur’onni odamlarga asta-sekin o‘qib berishingiz uchun Biz uni qismlarga
ajratdik va bo‘lib-bo‘lib nozil qildik». («Isro» 106).
«Kofir bo‘lgan kimsalar: «Nega bu Qur’on unga (payg‘ambar alayhissalomga)
bitta
to‘plam holida nozil qilinmadi?» dedilar. (Ey Muhammad), Biz u (Qur’on) bilan dilingizni
ustivor qilish uchun mana shunday (parchaparcha holda nozil qildik) va uni bo‘lib-bo‘lib
bayon qildik». («Furqon» 32).
Dostları ilə paylaş: